O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
jaxon adabiyati songisi
Prosper Merime (1803–1870) – fransuz tanqidiy realizmining
yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi romantizm harakati bilan hamohang rivojlandi. Bo‘lajak yozuvchi Parij shahrida, badav- lat oilada tavallud topdi. Litseyni tugatgach, Parij universitetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. Yosh Merimening qiziqish doirasi va estetik qarashlari erta shak- llandi. U yoshligidan katta qiziqish bilan Shekspir va Bayron asar- larini asliyatda o‘qidi. Stendal ijodi yosh Merime dunyoqarashining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘n olti yoshida do‘sti Jak Lui Amper (buyuk fizik olimning o‘g‘li) bilan hamkorlikda ingliz pre- dromantizmining vakili D.Makfersonning “Ossianning qo‘shig‘i” asarini tarjima qildi. 196 Prosper Merimening birinchi nashr qilingan asari – “Klara Gusel teatri” (1825) to‘plami bo‘lib, u san’atning yangi tamoyillarini joriy qilib, klassitsizm qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan. U adabiyotga dramaturg sifatida kirib keldi va klassitsizm san’atining tayanchi bo‘lgan teatrga daxl qildi. “Klara Gusel teatri” – yozuvchi erkin ijod qilishi, turg‘un bo‘lib qolgan qoidalarga rioya qilmasligi mumkin- ligini isbotlab berdi P.Merimega dramaturgiyaning yangi turini yaratishda Uyg‘onish davri ispan teatri yordam berdi. “Ispanlar Daniyada” pyesasin- ing muqaddimasida personajlardan biri sifatida tasvirlangan Klara Gusel klassitsizmga istehzoli tavsif berib, “Pyesa haqida fikr yurit- ganda, ba’zilar suiqasd uyushtirish uchun, ba’zilar qotilning qo‘lida halok bo‘lish uchun, yana birlari kimningdir murdasi yonida o‘z jo- niga qasd qilish uchun voqealar bir kunda sodir bo‘lyaptimi, barcha ishtirokchilar bitta joyda paydo bo‘lyaptimi, bularni bilish juda ham muhim emas”, – deydi. Shuning uchun to‘plamga kiritilgan pyesala- rda hech qanday birliklarga rioya qilinmagan, ularda na besh aktli kompozitsiyalar, va na ierarxiyaga rioya qilinadi. Pyesalarning erkin kompozitsion qurilishi klassitsizm dramalaridagi izchillikni buzdi; pyesalar she’rda emas, nasrda yozildi; personajlar mavhum ab- strakt nasihatgo‘ylik bilan shug‘ullanmay, tom ma’noda harakatda bo‘ldilar; komediyalarning syujeti taqdir o‘yini bilan emas, balki in- soniy his-tuyg‘ular, ular taqdirlarining to‘qnashuvi bilan belgilandi. 1827-yili chop etilgan “Gyuzla, yoki Dalmatsiya, Bosniya, Xor- vatiya va Gersegovinada yozib olingan illiriy qo‘shiqlari to‘plami”da slavyan xalqlari hayoti haqqoniy yoritib berilgan. Bu kitob muallif- dan qunt bilan ishlashni, filologiya, tarix va etnografiyaga oid bilim- larni talab qildi. To‘plamga kiritilgan prozaik qo‘shiqlar katta shuh- rat qozondi. Ularning muallifi slavyan xalqlari ekaniga, Mitskevich va Pushkinlar ham ishonishdi (aslida qo‘shiqlarni Merimening o‘zi yozgan edi). Tarix sinovlaridan mardonavor o‘tgan xalq mavzusiga yozuvchi “Jakeriya” (1828) dramatik solnomasida ham murojaat qildi. Drama 197 syujetiga 1358-yilgi dehqonlar qo‘zg‘aloni asos bo‘ldi. Drama shun- day qurilganki, unda bir vaqtning o‘zida klassitsizm qoidalari bilan bahs-munozarani ham payqash mumkin (hodisalar joyi ko‘p marta o‘zgartiriladi: chuqur jarlik, gotika zali, qishloq maydoni, o‘rmon chetidagi yo‘llar, isyonchilarning ichkari hovlisi va h.k. va zamon va harakat birligining yo‘qligi, shuningdek zodagonlar oilasidan bo‘lgan ideal qahramonning bo‘lmasligi). Dramada romantik pyesalarda bo‘lgani kabi, o‘zining ichki va tashqi erki uchun kurashuvchi ideal qahramon yo‘q. Uni na de- hqonlar va na oqsuyaklar orasidan topib bo‘lmaydi. Merimening dehqonlari – ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini anglashga qodir bo‘lmagan johil odamlar. Albatta ular orasida ham jasur va oliyjanob odamlar topiladi, masalan, o‘z singlisining o‘limi uchun qasd olgan Reno, feodal Apremon garovga olgan begunoh odamlarni jazola- masligi uchun ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ladi. Merime “Karl IX saltanatining yilnomasi”(1829) romanida yana bir bor fransuz milliy tarixidagi muhim davrga murojaat qiladi. Yozuvchi o‘zining asosiy vazifasi o‘tmish davr kishilarining xu- susiy hayotini ko‘rsatish, “bu davrning xulq-atvori, urf-odatlarini haqqoniy, ishonarli qilib tasvirlashda”, deb hisoblaydi. Uning fikri- cha, Varfolomey tunida sodir etilgan dahshatli fojeaning ildizlarini, avvalo, diniy mutaassiblik ruhida tarbiyalangan parijliklarning aql yo‘nalishidan qidirish kerak. Muallifning ushbu konsepsiyasi asar personajlarini realistik tasvirlash, tarixiy manbani tanlash, roman- ning kompozitsion qurilishini belgilaydi. O‘z novellalarida Merime murakkab vazifani hal qiladi: birgina voqea orqali butun xalqning tarixini, o‘zga davrlarni ko‘rsatish. Un- ing “Mateo Falkone” (1829) hikoyasi novellestik mahoratning shoh asari hisoblanadi. Novellaning markaziy voqeasi – sotqinlik qilgan o‘g‘ilning ota tomonidan o‘ldirilishi. Fortunatoga otasi tomonidan chiqarilgan hukm, Mateoning oila sha’ni haqidagi tasavvurining bo‘rttirib ko‘rsatilshi emas. Novellaning boshqa qahramonlari ham axloq qoidalarini shunday tushunishadi. Hattoki, qattiq qayg‘uga 198 tushgan Fortunatoning onasi Juzeppa ham erini haq ekaniga is- honadi. Hikoyaning prozaik ohangi, korsikaliklarning urf-odatlari, irodali va jasur qahramonning fojeadan oldingi hayoti – bularning hammasi o‘ziga xos ma’naviy muhitni yaratadi. Korsikaliklar hayo- tiga bag‘ishlangan “Kolomba” (1840) novellasida ham o‘z o‘lkasi va uning odatlari bilan aloqani uzmagan odamlar uchun vendetta (Korsika orolida qonga qon bilan o‘ch olish) bo‘lishi muqarrar va tabiiy tuyuladi. Sevish va nafratlanishni biluvchi, kuchli va irodali (Kolomba, Mateo Falkone) qahramonlar Merimega yaqin. U ularning shafqa- tsizligi, nodonligi, tiyiqsizligi, sho‘rtumshuqligini ko‘rsatishi mumkin, biroq qoralamaydi. O‘zlarini madaniyatdan bahramand bo‘lganmiz, deb hisoblaydigan qahramonlar esa, aksincha, joziba- sini yo‘qotganday. “Tamango” (1829) novellasida ikki dunyo, ikki qahramon – qora tanli jangchi Tamango va kapitan Ledu qarama- qarshi qo‘yiladi. Mohiyatan har ikkisi ham bir xil vazifa – “qora da- raxtni” sotish bilan shug‘ullanadi, biroq ularning obrazlari struktura jihatdan bir-biriga mos kelmaydi. Tamango o‘z qabiladoshlariga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lsa-da, ular orasida qad- imdan shakllangan urf-odatga mos keladi. Leduning xuddi shunday faoliyati esa axloq-odob doirasida “yuz chandon ortiqroq darajada jinoyatkorona”, chunki uning shafqatsizligi zamirida faqatgina mod- diy manfaat yotadi. Kapitan Ledu haqida gapirganda, Merimening sokin hikoya qilish ohangida achchiq kinoya seziladi. Axir aynan kapitan qora tanlilar uchun birinchi bo‘lib qo‘lkishan va zanjirlarn- ing yangi sistemasini qo‘llaydi, u palubalar orasidagi xonalarni faqa- tgina bir maqsadda – qullarni ko‘proq joylashtirish uchun qayta jiho- zlaydi. Ledu boshqargan kemaning romantik nomlanishi (“Umid”), uning insonparvarlik haqidagi balandparvoz safsatasi uning portret chizgilariga yakun yasaydi. Ovrupa madaniyati “shak-shubhasiz ustunlikka” erishdi, chunki u qora tanlilarga bo‘yinbog‘ taqishni o‘rganib oldi, deb qayd qiladi Merime. 199 Zodagonlarning ma’naviy qashshoq hayotiga bag‘ishlangan no- vellalar orasida “Qo‘shaloq xato (1833)” va “Arsena Giyo” (1844) alohida ajralib turadi. So‘nggi novellada zodagon ayolga buzuq ayol- ni qarama-qarshi qo‘yishga jur’at qiladi va Arsenaning ma’naviy af- zalligini ko‘rsatadi. 1830-yilgi inqilobdan keyin Merimening badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishi birmuncha so‘nadi. Bu davrda u asosan tarix, arxeologiya, san’atshunoslikka oid asarlar yaratadi. 1848-yil inqilobidan keyin esa, deyarli hech narsa yozmaydi. O‘limidan bir yil oldingina uning “Lokis” novellasi chop etildi. . Yangi davr realizmining xususiyatlari atoqli yozuvchi G.Flober Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling