O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yordamchi materiallar, chiqindilar va ulardan foydalanish


Download 0.82 Mb.
bet15/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1595574
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Иномжонов М. диплом

Yordamchi materiallar, chiqindilar va ulardan foydalanish

Spirt ishab chiqarishda yordamchi materiallar sifatida turli xildagi fmilolitik fermentlar xlorid yoki sulfat kislota, formalin va xlor oxaki, karbamid, diammoniyfosfat ishlatiladi.


Barda - spirt sanoatining asosiy chiqindilaridan biri; bir dal spirt ishlab chiqarganda uning chiqimi 0,12 m3 ni tashkil etadi. Don - kartoshka bardasi tabiiy yoki quritilgan xolda xayvonlar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi. Bardada agarda ozuqa - em achitqilari o‘stirilsa, uning ozuqa qiymati sezilarli darajada ortadi.
jadval

Moddalar


Bardadagi miqdori (%)

Kartosh-kali



Juxo-rili



Jav-darli

Suli-
li

Arpa-
li

Suv

95,5

93,2

92,6

92,0

93,0

Quruk moddalar

4,5

6,8

7,4

8,0

7,0

Eruvchan quruk moddalar

2,1

2,5

2,9

2,0

2,7

Uglevodlar:
















redutsirlovchi moddalar

0,3

0,5

0,4

0,25

0,45

Kraxmal

0,4

0,5

0,3

-

-

Pentozan

0,45

0,4

0,45

0,25

0,4

gemitsellyuloza

2,3

1,8

1,7

1,4

1,7

Sellyuloza

0,3

0,3

0,5

0,9

0,7

Azot

0,17

0,4

0,27

0,19

0,24

Kul

0,5

0,4

0,45

0,57

0,57

Yog‘

-

0,67

-

0,94

0,46

Don bardasi 7-8% quruk modda, kartoshka bardasi esa 5% ga yakin quruk moddalarni tutadi. Bu bardaning quruk moddalari quyidagicha tarkibda bo‘ladi (% da): qandlar – 0,25-0,5, glitserin – 0,4-0,6, kraxmal - 0,1-0,2, gemitsilliloza – 1,4-2,3, sellyuloza – 0,3-0,9, oqsillar, aminokislotalar, organik kislotalar va mineral birikmalar. Bardadan ko‘pgina aminokislotalar (arginin, Valin, glitsin, leysin, izoleysin, glyutamin va asparagin aminokislota) achitqilar tomonidan o‘zlashtiriladi.


Bardani bug‘latish uchun bug‘latish qurilmasiga ega bo‘lgan spirt zavodlarda oqova suvlarni miqdorini kamaytirish yo‘llaridan biri bu bardani bug‘ kondensatini texnologik maqsadlarda ishlatishdir.
Quruq don bardasi ishlab chiqarish
Barda tarkibida xom-ashyoning bijg‘imaydigan quruq moddalari, spirtli bijg‘ishda hosil bo‘ladigan qiyin uchuvchan mahsulotlar (glitserin, pirouzum kislota) va achitqilar bo‘ladi. Brajkani qayta haydashda achitqi xujayralari bo‘ladi va parchalanadi. Don va kartoshka bardasi quruq moddalar konsentratsiyasi va tarkibi, shuningdek ozuqa qiymati bilan farqlanadi
jadval

Ko‘rsatkichlar

Xom-ashyo

Don

Kartoshka

Quruq moddalar, %

6,0-8,0

3,5-4,1

Tarkibi, barda QM nisbati







Protein

26,5-27,5

18,7-19,5

Azotsiz ekstraktiv moddalar

40,0-50,0

56,2-58,5

Yog‘

5,97-7,5

3,1

Kletchatka

12,8-13,4

9,4-9,7

Kul

7,6-8,7

12,1-12,5

Ozuqa qiymati

0.7

0,4

Bundan tashqari bardada vitaminlar, organik kislotalar va boshqa birikmalar bo‘ladi. Don va kartoshkadan spirt olishda, 1 dal spirtga hisoblaganda 0,14 m3 barda olinadi. 1 t. barda tarkibida 18,6 kg protein bo‘ladi. Bu proteinnning taxminan yarmi hayvonlar organizmida hazm bo‘ladi. Barda oqsili kam bo‘lgan emlarga qo‘shimcha sifatida qo‘shiladi.


Bardani ozuqa qiymatini oshirish uchun achitqi emlarini ko‘paytirishda ozuqa muhiti sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq. Achitqi xujayralarini sintezi jarayonida barda proteinini ko‘p qismi achitqi proteiniga aylanadi. Bu proteinning 90 % hazm bo‘ladi. SHuni hisobiga bardadagi hazm bo‘ladigan oqsil 1,7 marta oshadi. Achitqilarga ozuqa sifatida solingan azot hisobiga oqsil miqdori 2 marta oshadi. Don-kartoshka bardasida em achitqilarini ko‘paytirish bardani V guruh vitaminlari, pantotin, nikotin kislotalari va xolin bilan boyitadi. SHunday qilib bardada em achitqilarini ko‘paytirib, oqsil vitaminga boy ozuqa emi olish mumkin.
Spirtli bijg‘ishda uglerod dioksidning nazariy chiqimi etil spirt chiqimining 95,6% ni tashkil etadi. Uzluksiz spirtli bijgitishda u 70% utilizatsiya kilinadi. Bir kancha vaqt oldin uglerod dioksid asosan ozik-ovkat sanoatida - alkogolsiz ichimliklar, ko‘piruvchi vino, shampan vinosi, suvni gazlashda qullanilgan. Oxirgi yillarda uning qullanilish soxalar sezilarli kengaydi: payvandlash (svarka) va metallarga kesib ishlov berish, sanoat energetikasi va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda uning tozalagiga bo‘lgan talab xam oshdi.
Uglerod dioksiddagi qo‘shimchalar tarkibi xarorat va brajkadagi spirt miqdoriga boglik. Ularning oshishi va brajkani aralashtirilishi etil spirt va uchuvchi qo‘shimchalar miqdorini oshiradi. Ko‘shimchalarning umumiy miqdori jadvalda keltirilgan.
Binobarin, ularning miqdori 0,6% dan oshmaydi.


modda


Bijg‘ish gazlaridagi konsentratsiyasi

Donli xom-ashyo

x%

mg/l

Spirtlar

0,3

5

Aldegidlar

0,05

1 dan kam

Organik kislotalar

0,02-0,04

0,5-1,0

Murakkab efirlar

0,01

0,5 dan kam

Uglerod dioksidni qushimchalarning tozalash.


Spirtli bijg‘ish gazlarini organik qo‘shimchalardan tozalashning absorbsion, adsorbsion va kombinatsiyalangan-adsorbsion-absorbsion metodlari farklanadi.
Zamonaviy texnologiyada uglerod dioksid gazini ikki bosqichda tozalash qullaniladi. Birinchi bosqichda u (birinchi bosqich siqishdan keyin urnatilgan) kolonkada aktiv kumir bilan adsorbsion tozalashdan o‘tadi, ikkinchisida - adsorbsion tozalash, ya’ni avval adsorberda silikagel bilan quritish, keyin yanada yaxshirok quritish maksadida seolitli adsorberda quritiladi. Uglerod dioksidni tozalashni ikkinchi bosqichi uchinchi pog‘ona siqishdan keyin amalga oshiriladi. Kaliy permanganat eritmasi bilan tozalash nazarda tutilmagan.
Suyuq uglerod dioksid olish texnologiyasi.
Spirt zavodlarida suyuq uglerod dioksid mu’tadil sovuq ishlatilib, gazni siqish prinsipi bilan olinadi. Suyuq uglerod dioksid olishning takomillashgan texnologik sxemasi rasmda keltirilgan.
Germetik yopilgan bijg‘itish uskunalaridan 1 bijg‘ish gazlari ko‘pik-ushlagich 2 ga keladi, undan esa spirt ushlagich 3 ga: yuvilgan gaz gazgolder 4 ga junatiladi. Keyin gaz Rashiga aylanalari yoki koks bilan tuldirilgan suvli skrubberdan 5 o‘tadi. Bunda gazlar suv bilan yuviladi, organik qo‘shimchalardan tozalanadi va sovutiladi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling