O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
jaxon adabiyati songisi
bo‘lmaydi deb, butun e’tiborni botinga qaratadi. Inson real hayotda
emas, balki xayolidagina baxtli bo‘la oladi, degan qarash modern- izmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi, deyiladi ayrim fundamental manbalarda. Ispan esteti va faylasufi O.I.Gasset yangi san’at, ya’ni modern san’ati odamlarni ikkiga bo‘lib tashladi – uni tushunadiganlar va tushunmaydiganlarga. Tushunadiganlar kamchilikni tashkil qiladi, tushunmaydiganlar esa yangi san’atni yomon ko‘radi, deydi. Uning fikricha, bu san’atning mohiyati in- son e’tiborini tashqaridan olib, 180 S ga burib, o‘z ichki olamiga qaratdi, 41 deydi. Ilgari adabiyot tashqarini erinmay ta’riflab chiqa- rdi, bugun esa u qiziq bo‘lmay qoldi, inson uchun uning o‘z ko‘ngli qiziq. Realizm borliqni aks ettirsa, modernizm yangi reallik yarata- man, deydi. Chunki mavjud reallikni tuzatib bo‘lmaydi, deb hiso- blaydi. Modernizm olamni xaos deb bildi va undan qochdi. Tashqi dunyoda go‘zallik yo‘q, uni botindan qidirish kerak, deb bildi. Shu bilan birga, antropotsentrik gumanizmni, ya’ni insonga mu- habbatni yoqlab chiqdi. Demak, modernizm deganimiz to‘qlikka sho‘xlikdan atayin o‘ylab topilgan metod bo‘lmay, bashariyatning uzun taraqqiyot yo‘lida tarixiy-siyosiy evrilishlar natijasida inson ko‘nglida paydo bo‘lgan ruhiy-ma’naviy inqiroz bilan bog‘liq hol – kayfiyat bo‘lib, bu hol o‘zgaruvchandir. Binobarin, modernizmni sig‘inarchasiga ko‘klarga ko‘tarishning, unga mubtalo bo‘lishning ham hech bir ma’nosi yo‘q. Zero, bugungi kun insoni ko‘nglida ertaga tamomila o‘zgacha hollar paydo bo‘lishi tabiiy. Masalan, modernizmdan so‘ng maydonga postmodenizm tushdi. Boz ustiga, postmodernizmning ham umri sob bo‘lgani haqida dunyo olimlari jiddiy bir tarzda mulohaza yuritishmoqda 42 . Hatto san’atu adabiyot 41 Normatov U., Hamdam U. Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji. Suhbat. – T.: Jahon adabiyoti, 2001. 42 Гассет O. Дегуманизация искуссва. – М.: Радуга, 1991. 258 allaqachon “astro davri”ga qadam bosgan dunyoda yangi yo‘l qidi- rayapti, degan fikrlar o‘rtaga tashlanmoqda. Rus olimi, akademik Yu. Borev bo‘lsa, insoniyat birinchi marta yo‘lsiz, paradigmasiz qoldi, degan fikrni o‘rtaga tashladi. Endi bu vaqt masalasidir. Voqe- likni hamma joyda bir xil idrok etish mumkin emas. Chunki tarixiy- ijtimoiy formatsiyalar hamma joyda har xil kechadi. Uning davri ham, sifat darajasi ham farqlanadi. Shu ma’noda dunyoda hech bir olim modernizmni “insoniyatning doimiy kayfiyatidir”, degan iddao bilan chiqa olmaydi. Modernizm ham tug‘ildi va hamma oqimlar kabi o‘z o‘rnini insoniyatning navbatdagi dunyoqarashiyu kayfiyat- ini ifodalovchi yo‘nalishga bo‘shatib ber(a)di. Ko‘rinadiki, “izm”lar jamiyatlarning o‘zgarib-almashib turuvchi kayfiyatlarining san’atu adabiyotdagi aksi ekan. Modernizm haqida gap ketganda, ta’kidlab aytish joizki, u na- faqat adabiy hodisa, ayni paytda, inson faoliyatining juda ko‘p qir- ralarini qamrab olgan bo‘lib, rassomchilik, haykaltaroshlik, arxitek- tura, dizayn kabi sohalarda ham o‘zini namoyish etdi. Hatto modern- izmning san’atdagi ilq qadamlari tasviriy san’at bilan bog‘liq. Rus olimi Aleksandr Genisning “XX asrning yetakchi uslubi” 43 nomli maqolasi va ulkan ruhiyatshunos olim K. G. Yungning “Pikasso” 44 deb atalgan essesidan modernizm haqidagi savollarning ayrimlariga javob topish mumkin. Genis yozadi: “Tarix vaqt bilan hisoblash- maydi, biroq bizlar solnomaga nazar solmay ish yurita olmaymiz. Ortga nazar tashlar ekanmiz, modernizm tarixning qaysi pallasidan boshlanganini bilib olamiz. Londondagi mashhur ikki badiiy muzey jamoasi yaqinda ana shunday muammoga duch keldi. Ular o‘z xa- zinalaridagi san’at asarlarini o‘zaro taqsimlab olishlariga to‘g‘ri keldi: natijada Milliy galereyaga mumtoz tasviriy san’at asarlari, Teyt galereyasiga esa zamonaviy ijodkorlarning asarlari nasib etdi. Bu borada 1900-yil chegara chizig‘i vazifasini o‘tadi. Bu chegara 43 Bu haqda Rossiyaning “Литературная газета”sida qator bahslar uyushtirildi (2012). 44 XX asrning yetakchi uslubi. Jahon adabiyoti. – T.: 2001 yil, noyabr. 259 chizig‘i har qancha bahsli va shartli bo‘lmasin, nafaqat taqvimiy, balki mantiqiy haqiqatga yaqinligi bilan ham e’tiborni tortadi. Biz modernizmni o‘tgan asr bilan tengdosh hisoblay turib, ham tarixan, ham badiiy jihatdan adolatli ish tutgan bo‘lamiz”. Modernizmning mohiyati haqida fikr yuritarkan, olim modern- izmgacha san’atda vositalargina o‘zgartirib kelingan bo‘lsa, modern- izm “tadqiq qilinayotgan ob’ektning o‘zini tamomila yangilagani”ni ta’kidlaydi. “Nitsshening “hech qanday faktlar mavjud emas, balki ularning talqini, in’ikosigina bor” degan aqidasini dastak qilib olgan modernizm muallifning tasavvuridagina mavjud voqelikning turli talqinlari, dunyoni turli sub’ektivizmlarning kurash maydoni sifa- tida aks ettira boshladi”, deb yozadi yana A. Genis. Yung esa, modernistik san’at mohiyatida ruhiy xastalikni ko‘radi. U bunday xastalikka chalingan kishilarni ikki guruhga ajratadi: «Bu- lar nevrotiklar va shizofreniklar. Birinchi guruhga mansub (kishilar) sintetik xarakterdagi kuchli va yaxlit tuyg‘uga yo‘g‘rilgan suratlar chizishadi... Ikkinchi guruh, aksincha, shunday suratlar chizadiki, bu suratlar ularning mualliflariga hissiyot begona ekanini ko‘rsatib turadi. Ular har handay hollarda yaxlit uyg‘un tuyg‘uni emas, bal- ki, aksincha, qarama-qarshi kechinmalarni yoki ularning umuman yo‘qligini ifodalaydi. Bu suratlarning badiiy shaklida esa siniq chiziqlarda aks etgan tanazzul, inqiroz kayfiyati ustuvorlik qiladi va bu o‘z navbatida ijodkorning ruhan bo‘linganini, ya’ni o‘zini boshqa odam, deb fahmlashini bildiradi. Suratlar tomashabinga yoqmaydi yoki aqlga to‘g‘ri kelmaydi, tajovuzkor ruhdaligi va beo‘xshov nosamimiyligi bilan unda qo‘rqinchli taassurot qoldiradi. Pikasso ana shu ruhiy (psixologik) tipga mansub» 45 Bunday qarash modernizmning kelib chiqishida ijtimoiy-psix- ologik faktorning dominant mohiyatiga urg‘u beradi. Chindanam, XX asrga kelib insonning turmush tarzi sivilizatsiya natijasida misli ko‘rilmagan darajada o‘zgardi, murakkablashdi, odamlarning o‘zaro ruhiy-ma’naviy muloqotda bo‘lishiga putur yetdi – kamaydi, bun- 45 O‘sha manba. 260 day ehtiyoj – ruhiy muloqot ehtiyoji insonning ichiga hibs etildi. Tashqaridan kutilgan baxt, najot ikkita Jahon urushi oqibatida sarob- ga aylandi. Natijada inson o‘z ehtiyojlari bilan yolg‘iz qoldi. Mod- ernizmning ruhiy-psixologik asosi shu nuqtadan boshlanadi. Darhaqiqat, insoniyat hayotiga modern ruhning kirib kelishi as- rlar davomida shakllanib-turg‘unlashib qolgan dunyoqarashni os- tin-ustin qilib yubordi. Modernizm shunday mohiyatga ega ediki, u eng an’anaviy, eng mumtoz shakllar, tushunchalar bag‘riga ham hech tortinmay, ikkilanmay yorib kirdi. Ularni inkor etib, o‘zining yangi qadriyatlarini ilgari surdi. Modernizm bu – XX asrga kelib, in- soniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’naviy sohadagi yoppa taraqqiyoti tufayli onglarda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarish – tafakkur tarzdagi yangi bosqich. U ma’lum muddat davrning umumiy, universal kayfiyati darajasiga chiqdi. U realizm- ga qarshi emas, balki realizm zaminida (materialida) barpo etilgan zamonaviylikning yangi qasri bo‘lib dunyoga keldi, yashadi. Modernizm haqida so‘z borganda, uning o‘zak muammolarini qa- mrab olgan quyidagi masalalar mazmun-mohityatini tushunib olish lozim bo‘ladi. Modernizm va mifologiya munosabatlari, modernizm yo‘nalishlari hisoblangan ekspressionizm, dadaizm, kubizm, futurizm, abstraksionizm, syurrealizm kabi oqimlar, elitar(xos) san’at, “san’at san’at uchun” tamoyili, Joys, Kafka, Prust, Bekket kabi g‘arb yozuvchi va dramaturglarining ijodi, Sartr ekzistensializmi, Kamyu absurd falsa- fasi, modernizm va XX asr Sharq adabiyoti kabi masalalar mohiyatini anglash modernizm haqidagi tushunchalarimizni ancha tiniqlashtiradi. Quyida ana shu masalalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz: Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling