О’zbekiston r


Download 155.98 Kb.
bet3/8
Sana01.05.2023
Hajmi155.98 Kb.
#1418637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarix o\'qitish metodikasi

I bob. Tarix fanida yangi tadqiqotlar tushunchasi

1.1 Tarix o`qitishda ko`rsatmali metodlardan foydalanishda interfaol

usullarni qo`llashning ahamiyati.

Ushbu bobning bayonini qadimiy bir rivoyatdan boshlaymiz. “ Kunlardan bir kun ko`l bo`yida qorni och qolgan bir kishi baliq tutib turgan donishmandga duch kelibdi va unga murojaat qilibdi: “ Men ochman, menga yordam ber!”. Donishmand quyidagicha javob beribdi: “ Men senga baliq berishim mumkin, sen tez to`yasan va biroz vaqt o`tgach, xuddi shunday yana och qolasan va mendan yana yordam so`raysan. Men senga qarmoq berishim mumkin, lekin uqachondir sinib qolishi mumkin. Unda sen menga yana murojaat qilishingga to`g`ri keladi. Yaxshisi, men senga qarmoq yasashni o`rgataman, bu uzoq va qiyin, lekin keyinchalik senga mening yordamim kerak bo`lmaydi. O`z yo`lingni tanla...” Yuqoridagi rivoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, yaxshi o`qituvchi talaba yoki o`quvchiga “qarmoq yasash”ni o`rgatishi, aqlli talaba yoki o`quvchi uni o`rganishi lozim. Talaba yoki o`quvchilar “qarmoq yasash”niqanchalik tez va mustahkam o`rganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muhtoj bo`lmasdan, o`z “ovlari”ga ega bo`ladilar.mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol metodlar va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo`l kelishini tadqiqotchilar tomonidan turli ta’lim muassasalarida o`tkazilayotgan ko`pgina pedagogik tajribalarning natijalari tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida professor- o`qituvchilar o`z sohalari bo`yicha oli borayotgan mashg`ulotlarida innovatsion texnologiyalarni o`z o`rnida qo`llay bilishlari zarur. O’qitish usuli deganda, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma‘lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashning shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan

6
ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan



usullarni o’z ichiga oladi. O’qitish metodikasiga tarix ta‘limi usullari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi maktab tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya‘ni ularni oqitish ta’limini bir tomonini ko’zda tutib o’quvchilarning o’rganishi, ta‘limning ikkinchi muhim tomonlarini uyushtirish unga rahbarlik qilish, bilim, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim jihatlarini e‘tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek o’qitishning usul va usullarini tanlash o’quv materiallarining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini o’quvchilarning bilimi, malakasini etiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi.Bu hol ma‘lum darajada o’quvchilarning tarix faniga qiziqishlari pasayishga umumiy ta‘lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta‘sir ko’rsatdi. Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgandan so’ng bu masalaga ham jiddiy e’tibor qaratildi. “Ta’lim to’g’risidagi” qonunda ta‘lim mazmunini takomillashtirish, uning g’oyaviy-tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga o’qitish usullarini ham faollashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi.Ta’lim standartlari qabo`l qilindi. Shu bilan birga maktab amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix fani vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta‘lim tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar o’tkazildi va umumlashtirildi. Tarixchi metodist olimlar G’afforov Ya. G’afforova M.G ning (O’zbekiston halqlari tarixini o’qitish usullari.T.,1996) uslubiy qo’llanmalarida o’qitish usullari yutuq va kamchiliklar batafsil ochib berilgan. Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan, oliy o’quv yurti o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi : metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin? Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg’or
pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga 7
aylanishi lozim. Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik

maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va talabalar o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib , o’zaro almashinib turadi. Tabiiyki, bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro chog’ishtiriladi. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida talabalar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi. Bu o`rinda ko`rsatmalilik metodining ahamiyati kattadir.

Ko`rsatmali uslub to`g`risida pedagog Ya. A. Komenskiy shunday degan : “ O`quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo`lgan narsalari, albatta, sezgilari vositasi bilan, ya’ni ko`rish mumkin bo`lgan narsalarni ko`z bilan ko`rib, eshitish mumkin bo`lgan narsalarni qulog`i bilan eshitib, hidi bor narsalarni hidlab ko`rib, ta’mini sezish mumkin bo`lgan narsalarni tatib ko`rib, ushlab sezish mumkin bo`lgan narsalarni ushlab bilib olishlarikerak ”. Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o‘qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa, ko‘rsatmali qurollar vositasida o‘quvchilarda o‘tmish to‘g‘risida yorqin va aniq tasavvur hosil bo‘ladi, o‘quvchilarning eshitish faoliyatiga ko‘rish va sezish organlarining faoliyati ham qo‘shiladi . Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Tarix o‘qitishning ko‘rsatmali bo‘lishining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo ko‘rsatmali qurol o‘quvchilarning bilim olishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchining bayoni har qancha to‘liq bo‘lganda ham o‘quvchilarning voqealar to‘g‘risidagi tasavvurlari to‘la bo‘lmaydi. Shuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o‘rganilayotgan davrning manzarasini ham to‘la, aniq va chuqur

8
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ko‘rsatmali qurollar o‘quvchilarning tarixiy tasavvurlariga



aniqlik kiritish va bu tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi. Ko‘rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko‘rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. Ko‘rsatmali qurollar o‘quvchilarning murakkab tarixiy hodisalarni, tarixiy tushunchalarning ma’nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi. Ko‘rsatmali qurollar o‘quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga, ularning nazariy xulosalash va umumlashtirishga, yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlarini, o‘zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek, o‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. SHu tariqa, ko‘rsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko‘rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni haqqoniy tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘rsatmalilik metodi:

1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi;

2) o‘quv materialining ta’lim-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;

3) o‘qituvchi bayonining aniq, obrazli va ta’sirchan bo‘lishiga yordam beradi;

4) o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;

5) o‘qituvchining bayonini va uning darsda qo‘llangan boshqa o‘quv usullarini o‘quvchilarnin g tushunib olishini yengillashtiradi;

6) o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o‘stiradi;
7) o‘quvchilar bilimining aniq, chuqur va mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.

9
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan



foydalaniladi. Bunda talabalarga yashirincha usullardan (konspekt, kitob va hokazo) foydalanish ta’qiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo`llash rag`batlantiriladi.10 Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i keltiriladi. Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir. Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu boisdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi . Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir . Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.Darvoqe, o’qitishning yalpi,guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun debat metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi. Interfaol metodlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini
ta’minlaydi. Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni 10
bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan

holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega,ya’ni,har bir pedagogok ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim.Qanday shakl,metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:

pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;

o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish; o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;


o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur
shartsharoitlarni yaratishi lozim.

11


Download 155.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling