O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

b) B.Shou ijtimoiy dramalari.
3. Modernizm. Modernizm tarixi va taraqqiyot bosqichlari
yo‘nalishlari:
a) M.Prust. Vaqt haqidagi doston; 
b) Modernizm va Kafka ijodi;
s) J.P.Sartr va ekzistensializm.
4. A.Kamyu va absurd falsafasi.
5. A.de Sent –Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari.
Tayanch so‘z va iboralar: O.Kont, I.Ten: pozitivizm falsafasi; 
E.Zolya: aka-uka Gonkurlar, dekadent, naturalizm, impressionizm, 
simvolizm, ijtimoiy drama, modernizm, F.Kafka, J.P.Sartr: ekzisten-
sializm; A.Kamyu: absurd falsafasi; Sent –Ekzyuperi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida bir qancha G‘arbiy Ovrupa 
mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yangi iqtisodiy, siyosiy 
o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazdi. Monopolistik birlashmalar paydo 
bo‘la boshladi. Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSh davlatlari 
Afrika, Osiyo va Tinch okeani havzasida bosqinchilik urush siyo-
satini olib bordi. Moliyaviy kapital salmog‘i ortib bordi. Yyyetakchi 
kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ziddiyatlar oxir-oqibat 


214
Birinchi jahon urushiga olib keldi. Shu bilan birga bu davr sinfiy 
ziddiyatlarning kuchayishi, ishchilar harakatining jonlanishi, kasaba 
uyushmalarni tashkil etishga bo‘lgan harakatlar bilan xarakterlanadi.
XX asr boshlaridagi adabiy jarayonlar ham murakkab sharoitda 
rivojlandi. Ko‘plab G‘arb mamlakatlari adabiyotida XIX asr oxiri 
XX asr boshlarida tanqidiy realizm asosiy yo‘nalishlardan biri edi. 
Ushbu yo‘nalish taraqqiyoti mamlakatlarning o‘ziga xos rivojlanish 
yo‘li, milliy xususiyatlari bilan belgilanadi. Fransiya, Angliya kabi 
mamlakatlarda tanqidiy realizm XIX asr adabiyotidagi klassik real-
izm an’analarini davom ettirgan bo‘lsa, bir qator mamlakatlar, jum-
ladan, AQSh va Lotin Amerikasi adabiyotida u romantizm negizida 
shakllandi. Realist yozuvchilar ijodida ijtimoiy tengsizlik, mavjud 
tuzumni tanqid qilish va ziyolilarning jamiyatdagi o‘rni masalalari 
asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Ular o‘ziga xos tasvir usullaridan unumli 
foydalandilar. Masalan, Haynrix Mann ijodida hajv-grotesk kuchli 
bo‘lsa, Marten dyu Gar, Tomas Mann asarlarida chuqur psixologik 
tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya, piching bo‘rtib 
turadi. Tanqidiy realistlar ijtimoiy-psixologik roman, ijtimoiy-psix-
ologik drama, ilmiy-fantastik, ijtimoiy-utopik, tarixiy roman, drama 
janrlarida barakali ijod qildilar.
Realistik adabiyot o‘zida yangi, murakkab unsurlarni mujassa-
mlashtirdi. Siyosiy g‘oyalar T.Drayzer, E.Sinkler, B.Brext asarlari 
ijobiy qahramonlarining qiyofasi va badiiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazgan bo‘lsa, D.Dos Passos ijodida shakliy o‘zgartirishga qara-
tilgan intilishlarning natijalari namoyon bo‘ldi. G.Xauptman asar-
larida simvolizm, neoromantizm va realizm unsurlari uyg‘unlashib 
ketgan bo‘lsa, S.Sveyg, L.Feyxtvangerlarga Z.Freyd falsafasi katta 
ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab ijodkorlar ichki monologlardan keng foy-
dalana boshlagan bo‘lsa, ba’zilari bir asarda turli vaqt qatlamlarini 
mujassamlashtirdilar, ong oqimini qo‘lladilar.
She’riyatda poetik lug‘atni yangilash borasida izlanishlar davom 
ettirildi, psixologizm yanada chuqurlashtirildi, she’rga nasr unsurla-
rini olib kirish jarayoni namoyon bo‘ldi. XIX asrning 60–70-yillarida 


215
Fransiyada paydo bo‘lgan naturalizm (“natura” lot. – tabiat) asr oxiri 
va XX asrning boshlaridagi adabiy jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
Naturalizm negizida Ogyust Kont, Ippolit Ten, Gerbert Spenserning 
pozitivizm (pozitivizm falsafasida: hamma haqiqiy, pozitiv bilimlar 
aniq fanlarning mahsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera ol-
maydi, shuning uchun uning keragi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan 
sub’ektiv idealistik oqim) falsafasi va estetikasi yotadi. Kont pozi-
tivizm falsafasi yordamida fan yutuqlarini o‘rganishga, uni hamma 
narsadan yuqori qo‘yishga intilgan va faktlarga suyangan holda ijod-
kor oldida turgan asosiy masala faqat voqealarni qayd etishdan ibo-
rat, deb ko‘rsatgan. Uning “ijtimoiy hodisa insoniy hodisa sifatida, 
fiziologik hodisa qatoriga qo‘shilishi kerak” degan tezisi, fiziologik 
omilni ustun qilib qo‘yadi. Ippolit Tenning “irq, muhit va vaqt” tez-
isi ham Kont ta’limotiga asoslangan. Kont pozitivizmi zamonninng 
tarixiy, badiiy-estetik qarashlariga, ayniqsa, naturalizm adabiyotiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi. Fransiyada aka-uka Edmon (1822–1896) va 
Jyul (1830–1870) Gonkurlar, E.Zolya, K.Gyuisman singari vakillari 
bo‘lgan ushbu adabiy yo‘nalish keyinchalik Germaniya, Angliya, 
AQShda keng tarqaldi. Zolyaning fikricha, yozuvchi kuzatuvchi, 
ya’ni tajribachidir. San’atkor asosiy diqqat e’tiborini turmush qan-
day bo‘lsa, uni o‘sha holatda berishga, ya’ni olim sifatida dalillarni 
o‘rganish va ularni tasvirlashga, ayniqsa, inson xulq-atvorini pa-
tologiya bilan bog‘liq holda tadqiq etishga qaratishi kerak. Gonkur-
larning “Jermini Lyaserte”, “Aka-uka Zemganno”, Zolyaning “Tu-
zoq”, “Hamal” romanlarida naturalizm estetikasi o‘z amaliy ifoda-
sini topdi.
Naturalistlar tabiat qonuniyatlarini insonlar jamiyatiga tatbiq 
etib, insonlar va boshqa tirik organizmlar o‘rtasida hech qanday farq 
yo‘q, degan g‘oyani ilgari surdilar. Hayotda hamma yashash uchun 
kurash olib boradi, shunday ekan, hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy tan-
lash qonuniyatiga insonlar ham bo‘ysunadilar. Naturalistlar inson-
ning shakllanishida muhit va irsiyatning ta’siri katta deb bilib, inson 
hayot oqimiga qarshi turishga ojiz, degan xulosaga keladilar. Pozi-


216
tivistlar adabiyot, san’at, ijtimoiy fanlar, matematika, fizika, kimyo, 
biologiya kabi aniq fanlardan farqlanmaydi, shuning uchun ularni 
o‘rganishda bir xil mezonlardan, ya’ni ilmiy uslub, tajribalardan 
foydalanish zarur, degan fikrda bo‘lganlar. Emil Zolya (1840–1902) 
adabiyotda naturalizm nazariyasini ishlab chiqdi (“Eksperimental 
roman”, 1879). 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling