O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Birinchi Rim shoirlari. Yuqorida birinchi Rim shoiri sifatida 
e’tirof etilgan Liviy Andronikning lotin tilidagi “Odisseya” si Ovru-
pa adabiyoti tarixidagi birinchi badiiy tarjima namunasi sifatida 
baholanadi. U asar tarjimasiga erkin yondoshadi. Ko‘p o‘rinlarda 
misralar qisqartirilgan, tashlab ketilgan, obrazlar o‘zgartirilgan, yu-
non mifologiyasidagi ma’budlarning nomlari lotin ma’budlari nomi 
bilan almashtirilgan. Andronikdan keyin ham tarjima sohasida origi-
nalning butun xususiyatini saqlab qolish emas, balki asarni Rim dav-
latining madaniy ehtiyojiga moslashtirish tamoyili yetakchilik qildi. 


73
Tarjimonlikdan tashqari Andronik lotin tilida tragediya va ko-
mediyalar ham yozgan. Bizgacha yetib kelgan parchalar asosida 
tragediya va komediya mavzulari. Evripid, Menandr, Filemon asar-
laridan olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Ikkinchi Rim shoiri Gney Neviy (m.av. 270–200-y) Andronikdan 
farqli ravishda Rim halqining turmushini yaxshi bilgan (Kampani-
yada tug‘ilgan), ikkinchi Pun urushi ishtirokchisi edi. 
Neviy ijodining cho‘qqisi – “Pun urushi” dostonidir. Dos-
ton yaqinda bo‘lib o‘tgan birinchi Karfagen urushi voqealariga 
bag‘ishlangan. Biroq asarda, xuddi Homer dostonlarida bo‘lgani 
kabi, real tarixiy hodisalar mifologik afsonalar bilan chatishgan 
holda tasvir etiladi. Jangnomaning boshlanishida o‘t ichida qolgan 
va halokatga mahkum etilgan Troya shahrini ko‘ramiz. Ulug‘ qah-
ramon Eney ma’budlarning amri bilan o‘z yurtini tashlab ketishga 
majbur bo‘ladi. Dengiz safarining og‘ir mashaqqatlarini yengib, qa-
hramonning Karfagen shahriga, malika Didona huzuriga qarab yo‘l 
olishlari va, nihoyat, Eneyning avlodi Romul tomonidan Rimning 
barpo etilishi – asar davomida mufassal tasvirlanadi. Shunday qilib, 
Rim xalqining troyaliklardan tarqalganligi haqidagi rivoyatga birin-
chi marta badiiy tus bergan shoir Gney Neviydir. 
Dastlabki Rim shoirlari orasida eng yirigi Kvint Enniy (239–169 
yy.) bo‘lgan.
Enniy o‘z ijodining boshlang‘ich davrlarida Liviy Andronik 
hamda Neviy yo‘llarini davom ettirib, asosan, yunon komediyasi va 
tragediyalarini lotin sharoitiga moslashtirish bilan shug‘ullangan.
Enniy o‘zining o‘tkir poetik mahoratini “Annallar” (“Solnoma-
lar”) dostonoida yana ham kengroq namoyish qilgan. 60 ming mis-
radan iborat 18 bobli (bizga qadar uning 1200 misrasi yetib kelgan) 
salmoqdor bu asar Eneyning Troyani tashlab qochishidan boshlanib, 
to shoirning zamonasiga qadar davom etgan butun, Rim tarixini o‘z 
ichiga oladi.
“Annallar”ning muallifi Rim elining ikkinchi Homeri bo‘lish or-
zusida ekanligini izhor qiladi. Enniy, darhaqiqat, Homer dostonlari 


74
usulidan epitetlar, o‘xshatishlar va boshqa poetik vositalardan katta 
ustalik bilan foydalanib, ko‘zlagan maqsadlariga erishishda ajoyib 
muvaffaqiyatlar qozonadi. Biroq Enniy o‘zining dostonchilik janriga 
kiritgan bu yangiliklari bilan cheklanib qolmasdan, lotin she’riyati 
qurilishini ham tubdan o‘zgartirib, eski saturn vaznini yunon gekza-
metri bilan almashtiradi. Birinchi marta Enniy tomonidan joriy etil-
gan bu islohot, Rim poeziyasining kelgusi taraqqiyoti yo‘lida judda 
katta imkoniyatlar tug‘diradi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling