O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Sofokl (mil.av. 496–406-yy.) Sofokl m.o. 496-yili Afina yaqini-
dagi Kolon degan joyda, qurol-aslaxa korxonasi xo‘jayinining oila-
sida tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini ancha erta boshlagan bo‘lib, m.o. 
468 yili birinchi marta dramaturg sifatida maydonga chiqadi, 28 yo-
shida adiblar musobaqasida o‘z ustozi Esxilni mag‘lub etib, Plutarx 
qo‘lidan qimmatbaho sovrin olgan va hammasi bo‘lib musobaqa-
larda 24-marta g‘olib bo‘lgan. 
Sofokl m.o. 441-yili oliy lavozim – strateglikka saylanadi. Xuk-
mdor Perikl bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. U butun um-
rini shonu-shavkatda o‘tkazib, m.o. 406-yili vafot etgan. O‘limidan 
keyin buyuk zotlarga ko‘rsatiladigan izzat-ikrom ko‘rsatilib, har yili 
qabri ustida qurbonlik qilish taomilga aylangan. Shoirning 123 ta 
pyesasidan yettitasigina saqlanib qolgan. 1912-yili “Izquvarlar” sat-
irlar dramasidan katta parcha topilgan.


64
Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyani tantana-
li lirik qo‘shiqdan chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini 
qo‘shdi. Agar Esxil asarlarida oliy kuchlar inson yurish-turishida 
faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari mustaqil harakat 
qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari belgi-
laydi. Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan 
emas, balki alohida shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan 
bog‘langan trilogiyalardan voz kechishga olib keldi. Sofoklda har 
bir asar alohida badiiy yechim va muammoga ega bo‘ldi.
Dramaturg o‘z ijodi davomida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa 
ham unda xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqealar sur’ati te-
zlashdi. Sofokl tomonidan kiritilgan yana bir yangilik – dramaga 
uchinchi akterning kiritilishi bo‘ldi. Aristotelning “Poetika” da xabar 
berishicha, buyuk dramaturg sahna san’ati nazariyasi bo‘yicha ham 
ko‘p yangiliklar kiritgan: xor tarkibini o‘zgartirgan, musiqiy parcha-
lar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha, 
“Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”.
Uning “Shoh Edip”, “Antigona”, “Edip Kolonda” tragediyala-
rining syujeti afsonalarning Fiva turkumidan olingan. “Elektra”, 
“Filoklet”, “Ayaks” asarlari Troya afsonalari mavzusida yozilgan 
bo‘lsa, “Traxinalik ayollar” Gerakl haqidagi rivoyatlar asosida 
yozilgan. 
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl 
turli usullarni qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qa-
hramonni yonma-yon qo‘yib tasvirlashning eng mohir namunasini 
“Antigona” tragediyasida ko‘ramiz. Sofokl ajoyib obrazlari bilan 
bir qatorda, dramatik voqealarni ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan 
san’atkor sifatida ham mashhur. 
Sofokl “Shoh Edip” tragediyasida yunon san’atining “kuch va 
vositasigina emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foy-
dalangan. Odatda miflarning bir qancha variantlari bo‘lib, drama-
turglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga moslab, ijodiy qayta ish-
laganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip haqidagi mif 


65
Homerning “Odisseya”sida ham bor edi. Ammo Sofokl unga juda 
aniq psixologik ishlov beradi, uni “qismat fojeasi”dan chinakam 
insoniy dramaga aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish ja-
rayoni unga mudhish taqdirni ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror 
bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z qilmishlariga o‘zi mas’uldir: 
inson bezavol va beajal tangrilardan shu bilan farqlanadiki, uning 
hayoti doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni yengib 
o‘tish uchun intilishda o‘tadi.
Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediya-
sida esa taqdir qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy 
ahamiyatga ega bo‘lgan chuqur va murakkab obrazga aylanadi.
Antik davrdagi hech qaysi dramaturgning asari jahon adabiy-
otida “Shoh Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar 
ta’sirida XVIII asr oxiri XIX boshlarida Ovrupa adabiyotida “Taqdir 
tragediyasi” deb atalgan adabiy oqim paydo bo‘ldi va u Shekspirn-
ing “xarakterlar” tragediyasiga qarshi qo‘yildi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling