261
San’at san’at uchun. Bu fraza ilk bor 1933-yilda Fransiyada
paydo bo‘ldi. San’at san’at uchun konsepsiyasi asarning maz-
muniga emas, shakliga e’tibor qaratdi, estetik jihatdan go‘zal
bo‘lishini yoqlab chiqdi. Realizm va
uning prinsiplarini inkor
qildi, sof san’at g‘oyasni ilohiylashtirdi. Go‘zallikni reallikdan
tashqarida, deb bildi. XIX asr oxiriga kelib, bu konsepsiya inq-
irozga yuz tutdi. Lekin uning estetizm prinsiplari formal maktab-
ning rivojiga ta’sir qildi.
Ekspressionizm (fr. ifodalash). XX asr birinchi choragida nemis
adabiyotida shakllanib, so‘ng boshqa milliy
adabiyotlarga tarqalgan
adabiy yo‘nalish bo‘lib, u adabiyot va san’atda ob’ektiv voqelik
emas, balki ijodkor meni ustivor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari
suradi.
U voqelikni tasvirlash emas, ijodkor menini, qalbini ifodalash
muhim, deb biladi. Yo‘nalish nomi ham shu yerdan kelib chiqqan.
Ifodani
tasvirdan, intuitsiyani mantiqdan ustun, deb qaraydi.
Dadaizm (fr. “dada” – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot,
ko‘chma ma’noda – bolalarga xos betartib nutq) birinchi jahon
urushi vaqtida urushga qarshi isyon kayfiyatidan Ovrupada paydo
bo‘lgan avangardistik oqim. Dadaizm
mavjud tartibotni absurd
deb bildi va hamma narsani inkor qildi. An’analarga nigilistik mu-
nosabatda bo‘lib, isyonkorlikni bayroq qilib olganlar. Adabiyotda
ma’nosiz so‘z va tovushlarni ishlatish, tasviriy san’atda esa narsala-
rni ma’nosiz tarzda birga chizish kabilar bo‘lgan.
Haqiqiy adabiyot
ijtimoiylikdan xoli bo‘ladi, degan aqidani ilgari surganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: