O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Indoneziya adabiyoti. Indonez xalqining adabiyoti XIX asr ox-
iri, XX asr boshlarida vujudga kelgan, yangi adabiyot hisoblanadi. 
Adabiyotning ibtidosi bu yerda ham xalq og‘zaki ijodidir. Indone-
ziya o‘z mustaqilligini 1945-yilda qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdan 
buyon indonez tilidan tashqari, xitoy, golland kabi tillarda ham ba-
diiy asarlar yozildi hamda indonez xalqi muammolarini jahonga, o‘z 
navbatida, jahon adabiyotini indonezlarga tanitishda katta ahamiyat 
kasb etdi.


291
Amir Hamzah, Sitor Situmoran, Hayril Anvar kabilar indonez 
xalqining zabardast shoirlaridan sanaladi. 1945-yilgi inqilob xalq 
tarixida ulkan rol o‘ynadi. Davr adabiy oqimi “45-yil avlodi” de-
gan nom bilan tarixda qoldi. Oqimni shoir va tarjimon Hayril Anvar 
boshqargan. U asarlarida xalq tili shevalaridan unumli foydalangan 
va indonez tili mavqeini yuksaltirgan.
Indoneziya yozuvchisi Marah Ruslining (1889–1968) tarixiy 
“Sitti Nurbaya” romani (1922) shoir va tarjimon Abdulhamid Par-
dayev tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan va chop etilgan.
Singapur adabiyoti. Singapur ham ana shu mingorollarda 
joylashgan, jadal rivojlanib borayotgan Okeaniya mamlakatidan biri 
bo‘lib, adabiyoti dunyodagi eng yosh adabiyotlardan hisoblanadi. 
Shuning uchun ham Singapur milliy adabiyoti deb atalishga muno-
sib adabiyot hali oldinda. Siril Vong, Eng I-Shen, Elvin Pang kabilar 
Singapurning taniqli ijodkorlaridan. Elvin Pang Singapur adabiyoti 
antologiyasini tayyorlab, nashr qilgan. Antologiyalardan biri “Tima-
sik” deb ataladi va Singapurda adabiyot ixlosmandlari orasida shuh-
rat qozongan. Sinnatambi Rajaratnam (1915–2006) ning “Yo‘lbars” 
hikoyasi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Jahon adabiyoti” jurnalida 
e’lon qilingan.
52
Afrika adabiyati 
Afrika qit’asidagi ko‘plab mamlakatlarning o‘ziga xos, ayni 
paytda, bir-biriga o‘xshash hamda noo‘xshash og‘zaki va yozma 
adabiyotlari mavjud. Afrika qit’asida joylashgan Misr mamlakati 
adabiyoti o‘zining qadimiyligi jihatidan shumer, xitoy, hind, yunon 
adabiyotlari bilan bir qatorda turadi. Zamonaviy Misr adabiyoti ham 
dunyo o‘quvchilari e’tiborini o‘ziga jalb qila bilgan. Uning bag‘rida 
Najib Mahfuzdek Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan. 
Lekin Afrikada Misrdan boshqa yana o‘nlab mamlakatlar mavjud 
bo‘lib, quyida asosan shular haqida so‘z yuritiladi.
52
Мир без границ. – Ташкент: Звезда Востока, 2013.


292
Avvalo shuni aytish joizki, Afrika mamlakatlari adabiyoti Ovrupa 
adabiyotidan o‘zining asosiy qismi og‘zaki adabiyot bo‘lishi bilan 
farqlanib turadi. Yana Ovrupa adabiyotida shakl va mazmun bir-biri-
dan keskin ajraladi. Afrika adabiyotida esa, ularni bir-biridan ajratish 
mahol. Ifodaning go‘zalligiga shakl go‘zalligi uchun emas, balki tin-
glovchini ko‘proq jalb qilish, dialog uchun ahamiyat beriladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling