O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Yevripid (mil.av. 480–406-yy) Qadimgi yunon tragediyasining 
yana bir vakili Yevripid Afina yaqinidagi Salamin orolida tug‘ilgan. 
Antik davr adabiyotining uch buyuk vakili haqida quyidagi rivoyat 
bog‘lab turgan: Salamin yaqinidagi g‘alaba nishonlanayotganda(m.o. 
480) Esxil g‘olib askarlar safida bo‘lgan. G‘alaba bayramida uy-
ushtirilgan o‘yinlarda Sofokl o‘zini ko‘rsatgan va xuddi shu kuni 
dehqon Mnesarx oilasida Yevripid dunyoga kelgan.
M.o. V asr oxirida komediyanavislar shoirga ko‘p ta’na va malo-
matlar yog‘dirdilar. U Makedoniyaga ko‘chib ketishga majbur 
bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. 
Yevripid teatr musobaqalarida uch marta g‘olib chiqqan. O‘z 
davrida qadrlanmagan shoir keyingi asrlarda(ellinizm davrida) 
xalqning eng sevimli tragik shoiriga aylanadi. U jami 92 ta asar 
yozgan bo‘lib, bizgacha 19 tasi yetib kelgan. Masalan: “Alkesti-
da”, “Medeya”, “Geraklidlar”, “Ippolit”, “Elektra”, “Andromaxa”, 
“Troyalik ayollar” tragediyalari. Bu asarlarning barchasi Sofokl va 
Esxil singari mifologik afsonalar mavzusida yozilgan. yevripid o‘z 


66
asarlarida zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psix-
ologik muammolarni ham qo‘yadi. Yunon shoiri jahon adabiyotida 
avvalambor, ayollar obrazi va ularning psixologik qiyofasini maho-
rat bilan tasvirlagan adib sifatida mashhurdir. 
Uning eng kuchli tragediyalaridan biri m.o. 431-yili Afina sah-
nasida qo‘yilgan “Medeya” hisoblanadi. Asar syujeti “Argonavtlar” 
haqidagi afsonadan olingan. Bir qancha yunon pahlavonlari Yason 
boshchiligida oltin qo‘y junini olib kelish uchun “Argo” kemasida 
Kolxida eliga jo‘naydilar. U yerda podshoning qizi, quyosh ma’budi 
Geliosning nabirasi go‘zal Medeya Yasonni sevib qoladi, uni deb 
ota-onasi, vatanidan voz kechadi, akasini o‘ldiradi. Oltin qo‘y junini 
Yunonistonga olib kelgach, ular turmush quradilar. Bir qancha mud-
dat o‘tgach, Yason Korinf shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmo-
qchi bo‘ladi. Yevripidning asari xuddi ana shu joydan boshlanadi. 
Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga ahd qiladi, 
kelin, uning otasi va o‘z farzandlarini o‘ldirib ajdaholar qo‘shilgan 
aravada uchib ketadi. Agar “Medeya” xaqoratlangan sevgi va rashk 
haqidagi asar bo‘lsa, “Ippolit” jinoyatkorona, qabih sevgi haqidagi 
tragediyadir. Afina podshosi Tezeyning oldingi xotinidan qolgan 
o‘g‘li Ippolitni o‘gay onasi Fedra sevib qoladi. Yigit uning sevgi-
sini rad etgach, Fedra o‘z joniga qasd qiladi. O‘limidan oldin yozib 
qoldirgan maktubida u Ippolitni tajovuzda ayblaydi. Otasi tomoni-
dan la’natlangan Ippolit halok bo‘ladi. 
Yevripid juda katta mahorat bilan burch va ehtiros o‘rtasidagi 
kurashdan azoblangan qahramonlar ruhiyatini tasvirlaydi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling