O’zbekiston o’simliklari va hayvonot dunyosi O’zbekiston o’simliklari
Download 40.67 Kb.
|
O\'zbekiston o\'simlik va hayvonoari
O’ZBEKISTON HAYVONOT DUNYoSI
Yer yuzining zoogeografik rayonlashtirilishi tizimida O’zbekiston hududi Palearktika o’lkasining Markaziy Osiyo kichik o’lkasi tarkibiga kiradi. Respublika hayvonot dunyosi juda boy va xilma-xil. Uning daryolarida, ko’llarida, suv omborlarida baliqlarning 60 dan ortiq turi yashaydi. Cho’llarida, daryo qayirlarida, vohalarida va tog`larida sudralib yuruvchilarning 57 turi, sut emizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410 dan ortiq turi tarqalgan. O’zbekiston hayvonot dunyosi juda boyligi va tarkibining turli-tumanligi, endemiklarning ko’pligi, cho’l hayvonlarining xilma-xilligi, har-xil landshaftlar hayvonlarining keskin farqlanishi, hayvonot dunyosining juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonda o’ziga xos endemik hayvon turlari bilan birga O’rta dengiz, Evropa, Sibir, Mo’g`iliston, Hindiston, Tibet, Qozog`iston, Shimoliy Afrika faunasinig vakillarini ko’plab uchratamiz. O’rta Osiyoda paydo bo’lgan hayvon turlariga orol shipi va katta kurakburun baliqlar, turkiston agamasi (kaltakesagi), turkiston gekkoni, qum bug`ma iloni, xo’jasavdogar, Babrinskiy qo’shoyog`i, ingichka barmoqli qo’shoyoq, ko’k sug`ur va boshqa ko’pgina turlar kiradi. Ular boshqa joylarda deyarli uchramaydi. O’rta Osiyoga shimoldan va shimoli-sharqdan o’tgan hayvonlarning katta guruhi Qozog`iston tekisliklari hayvonot dunyosiga o’xshash. Bular orasida katta qum sichqoni, kichik qo’shoyoq, qo’ng`ir yumronqoziq, antilopa sayg`oq, kichik tulki qorsoq, qora sassiqquzan, yovvoyi mushuk va boshqalar bor. Cho’llarda yashaydigan jayron, barxan mushugi va qorakal Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho’llari hayvonlaridan qadimda kirib kelgan turlardir. O’zbekistonning janubida uchraydigan burama shoxli echki, afg`on dala sichqoni, mayna, qunduz va boshqalar Afg`oniston faunasiga xosdir. Tog`li hududlarning hayvonot dunyosiga Markaziy Osiyoning tog`li hududlaridan ko’p turlar o’tgan. Bular himolay ulari, tibet quzg`uni, sibir echkisi, ilvirs. O’zbekistonning tekislik qismida Hindistondan kelgan turlar-yo’lbars, sirtlon chiyabo’ri, asalxo’r va boshqalar tarqalgan. O’zbekiston tabiati xilma-xil bo’lganligi uchun uning hududida har bir joyning o’ziga xos turli-tuman hayvonlarni uchratish mumkin. Ular respublikamiz tabiatining zonal va regional xususiyatlariga mos tarqalgan. O’zbekiston hayvonlari cho’llarda, tog` oldi va tog`lar oralig`idagi tekisliklarda, tog`larda, suv havzalarida yashaydi. Ular suvsizlikka, issiqqa, sovuqqa, noqulay tuproq-relef sharoitlariga, baland tog` tabiatiga moslashgan. Download 40.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling