O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

POSTMODERNIZM
REJA:
1. Postmodernizm va uning paydo bo‘lish omillari. 
2. Postmodern adabiyotning mazmun mohiyati, namoyan-
dalari.
3. Postmodernizmning modernizmdan farqi.
4. Universal gumanizm (jami tirik mavjudodga teng qa-
rash).
5. Ikkiyoqlama kodlashtirish tamoyili (xos va avom adabi-
yoti o‘rtasidagi chegaraning olib tashlanishi). 
6. Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, 
“muallif o‘limi” konsepsiyasi, intertekstuallik.
7. U. Ekoning “Atirgul ismi” romani – postmodernizmning 
manifesti.
8. Postmodernizm va bugungi o‘zbek adabiyoti manzarasi.
Tayanch so‘z va iboralar: postmodernizmga oid tushunchalar
murakab va ziddiyatli oqim, ommaviy didsizlashuv, dizaynlashuv, 
universal gumanizm, ikkiyoqlama kodlashtirish, intertekstual o‘yin, 
janrlar mutatsiyasi, “muallif o‘limi”, logotsentrizm, an’anaviy qa-
driyatlar, o‘zbek adabiyotida postmodernizm.
XX va XXI asrlar shiddatli o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu asrlarda 
inson va jamiyat kayfiyati bot-bot turlandi. Natijada badiiy adabi-
yot uchun uslub, oqim va yo‘nalishlar xilma-xillligi oddiy holga, 
romantiklikdan ko‘ra realistik ruh badiiy adabiyotning yyyetakchi 
kayfiyatiga aylandi. Jamiyat va inson hayotiga bo‘lgan e’tibor, badi-
iylikdan ko‘ra g‘oyaviylikka urg‘u berish (publitsistik ruhning orti-
shi), qahramon psixologiyasiga kirish, uning faol hayotiy pozitsiyas-
ini aniqlash ko‘pchilik zamonaviy asarlarga xos bo‘lib bordi. Ushbu 
zamonaviy yo‘nalish ilmda postmodernizm nomini oldi. Postmod-


271
ern nasrning asosiy prinsiplari italyan Umberto Eko (1932–2016), 
Italo Kalvino (1923–1985), amerikalik Djon Bart (1930), olmon 
Patrik Zyuskand (1949), chex Milana Kundera (1925) va serb Milo-
rad Pavich (1929–2009) asarlarida ko‘rinadi. 
Postmodernizm modernizmdan keyin kelgan bo‘lib (“post” – ke-
yin ), o‘ta murakkab va serqirra adabiy oqimdir. Adabiy oqim deyil-
sa-da, postmodernizm xuddi modernizm kabi inson dunyoqarashiga 
ta’sir qilgan, keng tarmoqli va g‘oyat ziddiyatli hodisadir. U haqdagi 
qarashlar hali tugallanib, xulosalanmagan. Chunki hodisaning o‘zi 
davom etmoqda. Qayerdaki, xaos bor ekan, u yerda postmodernizm 
ham bor, deya qaraladi. 
O‘zbek adabiyotshunosi – prof. D. Quronov (va boshq.) ning 
“Adabiyotshunoslik lug‘ati” kitobida postmodernizm haqida quy-
idagicha ta’rif beriladi: “POSTMODERNIZM (fr. postmodern-
isme – modernizmdan keyingi) – o‘tgan asrning ikkinchi yarmi-
dan boshlab adabiyot va san’atda, umuman, ijtimoiy-gumanitar 
sohalarda kuzatila boshlagan oqim, ijodiy metod. Fransuz poststruk-
turalizmining dekonstruksiya (J.Derrida), postfreydizmning “shizo-
analiz” va “ongsizlik tili” (Lakan, J.Delyoz, F.Gattari) ta’limotlari 
hamda semiotikadagi kinoyaviylik konsepsiyasi (U.Eko) P.ning fal-
safiy asosini tashkil qiladi. P.ning yuzaga kelish vaqti, o‘ziga xosligi 
masalasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim mutaxassislar P. 40-yillarda, 
J.Joysning “Finnegan ma’rakasi” (1939) asari bilan boshlangan desa, 
boshqalari o‘tgan asrning o‘rtalarini, yana bir xillari 70 – 80-yillarini 
ko‘rsatadilar. Holbuki, P. termini ancha avval paydo bo‘lgan: ilk bor 
P.Vinnitsning “Ovrupa madaniyati inqirozi”(1917) asarida ishlatilgan 
bo‘lsa, Toynbining “Tarixni o‘rganish”(1947) asarida termin kultur-
ologik ma’noda, jahon madaniyatida ovrupatsentrizmning barham 
topishi ma’nosida qo‘llanadi. Adabiyotshunoslikda ham P. termini 
XX asrning 20-yillardanoq ishlatilgan bo‘lib, u adabiy jarayondagi 
modernizmga aks ta’sir hodisalarini, 60 – 70-yillar amerika adabiy 
tanqidchiligida esa ultramodernistik ijodiy tajribalarni anglatgan...”
47
47
Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Тошкент: Akademnashr, 2010. – B.227.


272
Postmodernizmga modernizmning davomi sifatida ham, undan 
alohida, hatto uning inkori, aksi sifatida talqin qilishlar ham ilmda 
bor. Bu ikki oqim mazmun-mohiyatini, ularning bir-biridan ajratib 
turuvchi xususiyatlarini yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 
jadvalga
48
nazar tashlaymiz:

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling