O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Postmodernizmning paydo bo‘lishi va mazmun-mohiyati 
haqida gapiring.
2. Nima uchun postmodernizm murakab oqim hisoblanadi?
3. Postmodernizmni modernizmdan ajratib turuvchi xususiyat-
lari nimalardan iborat?
4. Ommaviy madaniyat, ommaviy didsizlashuv va postmod-
ernism munosabatlarini tushuntirib bering.
5. Postmodernizmning asosiy tushunchalari haqida so‘zlang.
6. Postmodernizm namunalaridan tahlil qilib bering.
7. Postmodernizm va Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti haqida 
so‘zlang.
Adabiyotlar
1. Затонский Д. Модернизм и постмодернизм. – Харьков: 
Фолио, 2000.
2. Модернизм. – Москва: Искусство, 1987. 
3. Гассет О. Дегуманизация искуссва. – Москва: Радуга, 
1991. 
4. Борев Ю. Эстетика. – Москва: Политическая литература, 
1981.
5. Йўлдош Қ., Йўлдош М. Бадиий таҳлил асослари. – 
Tошкент: Камалак, 2016.
6. Қуронов Д. ва бошқ., Адабиётшунослик луғати. – 
Тошкент: Akademnashr, 2010.
7. Internet materiallari: Postmodernizm, jumladan, http://iEs-
say.ru sayti.


287
AVSTRALIYA, OKEANIYA, AFRIKA, KANADA 
MAMLAKATLARI ADABIYOTI
REJA:
1. Avstraliya adabiyoti: kecha va bugun.
2. Okeaniya mamlakatlari adabiyoti manzaralari.
3. Afrika adabiyotiga chizgilar.
4. Kanada adabiyotining umumiy xarakteristikasi.
Tayanch so‘z va birikmalar: xalq og‘zaki ijodi, janrlari, yozma 
adabiyot, o‘tmish adabiyoti, zamonaviy adabiyot, sintez adabiyot, 
adabiyot davrlari, qo‘shiqlar, miflar, ertaklar, afsonalar.
Avstraliya adabiyoti
 Avstraliya adabiyoti, asosan, ingliz tilidagi adabiyotdir. Uni yana 
sintez adabiyoti ham deyishadi. Chunki taxminan XVIII asrgacha 
mahalliy aborigenlarning og‘zaki adabiyoti mavjud bo‘lgan. Bu 
vaqtdan e’tiboran esa, qit’aga inglizlar kelishdi hamda sekin-asta o‘z 
adabiyotlarini barpo etishdi. Qolaversa, qit’aga boshqa xalq vakillari 
ham ko‘chib kela boshlashdi. Natijada Avstraliya adabiyoti ko‘plab 
xalqlar adabiyotidan tashqil topgan sintez adabiyotga aylandi. Shun-
ga qaramay, ingliz tilidagi adabiyot yyyetakchi mavqyega ega.
Demak, 200 yildan ortiqroq vaqt davom etib kelayotgan qit’a ad-
abiyotini quyidagicha davrlashtirish mumkin: 
1. Kolonial yoki ingliz-avstraliya davri (1788–1880);
2. Milliy davr (1880–1920);
3. Zamonaviy davr (1920-yillardan hozirgacha).
Avstraliyaning dastlabki adabiy yodgorliklari deya qit’aga kel-
gan kema zobitlari bo‘lgan Ison Uayt (1756–1832), Uotkin Tench 
(1758–1833) va Devid Kollinzlarning (1756–1810) memuarlari va 
yo‘l qaydnomalari aytiladi. Ilk she’riy asarlarning mazmuni Angli-


288
yadan qochib kelgan yo surgun qilinganlarning erkin hayot haqida 
bo‘lib, ballada janrida yozilgan. Charlz Tompson (1806–1883), 
Charlz Ventvortlar (1790–1872) dastlabki lirik shoirlar hisoblanadi. 
Charlz Garpur (1813–1868) esa, davrning ulug‘ shoiri sifatida tan 
olinadi.
Shundan keyin Avstraliya adabiyotining milliy davri bosh-
landi. Bunga sabab esa odamlar qit’aga o‘rgandilar, uni sevdi-
lar, o‘zinikidek his qildilar. Natijada adabiyot Angliya adabiyoti 
ta’siridan chiqishga, o‘z mavzularini o‘z yo‘llarida kuylashga intildi. 
Adabiyotining milliy davri Jyul Fransua Archibald va Jon Xayns-
lar asos solgan “Byulleten” haftaligidagi chiqishlardan boshlangan. 
Avstraliyadagi hayot, qishloq manzaralari, do‘stlik, mardlik va in-
sonlar o‘rtasidagi tenglikni kuylash Banjo taxallusli Endryu Barton 
Patterson (1864–1941), Genri Louson (1867–1922), Charlz Brennan 
va Nilson singari shoirlarni yurtga tanitdi.
Zamonaviy davr Avstraliya adabiyoti Amerika, Angliya va Ir-
landiya adabiyotining muayyan darajadagi ta’sirida bo‘ldi. Nasr, 
nazm, dramaturgiya rivojlandi. Qit’a aborigenlarining hayoti va xalq 
og‘zaki ijodiga e’tibor berildi, ular qayta baholandi. Shu bilan birga
sekin-asta Avstraliya adabiyoti o‘z ovoziga ega bo‘lishga talpindi. 
Yozuvchi Patrik Uayt 1973-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel muko-
fotiga munosib deb topildi. Kristofer Kox, Geyl Parter singari nosir-
lar ijodida avstraliyacha shakl va mazmun yaqqol aks etdi. 
Natal’ya Krofts bugungi Avstraliya adabiyotida rus va ingliz til-
larida ijod qiluvchi zamondosh ijodkorlar sirasiga kiradi. 1976-yilda 
Ukrainada tug‘ilgan. Moskva davlat (Rossiya) va Oksford (Angliya) 
universitetlarining mumtoz filologiya fakultetini tamomlagan. Sid-
ney (Avstraliya)da yashaydi. Yozuvchi, shoir, tarjimon. U ilg‘or ta-
fakkurli zamonaviy ijodkorlar vakili bo‘lib, dunyo kezadi (60 dan 
ortiq mamakatlarda yashagan), turfa xalqlar adabiyoti bilan yaqin-
dan tanishadi, ular haqida maqolalar, suhbatlar uyushtiradi. Ijodkor 
2013-yilda O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi. Yozuvchi va adabi-
yotshunos Ulug‘bek Hamdam bilan “Bepoyon olam” nomli suhbati 


289
“Zvezda Vostoka” jurnalida e’lon qilinadi
51
. Suhbatda Avstraliya 
adabiyoti, uning ko‘zga ko‘ringan vakillari haqida so‘z yuritib N. 
Krofts: “Ingliz tilidagi adabiyot bilan qiziquvchilar Piter Keri, Nobel 
sohibi Patrik Uayt, shoir Genri Lousonni yaxshi bilishadi, yaqinda 
nomi chiqqan Aravinda Adiguning “Oq yo‘lbars”si menga juda man-
zur. Avstraliyadagi rus adabiyoti esa, 1911–1912-yillarda, qit’aga 
K. Balmont, A. Usov, S.Alimovlar kelgandan boshlangan. Ulardan 
faqat oxirgisi bu yerda qoldi” deydiki, bundan ham Avstraliya ad-
abiyoti ko‘plab millatlarning sintez adabiyoti ekani ayon bo‘ladi.
Endi kashf qilinganda, Avstraliya qit’asi Angliya jinoyachilari 
surgun qilinadigan joy bo‘lib xizmat qilgan. Vaqtlar o‘tib esa, bu 
yerga kelganlarning ko‘pchiligi Angliyaga qaytib ketishmay, Avs-
traliyani o‘z vatanlari deb bilishdi. Adabiyot shaklan ingliz va irland 
adabiyoti ta’sirida bo‘lsa-da, Avstraliya qit’asi voqeligini aks ettirdi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling