O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Qadimgi Attika komediyasi. Aristofan (m.o. 445/446–385-yy.)


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Qadimgi Attika komediyasi. Aristofan (m.o. 445/446–385-yy.) 
Miloddan oldingi V – IV asrlar butun Yunoniston, xususan, Afina 
davlati uchun kuchli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo‘lgan. 
Ammo, shu bilan birga, demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim 
ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashib bor-
di. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining asarlarida ana shu 
nuqsonlarni fosh etishga, kulgi va satira yordamida ularni bartaraf 
etishga intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi Attika komediyasi” 


67
deb atalmish maxsus adabiy oqim maydonga keldi. O‘tkir siyosiy 
jo‘shqinlik, demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik – qad-
imgi attika komediyasining asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod 
qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida faqat uch kishining nomi bizga 
ma’lum. Bular – Kratin, Evpolid va Aristofandir. 
Qadimgi yunon komediyanavis shoirlari orasida bir necha asar-
lari bizga qadar yetib kelgan yagona shoir Aristofandir. Uning ijo-
dida komediyaning mazmun ko‘lami benihoya kengaydi, shakliy ji-
hatdan yuksaklikka ko‘tarildi. Aristofanning hayoti haqida bizgacha 
juda kam ma’lumot yetib kelgan. Shoir taxminan miloddan avvalgi 
445–446 yili Attika viloyati yaqinidagi Egina orolida tug‘ilgan. U 
o‘zining adabiy faoliyatini juda erta boshlagan va 20 yoshga yetar-
yetmas komediyanivislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni 
egallagan. Qirq yilcha davom etgan ijodiy faoliyati davrida qirqdan 
ortiq asar yozgan. Aristofanning komediyalaridan 11 tasigina u yoki 
bu darajada saqlanib qolingan bo‘lib, ular ijtimoiy-tarixiy davr bilan 
bog‘liq ravishda uch davrga bo‘linadi:
a) Birinchi davrda(427–421 yy., Peloponness urushining birin-
chi bosqichi) – urushlardan charchab, ruhiy umidsizlikka tushgan 
oddiy dehqon, o‘zi bilan o‘zi sulh tuzib, tinch hayot nashidasini su-
rishi haqidagi “Axarnliklar”(425); davrning taniqli siyosatchilaridan 
biri Kleon satira qilingan “Chavandozlar”(424); qarz botqog‘idan 
qutilish uchun sofistlardan ta’lim olgan qahramon haqidagi “Bu-
lutlar”(423); sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi qariya haqidagi “Ari-
lar”(422); qo‘ng‘izda Olimp tog‘iga chiqib, kuch bilan tinchlik 
ma’budasini yerga olib tushgan musallaspaz to‘g‘risidagi “Tinchlik” 
komediyalari yozilgan.
b) Ikkinchi davr(414–405 yy.). 421-yildan 414-yilgacha fanga 
hech qanday ma’lumot ma’lum emas. Bu yillarda asosan ijtimoiy-
satirik mavzularda komediyalar yozilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin 
qilish mumkin. Ikkinchi davrda osmon va yer o‘rtasida qushlar bilan 
hamkorlikda shahar qurgan ikki afinalik haqidagi “Qushlar”(414), 
ayollarning urushga qarshi isyoni haqidagi “Lisistrata”(411), yevrip-


68
id kulgu ostiga olingan “Ayollar Fesmoriy bayramida”(411) va yana 
yevripid tanqid qilingan “Qurbaqalar”(405) komediyalari yozilgan.
v) Uchinchi davr(392–388 yy.)da asosan maishiy, utopik ide-
allar ulug‘langan komediyalar yozilgan, ularda dialoglar xordan 
ustunlik qiladi. “Ayollar xalq yig‘inida”(392), “Boylik”( “Plutos”)
(388) komediyalari shunday asarlar sirasiga kiradi.
Aristofanning ijodi asosan uzoq davom etgan urushlar davriga, 
buning natijasida Afina demokratik davlatining to‘xtovsiz yemirilib, 
inqrozga uchray boshlagan paytiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytdagi siy-
osiy, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyotlar, ma’naviy, aholoqiy, falsafiy 
muammolarning keskinlashuvi shoir ijodida o‘zining yorqin ifo-
dasini topgan. Uning asarlaridagi ajoyib dramatik holatlar, qahra-
monlar qiyofasini tavsiflash mahorati, komediyalariga sochib yubo-
rilgan hazil-mutoyibalar, favqulotda pichinglar, ohori to‘kilmagan 
qochiriqlar, beqiyos so‘z o‘yinlari, shuningdek barcha asarlariga 
xos sodda, tiniq, o‘ynoqi va muxtasar til, rohatbaxsh lirik parchalar 
– Aristofanning yuksak mahoratidan darak beradi. Rus tanqidchisi 
V.G.Belinskiyning ta’kidlashicha, Aristofan – eng olijanob, g‘oyat 
musaffo va qadimgi Yunonistonning eng so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan.
1954-yili Jahon Tinchlik Kengashining qaroriga binoan Aristo-
fanning 2400-yilligi nishonlandi.
Umuminsoniy badiiy merosning ajralmas qismi bo‘lgan antik 
adabiyot, xususan qadimgi yunon adabiyotida tilga olingan ko‘plab 
mavzu va muammolar XXI asrda ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahami-
yatini yo‘qotmagan. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling