O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
jaxon adabiyati songisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Modernizm va o‘zbek adabiyoti. Tayanch so‘z va iboralar
MODERNIZM
REJA: 1. Modernizm va dekadans. 2. Modernizmning paydo bo‘lishi va tarixi. 3. Modernizmning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari. 4. Modernizm haqida G‘arb va o‘zbek olimlarining qa- rashlari. 5. Modernizmning uch buyuk namoyandasi: Joys, Kafka, Kamyu. 6. Modernizm va o‘zbek adabiyoti. Tayanch so‘z va iboralar: modernizm, dekadans, XX asrning yyyetakchi oqimi, elitar (xos) san’at, “san’at san’at uchun” g‘oyasi, modernizm ildizlari, modernizm yo‘nalishlari: ekspressionizm, da- daizm, kubizm, futurizm, abstraksionizm, syurrealizm va h.k., mod- ernizm va yangi o‘zbek adabiyoti. Modernizm juda rang-barang va murakkab falsafiy-estetik hodi- sa bo‘lib, u inson (ijodkor) ijtimoiy, siyosiy, psixologik, falsafiy, badiiy-estetik tafakkur tarzidagi jiddiy o‘zgarishlar negizida may- donga kelgan. O‘zgarishlarning salmog‘i g‘oyat og‘ir tosh bosadi. U badiiy tafakkur shaklidagi o‘zigacha mavjud bo‘lgan an’anaviy qarashlarni inkor qiladi. Modernizm haqida prof. D. Quronov (va boshq.) tayyorlagan lug‘atda shunday deyiladi: “MODERNIZM (fr. moderne – eng yangi, zamonaviy) – XIX asr oxiri – XX asr boshlar- ida ommalashgan termin, san’at va adabiyotda dekadansdan keyin maydonga chiqqan norealistik oqimlarning umumiy nomi sifatida tushuniladi... M. o‘tgan asr oxirlaridan boshlab maydonga chiqqan, ijodiy dasturlari va ijod amaliyoti jihatidan turli-tuman adabiy mak- tab va yo‘nalishlar (ekspressionizm, impressionizm, simvolizm, akmeizm va b.) o‘ziga asos bilgan estetik tizim, ijodiy metod sifa- 254 tida tushuniladi. M. doirasidagi maktab va oqimlar nechog‘li turfa bo‘lmasin, ularni umumlashtiruvchi qator nuqtalar mavjud. Avvalo, dunyoqarash jihatidan ular nafaqat XIX asrda ommalashgan pozitiv- izm, balki asrlar davomida shakllangan an’anaviy xristian dunyoqa- rashidan ham deyarli uzilib, F.Nitsshe, Z.Freyd, A.Bergson, U.Jeyms kabi mutafakkirlar qarashlaridan oziqlanadi. Shunga mos tarzda M. yo‘nalishidagi maktab va oqimlarning aksariyati adabiy-madaniy an’analarni ham turli darajada inkor qiladi va yangi davrga mos yangi adabiyot yaratish da’vosini olg‘a suradi... M.ga xos umumiy xususiyatlardan biri shuki, u ob’ektiv voqyelikning tasviri o‘rniga uning ijodkor tasavvuridagi badiiy modelini yaratishni maqsad qiladi. Ya’ni bu o‘rinda voqelikni aks ettirish emas, ijodkorning o‘z- o‘zini ifodalashi (ekspressionizm) ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ijod- da sub’ektivlikning oldingi o‘ringa chiqarilishi, mantiqiy bilishdan intiutiv bilishning yuqori qo‘yilishi, inson ichki olamida kechuvchi tizginsiz evrilishlarga ayricha e’tibor berilishi (ong oqimi), ijodkor shaxs ijodiy taxayyuli va u aks ettirgan voqelikning betakror hodisa sifatida tushunilishi, o‘z o‘y-hislarini hech qanday (ma’naviy, axlo- qiy, siyosiy va h.) cheklovlarsiz ifodalash huquqining e’tirof etilishi ham M.ga xos xususiyatlardandir. Ijodiy erkinlik nafaqat g‘oyaviy- mazmuniy, balki shakliy izlanishlarda ham mutlaqo daxlsiz. M. asrlar davomida shakllangan adabiy kanonlarni inkor qiladi va har qanday normativlikka qarshi (futurizm) turadi. Bu hol M.dagi ba- diiy obraz strukturasi, asarning sub’ektiv va ob’ektiv tashkillanishi, bayon tarzi, syujet-kompozitsion qurilishi, til xususiyatlari – xullas, adabiy asarning barcha sathlarida shakliy o‘ziga xosliklarni yuzaga keltiradi” 37 . Manbalar (masalan, “Madaniyatshunoslik” o‘quv qo‘llanmasi) aytadiki, modern istilohining paydo bo‘lganiga 1000 (ming) yil- dan ko‘proq vaqt bo‘lgan. Modern so‘zi “...ilk bor milodiy V asrda qo‘llangan bo‘lib, rasmiy maqom egallab borayotgan zamonaviy masihiylikni o‘tmishdagi majusiy Rimdan ajratish uchun qo‘llana 37 Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2010. 255 boshlagan. Zotan, masihiylik oqimi Rim uchun tatomila yangilik edi, chunki Yahudiya uzoq yillar garchi Rim imperiyasi tarkibida bo‘lsa ham, masihiylikka ashaddiy qarshilik qilib keldi. Ammo ma- sihiylik majusiylikka nisbatan ilgor, o‘z davridagi progressiv oqim bo‘lgani uchun barcha qarshiliklar behuda bo‘lib qoldi” 38 . Modernizmning asosiy darakchilari deya Dostoevskiy (“Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”), Uitmen (“Maysalar yapro- qlari”), Bodler (“Yovuzlik chechaklari”), Rembo (“Dil yorishishi”) va Stringberg (so‘ngi pesalari) kabi yozuvchi, shoir va dramaturglar esga olinadi. Ijodkorlarga kuchli ta’sir qilgan faylasuf va ruhshu- noslardan Fridrix Nitsshe, Anri Bergson, Zigmund Freyd, Uilyam Jeyms va boshqalar nomini sanash mumkin. Sho‘ro davrida modernizmga ta’qiq qo‘yildi. Bu ishning o‘ziga yarasha arzigulik sabablari bo‘lsa-da (chunonchi, modernizm mut- laq individualizmni yoqlaydi, axloqiy chegara tanimaydi, har qanday an’anani inkor qiladi, Ovrupa madaniyatini boshqa madaniyatlardan ustun qo‘yadi va h.), oqimning dunyo tan olgan, jahon adabiyotida alohida mavqyega ega bo‘lgan vakillari bor ediki, ularning asarlarini man qilish insonni yaxshi bilmaslik, uning badiiy tafakkur tadrijini mensimaslik bilan teng edi. Zero, modernizmni bilishga intilish in- sonni bilishga, uning botinidagi puchmoqlarga bo‘ylashga, ichkari- dagi ziddiyatlardan boxabar bo‘lishga intilishdir, buning mahliyo- lik yoki g‘arbparastlik bilan aslo aloqasi yo‘q. Insonning san’atu adabiyotdagi har bir hodisaning tub ildizlariga sog‘lom nazar sola bilishi alaloqibat uning dunyoqarashi butunligini ta’min etibgina qolmay, ma’naviy immunitetini ham chiniqtiradi. “Modernizm nima?” degan savolga dunyo va o‘zbek olimlari ko‘pdan beri javob berib kelishadi, haligacha bu masala ustida bahslar yakunlangani yo‘q. Modernizm, o‘zbek olimi prof. Ozod Sharafiddinov ta’kidlab aytganidek, “jo‘n hodisa” emas. O‘zbek adabiyotshunosligida, ay- niqsa, Istiqlol yillarida modernizm atrofida qizg‘in bahslar bo‘ldi. Bahslarda modernizmni o‘zbek mentalitetiga butunlay yot mafkura 38 Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2010. 256 yoki aksincha, modernizm insoniyat badiiy-tafakkur tadrijining bir bosqichi, uni o‘qib-o‘rganishning hech bir zarari yo‘q, degan qa- rash aytildi. Chunonchi, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Sarimsoqov “Absurd ma’nisizlikdir” 39 maqolasida modernizm oq- imlaridan biri – absurdni keskin tanqid ostiga oladi, uni “inqiroz”, ekzistensializm oqimini esa “subutsiz” deb ataydi. Bu qarashga ja- voban filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov o‘z qarashlarini ilgari surib, absurd va ekzistensializm yo‘nalishidagi asarlarga san’at hodisasi sifatida qarash kerakligini aytadi: “B. Sarimsoqovning absurd va ekzistensializmga bergan bahosi o‘ta munozarali. San’at hodisasi sifatida absurd tushunchasi bu so‘zning lug‘aviy ma’nosidan o‘zgacharoqdir. Absurd, B. Sarimsoqov da’vo qilganidek, aslo ma’nisizlik emas, balki, aksincha, teran ma’noga ega. Absurd adabiyot, san’atda adashgan, aldangan, behuda, sama- rasiz mehnat-faoliyatga, ma’nisiz qismatga mubtalo etilgan shaxs- ning fojiasini ochib berish, kutilmagan tomonlardan o‘ziga xos tar- zda badiiy tahlil etishdan iborat” 40 . Ko‘rinib turganidek, qarashlar har xil, ziddiyatli. Bahsu munozaralar hali-hanuz davom etmoqda. Talaba yoshlar bu bahsda qaysi fikr jo‘yaliroq ekanini bilish uchun esa modernizm va uning yo‘nalishlari mohiyatini teranroq o‘rganib chiqishlari lozim bo‘ladi. Demak, yana o‘sha savol: modernizm nima? Modernizm XIX asr so‘nggi choragida dastlab kayfiyatu du- nyoqarashda, so‘ng tasviriy san’atda, keyinchalik adabiyotda Ovru- pada paydo bo‘lgan san’at yo‘nalishi hisoblanadi. Modernizmning yana bir nomi “dekadans” bo‘lib, buhron, inqiroz ma’nolarini an- glatadi. Bu narsa burjua tuzumining ich-ichidan buhronga yuz tuti- shi bilan bog‘liq. Ya’ni avval burjua jamiyatida inqiroz yuz berdi, so‘ngra san’atu adabiyotda modernistik oqim tug‘ildi. Modernizmn- ing aniq paydo bo‘lish vaqtini har xil ko‘rsatishadi. Ayniqsa, uning ijodkor badiiy-tafakkuriga ta’siri jahon urushlaridan keyin keskin kuchayib borgan. Chunki inson nomi va sha’niga munosib kelajak 39 Yo‘ldosh Q., Yo‘ldosh M., Badiiy tahlil asoslari. – T.: Kamalak, 2016. – B. 377. 40 O‘z AS, 2002, 28 iyun. 257 qurish orzusi bilan yashayotgan odamiyzod jahon urushlari vaqti- da million-million begunoh turdoshining yostig‘i quriganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi. Natijada u bu dunyoni tadbirlar bilan tuzatib Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling