O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Plavt ijodi. Plavt (tax. m.o. 250–184-y)


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Plavt ijodi. Plavt (tax. m.o. 250–184-y) Rimning ulug‘ komedi-
yanavisi Tit Makk Plavt Italiyaning Umbriya viloyatida tug‘iladi. 
Uning hayotiga doir ma’lumotlar juda oz. Kambag‘al oilada dun-
yoga kelgan shoir, yoshligida Rimga kelgan va teatrda sahna ish-
chisi bo‘lib ishni boshlab, keyinchalik o‘z kuchini akterlik maho-
rati bo‘yicha sinab ko‘rgan. Sayyor teatr bilan Yunoniston safarida 
bo‘lib, yunon tilini o‘zlashtirgan va yunon mualliflarining pyesalari-
ni lotin tiliga o‘girgan, shundan so‘ng o‘zi ham komediyalar yozish-
ga kirishgan. U o‘zining aksariyat asarlarida bizgacha yetib kel-
magan yunon komediyalarining syujet va obrazlaridan foydalangan
ularni Rim hayotidan olingan voqealar hamda detallar bilan boyit-
gan. Plavt o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning(Andronik, Neviy, 
Enniy) usullarini davom ettirib, o‘z ijodida muttasil yangi yunon 
komediyasi vakillarining(Felimon, Difil, Menandr) asarlarini Rim 
sahnasiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Yunon komediyalarini 
Rim jamiyatining keng ommasi didiga moslashtirish maqsadida u 
kontaminatsiya usulidan keng foydalanib, mazmun jihatidan bir-bi-
riga yaqin ikkita pyesani birlashtirib yuboradi va yo‘l-yo‘lakay asar 
to‘qimasiga o‘zidan qiziq-qiziq iboralar, maroqli hodisalar kiritib
dramatik xolatlarning keskin, voqealarning o‘ynoqi bo‘lishiga eri-
shadi.
Plavt komediyalaridagi voqealar yunon shaharlarida bo‘lib o‘tib, 
ismlari ham yunoncha bo‘lsada, Rim tomoshabini o‘zini, urf-odat-
larini va axloqini har doim tanigan. Qadim zamonlarda yuzdan ortiq 
komediyani Plavt nomi bilan bog‘lab kelganlar. Ammo miloddan 


75
oldingi I asrda Rim olimi Varron shulardan faqat yigirma bittasini 
Plavt qo‘li bilan yozganligini aniqlaydi.
Plavt komediyalari juda kulgili, ular qiziqarli sahnalar, hazillar, 
zukko va quvnoq iboralarga boy bo‘lib, asarlarining qahramonlari 
boylar va kambag‘allar, qullar va savdogarlar bo‘lgan. Ularning har 
biri o‘z xarakteri va o‘ziga xos hulq-atvoriga ega edi.
Plavtning eng o‘tkir va maroqli asarlari “Maqtanchoq jangchi”, 
“Xumcha”, “Psevdol( “Aldamchi qul”)” komediyalaridir. Plavt o‘z 
faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng 
muhimi, asarlarining deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan bi-
rinchi Rim komediyanavis shoiridir. Uning she’riyat bobidagi ma-
horati yuksak tahsinga sazovor. Shoirning asarlarida hech qachon 
bir vazndagi o‘lchov uchramaydi. Sahna sirlarini nihoyatda chuqur 
bilish ham Plavtning muhim fazilatlaridandir.
“Xumcha” komediyasidan ruhlangan XVII asr fransuz dramatur-
gi Molyer “Xasis” komediyasini yaratdi. “Xumcha” komediyasining 
qahramoni xasis Yevklion obraziga o‘xshash personajlarni ko‘plab 
yozuvchilarning asarlarida uchratish mumkin – fransuz yozuvchisi 
Balzakda( “Gobsek”), ingliz yozuvchisi Ch.Dikkensda( “Nasrdagi 
Rojdestvo qo‘shig‘i”dagi Skruj), rus yozuvchisi Gogolda( “O‘lik 
jonlar”dagi Plyushkin), o‘zbek adiblaridan S.Ayniyning Qori Ish-
kambasi, A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani qahramon-
laridan biri Solih maxdum, S.Ahmadning “Ufq” romanidagi Orif 
oqsoqollar shular jumlasidandir.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling