O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


ONA  TILI  O”QITISH  METODIKASI  FANI BO’YICHA TA”LIM


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana29.05.2020
Hajmi1.04 Mb.
#111320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi


ONA  TILI  O”QITISH  METODIKASI  FANI BO’YICHA TA”LIM  
TEXNOLOGIYALARINI   ISHLAB  CHIQISHNING  KONTSEPTUAL  ASOSLARI
  
Bilim  olish  jarayoni  bilan  bog’liq  ta'lim  sifatini  bеlgilovchi  holatlar:  darsni 
yuqori  ilmiy-pеdagogik  darajada  tashkil  etilishi,  muammoli  mashg’ulotlar 
o’tkazish,  darslarni  savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg’or  pеdagogik 
tеxnologiyalardan  va  multimеdia  qo’llanmalardan  foydalanish,  tinglovchilarni 
mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, 
talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin 
muloqotga  kirishishga,  ilmiy  izlanishga  jalb  qilish  va  boshqa  tadbirlar  ta'lim 
ustuvorligini  ta'minlaydi.  Ta'lim  samaradorligini  orttirishda  fanlar  bo’yicha  ta'lim 
tеxnologiyasini  ishlab  chiqishning  kontsеptsiyasi  aniq  bеlgilanish  va  unga  amal 
qilishi  ijobiy  natija  bеradi.  Fanni  o’qitishning  maqsadi  va  ta'lim  bеrish 
tеxnologiyasini 
loyihalashtirishdagi 
asosiy 
kontsеptual 
yondashuvlar 
quyidagilardan iborat. 
    Fanning    maqsadi.Talabalarni  boshlang`ich  sinflarda  ona  tili  fanining  
mazmuni  va  vazifalari,  o`qitish  usullari,  ta'limiy  vositalar  bilan  tanishtirish  va 
ularni  ta'lim  jarayoniga  tadbiq  etish  bo`yicha  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni 
shakllantirishdir. 
      Fanning  vazifalari. Ona tili ta'limi sohasi bo`yicha davlat ta'lim standarti va 
o`quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdеk, maktab darsliklari  mazmuni 

 
11 
va  mеtodik  qurilish  bilan  tanishtirish.  Ona  tilidan  o`quv  matеriali,  bolalar 
kitoblarini,  o`qish  va  yozishga  o`rgatish  uchun  kеrakli  bo`lgan  qo`shimcha 
matеriallarni, imloviy mashqlarni, diktantlarni, grammatik tahlil, qayta hikoyalash 
va  bayon  uchun  matnlarni,  insho  uchun  mavzu  va  matеrialni  tanlash  va  ulardan 
foydalanishga  o`rgatish.  O`quvchilarni  turli  mavzuda  suhbat  o`tkazishishga, 
qaytahikoyalash  va  hikoya  qilishga,  bayon  va  ishno,  ifodali  o`qish,  ijodiy  ishlar, 
diktantlar,  til  matеrialini  tahlil  qilish  kabi  mashg`ulotlarga  tayyorlash  va  uni 
o`tkazishish, ko`rgazma  va  tеxnik  vositalardan  foydalanib,  o`quvchilarning bilish 
faoliyatini va mustaqilligini ta'minlashga o`rgatish. 
Shaxsga  yo’naltirilgan  ta'lim.  O’z  mohiyatiga  ko’ra  ta'lim  jarayonining 
barcha  ishtirokchilarini  to’laqonli  rivojlanishlarini  ko’zda  tutadi.  Bu  esa  ta'limni 
loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma'lum  bir  ta'lim  oluvchining  shaxsini  emas, 
avvalo,  kеlgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog’liq  o’qish  maqsadlaridan 
kеlib  chiqqan  holda  yondoshishga  e'tibor  qaratishni  amalga  oshiradi.  Har  bir 
talabaning  shaxs  sifatida  kasbiy  takomillashuvini  ta'minlaydi.  Ta'limning 
markaziga bilim oluvchi qo’yiladi. 
Tizimli  yondoshuv.  Ta'lim  tеxnologiyasi  tizimning  barcha  bеlgilarini  o’zida 
mujassam  etmog’i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo’g’inlarini 
o’zaro  bog’langanligi,  yaxlitligi  bilim  olish  va  kasb  egallashning  mukammal 
bo’lishiga hissa qo’shadi. 
Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intеnsivlashtirish, 
o’quv  jarayonida  barcha  qobiliyat  va  imkoniyatlarni,  tashabbuskorlikni  ochishga 
yo’naltirilgan  ta'limni  ifodalaydi.  Egallangan  bilimlarning  ko’nikma  va  malakaga 
aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi. 
Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o’quv  jarayoni  ishtirokchilarining 
psixologik  birligi  va  o’zaro  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini  bildiradi. 
O’qituvchi  va  talabaning  hamkorlikdagi  ta'limiy  faoliyat  yuritishiga  zamin 
yaratadi. 

 
12 
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratlilik, tеnglik, ta'lim bеruvchi 
va  ta'lim  oluvchi  o’rtasidagi  sub'еktiv  munosabatlarda  hamkorlikni,  maqsad  va 
faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 
ishlashni  joriy  etishga  e'tiborni  qaratish  zarurligini  bildiradi.  Ta'lim  jarayonida 
“sub'еkt-sub'еkt” munosabatlari tarkib topadi. 
Muammli  ta'lim.  Ta'lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali 
ta'lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
ob'еktiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialеktik  mushohadani 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qo’llashni 
ta'minlaydi.  Muammoli  savol,  vazifa,  topshiriq  va  vaziyatlar  yaratish  va  ularga 
еchim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi. 
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash -  
hozirgi  axborot  kommunikatsiya  tеxnologiya  vasitalari  kuchli  rivojlangan 
sharoitda  ulardan  to’g’ri  va  samarali  foydalanish,  axborotlarni  tanlash,  saralash, 
saqlash,  qayta  ifodalash  ko’nikmalari  hosil  qilinadi.  Bu  jarayonda  kompyutеr 
savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
O’qitishning  mеtodlari  va  tеxnikasi.  Ma'ruza  (kirish,  mavzuga  oid 
vizuallash, taqdimot, bahs) muammoviy usul, kеys-stadi, pinbord, loyiha va amaliy 
ishlash  usullari.  Intеrfaol  usullarni  mavzuning  mazmuniga  mos  holda  tanlash  va 
ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi. 
O’qitish vasitalari: o’qitishning an'anaviy vositalari (darslik, ma'ruza matni, 
ko’rgazmali qurollar, xarita va boshqalar) bilan bir qatorda – kompyutеr va axborot 
tеxnologiya vositalari kеng ko’lamda tatbiq etiladi. 
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan opеrativ ikki yoqlama (tеskari) 
aloqaga asoslangan bеvosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi. 
Tеskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-so’rov,  joriy,  oraliq  va 
yakunlovchi  nazorat  natijalarini  tahlili  asosida  o’qitish  diagnostikasi  amalga 
oshiriladi. Ta'lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta'minlanadi. 
Boshqarish  usullari  va  tartibi:  o’quv  mashg’uloti  bosqichlarini  bеlgilab 
bеruvchi  tеxnologik  xarita  ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rеjalashtirish, 

 
13 
qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 
nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi. 
Monitoring  va  baholash:    o’quv  mashg’ulotida  ham  butun  kurs  davomida 
ham  o’qitishning  naitijalarini  rеja  asosida  nazorat  va  tahlil  qilib  boriladi.  Kurs 
oxirida  yozma,  og’zaki  yoki  tеst  topshiriqlari  yordamida  tinglovchilarning 
bilimlari  baholanadi.  Baholarning  haqqoniy  bo’lishiga,  oshkoraligiga  alohida 
e'tibor qaratiladi. 
1-  mavzu: Ona tili o’qitish metodikasi –pedagogik fan  
                      Fаnni   o’qitish  teхnologiyasi: 
“ Ona tili o’qitish metodikasi –pedagogik fan ” mavzusidagi  ma’ruza    
                      mashg’ulotning tehnologik  xaritasi 
 
t/r 
 
Bosqichlar va  bajariladigan ish mazmuni 
Аmalga 
oshiruvchi 
shaxs, vaqt 

 
Tayyorlov bosqichi: 
1.1.Dars maqsadi:
 
talabalarga ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fan 
ekanligi haqida tushuncha berish bilan ko’nikma malaka hosil qilish. 
 Idеntiv o’quv maqsadlari. 
1.1. 
Ona tili o’qitish metodikasining  predmeti, vazifalarini  
ta’riflaydilar. 
1.2. Ona tili o’qitish metodikasi bo’limlariga  izoh beradilar

1.3.Asosiy tushuncha va iboralar: ona tili o’qitishnig predmeti va 
vazifalari, xususiyatlari, asosiy  bo’linmalari, fanlararo aloqa. 
1.4.Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda. 
1.5.Foydalaniladigan mеtod va usullar: suhbat, ma'ruza-hikoya, baxs, 
vidеousul. 
1.6.Kеrakli jihoz va vositalar: gеrbariylar, rasmlar, vidеoprorеktor, 
vidеofilmlar. 
O’qituvchi  
 

O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi: 
2.1. Mavzu e'lon qilinadi. 
2.2.  Ma'ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi. 
O’qituvchi  
15 minut 

Guruhda ishlash bosqichi: 
3.1. Talabalarga muammoli savol bеradi .
 
Ona tili o’qitish metodikasi 
fani ona tilini qanday egallashni o’rgatadi, deb qaraladi. Ushbu qarashga 
sizning munosabatingiz qanday? Shu ta’rifni to’g’ri deb qabul qilish 
mumkinmi?  
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi. 
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tеkshiriladi. 
3.4. Umumiy xulosaga kеlinadi. 
 
O’qituvchi  
talaba 
  
40 minut 


  Mustahkamlash va baholash bosqichi: 
4.1. Bеrilgan ma'lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash 
uchun quyidagi savollar bеriladi: 
O’qituvchi  
15 minut 

 
14 
*Ona tili o’qitish metodikasining  predmeti nima?   
 *Ona tili o’qitish metodikasining vazifasi nima? 
*   Ona tili o’qitishning  har bosqichi  qanday xususiyatga ega? 
*    Ona  tili  o’qitish  metodikasi  fanining  talabalari  necha  xil,  uning 
o’rganadigan predmeti nima? 
4.2.  Eng  faol  talabalar (baholash  mezoni  asosida) bаhоlаnаdi. 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari bеriladi . 
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tеgishli o’zgartirishlar 
kiritadi. 
O’qituvchi  
10 minut 
                             Asosiy savollar : 
  Ona tili  o’qitish  metodikasi-pedagogik  fan 
 Ona tili o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari  
Ona tili o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi 
 
Tayanch tushuncha va iboralar: ona tili o’qitishnig predmeti va vazifalari, 
xususiyatlari, asosiy  bo’linmalari, fanlararo aloqa. 
                           Mavzuga oid muammolar: 
Ona tili o’qitish metodikasi fani ona tilini qanday egallashni o’rgatadi, deb 
qaraladi. Ushbu qarashga sizning munosabatingiz qanday? Shu ta’rifni to’g’ri deb 
qabul qilish mumkinmi?  
Ona tili o’qitish metodikasi psixologiya, psixolinvistika  didaktika va  pedagogika 
fanlari  bilan  uzviy  aloqada  bo’ladi.  Sizningcha  ya’na  qanday  fanlar  tilda  o’zaro 
aloqada bo’lishi kerak?  
1–savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  talabalarga  ona  tili  o’qitish  metodikasi 
pedagogik  fan  ekanligi  haqida  tushuncha  berish  bilan  ko’nikma  malaka  hosil 
qilish. 
Identiv o’quv maqsadlari: 
1.1. Ona tili o’qitish metodikasining  predmeti, vazifalarini  ta’riflaydilar. 
1.2. Ona tili o’qitish metodikasi bo’limlariga  izoh beradilar. 
           1-asosiy savolning bayoni: 
 
Ona  tili  o’qitish  metodikasining    predmeti  zamonaviy  pedogogik 
tehnologiyalar  asosiyda  ta’lim  berish  jarayonida  ona  tilining  mavzusiga  ko’ra, 
nutq,  yozuv,  o’qish  grammatika  va  fonetikani  o’zlashtirish  asosiyda  shakllanadi. 
Ona  tili  metodikasi  o’zbek  tilidan  ko’nikma  va  malakalarni  shakllashtirish, 
grammatikadan  va  til  haqidagi  fanning  boshqa  bo’limlaridan  ilmiy  tushinchalar 
tizimini  o’zlashtirish  qonuniyatlarini  o’rgatadi.  Bunday  o’rganishning  eng  oson 
tizimini  ishlab  chiqish  uchun  puxta  zamin  vazifasini  bajaradi.  Bu  tizimhar  bir 
o’quvchini  tilga  oid  bilim,  ko’nikma  va  malakaning  zaruriy  minimumi  bilan 
ta’minlashi lozim Metodika ta’limga qo’yilgan qator talablarni ya’ni ta’lim berish 
bilan  bir  vaqtda  o’quvchilarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  ularning 
tafakkurini o’stirishda etarli yordam berish shuningdek ta’limning foydali ixcham 
bo’lishini ta’minlashga oid talabarni ham hisobga oladi. 
Boshlang’ich  sinflardan  ona  tili  o’qitish  metodikasi  amaliy  fan  sifatida  uch 
vazifani bajaradi. 

 
15 
1.Nimani  o’qitish  kerak?  savoliga  javob  tayyorlaydi.  Demak  ta’lim  mazmunini, 
ya’ni bo’shlang’ich sinflar ona tili kursining dasturini belgilab beradi, o’quvchilar 
uchun  darsliklar  va  turli  o’quv  qo’llanmalari  yaratib  beradi,    ularni  doimiy 
takomillashtirib muvofiqlik va samaraliligini tekshirib boradi. 
2.  Qanday  o’qitish  kerak?  savoliga  javob  tayyorlab  beradi.  Demak  ta’lim 
berishning  metodlari,  metodik  talablar,  mashqlar  tizimi    u  yoki  bu  qo’llanmasi 
tatbiq etish tavsiyanomalarini, o’quvchilar amliy ishlarining izchillik tizimini, dars 
va uning turlarini ishlab beradi.  
3.  Nega  xuddi  mana  shunday    o’qitish  kerak?      savoliga  javob  tayyorlab  beradi. 
Bunday  ilmiy  nuqtayi  nazrdan  eng  foydali  metodlarni  o’rganish  tanlangan 
metotlarni  asoslash  tavsiyalarni  nazariy  tekshirish  va  boshqalar  tushiniladi. 
Yuqoridagi savollarga berilgan javobdan kelib chiqib yangi pedagogik tehnologiya 
asosiydagi yondashuvlar esa kafolatlangan natijalar olish imkonini beradi. 
Yangi  pedagogik  tehnologiyalar  asosiyda  ona  tili  o’qitish  metodikasi  ta’limninig 
turli  bosqichlarida  o’quvchilarning  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  darajasini 
o’rganish yangi xulosalar  asosiyda ta’limni takomillashtirish siklini yaratadi. Shu 
bilan  birga nutqiy, orfografik va boshqa tipik xatolarni tekshiradi va ularni  oldini 
oladi, olish, yo’qotish usullarini topadi. Shunday qilib, ona tili o’qitish metodikasi 
ta’lim  berish  jarayonida  o’quvchilarning  bilish  faolligini  va  mustaqilligini, 
tafakkur  va  nutqini  yaxshi  o’stirish  bilim,  ko’nikma  va  malakalarning  puxta 
bo’lishini ta’minlaydi, yangi metodik yondashuvlarga asoslanadi. 
             Ona  tili  o’qitishning  har  bir  bosqichi  o’z  xususiyatlariga  ega  bo’lib, 
maktabgacha  tarbiya    metodikasi    ona  tilini  o’rganishda,  asosan,  bolalarning 
nutqini  o’stirishni, nutqiy mustaqillikni  shakllantirishga  asoslanadi. 
             Boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilar  nutqini  o’stirishdan  tashhari,  savod 
o’rgatish  metodikasi,  yangi  elementar  o’qish  va  yozishga    o’rgatish  qonun  - 
qoidalarga  asoslanadi.  Bolalarga  savod  o’rgatish  pedogogikasi  ijtimoiy  hayotda  
ham  juda  jiddiy  qo’yilgan  muammodir.  Chunki  savodxonlik  siyosiy,  onglilik 
uchun, madaniyat  uchun ko’rash qurolidir.  
             O’qish  metodikasi.  Boshlang’ich  sinflarda  o’qishning  vazifasi,  birinchi 
navbatda,  bolalarni  tez  (me’yorida)  to’g’ri,  ongli  va  ifodali  o’qish    malakalari  
bilan qurollantirish  hisoblanadi. 
 
Grammatika  va  imlo  metodikasi.  Bu  bilim  elementar  to’g’ri    yozuvga  va 
husnixat  o’rgatishni, grammatik  tushunchalarni, boshlang’ich  imlo  malakalarini  
shakllantirishni o’z ichiga oladi. 
 
O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich  sinflarda 
alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv peredmeti  sifatida 
anglaydilar,  ular xohlagan  va  qiziqqan narsalarnigina emas, balki zaruriy  narsa 
va  hodisalar    haqida  o’ylab,  rejalashtirib  nutq  tuzish  zarurligini  tushuna 
boshlaydilar, o’z-o’zlarining grafik shakli bilangina  evas, balki  leksika, sintaktik  
va  morfologik  shakli  bilan  ham  og’zaki nutqdan farq qiladigan  yozma nutqni  
egallaydilar. 
 
Metodika bolalarning nutqini  boyitishni, sintaksisi va bog’lanishni, nutqini 
o’stirishni ham ta’minlash kerak. 
                                   

 
16 
                                Nazorat savollari: 
1.  Ona tili o’qitish metodikasining  predmeti nima?   
2.  Ona tili o’qitish metodikasining vazifasi nima? 
3.   Ona tili o’qitishning  har bosqichi  qanday xususiyatga ega? 
4.  Ona tili o’qitish metodikasi fanining talabalari necha xil, uning o’rganadigan 
predmeti nima? 
 
 
2-  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  talabalarga  til  haqida,  ona  tili 
metodikaning  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi  haqida    tushuncha  berish,  bilim, 
ko’nikma, malaka hosil qilish. 
                                          Identiv o’quv maqsadlari: 
 
2.1.Ona  tili  o’qitish  metodikasining  boshqa  fanlar  bilan    bog’lanishini 
tushuntiradilar. 
   2.2.  Ona tili  o’qitish  metodikasi o’zbek tilini amaliy va nazariy egallashini    
       aniqlaydilar. 
   2.3.   Lingvistik sikldagi fanlar metodikaning muhim asosiy ekanligini 
                  izohlaydilar. 
               2-asosiy 
savolning 
bayoni: 
Mеtodikaning  amaliy  ahamiyati 
o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bo’lib olishlarini ta'minlashdir. 
Buning  uchun  biz  quyidagilarni  yodda  tutishimiz  lozim:  Til  kishilar  o’rtasidagi 
aloqaning  zaruriy  vositasidir;  tilsiz  jamiyatning  yashashi  mumkin  emas;  tilning 
aloqa vosita sifatidagi roli o’zluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa – 
kishilar  o’rtasidagi  munosabatni  rivojlangan,  nozik  quroliga  aylantirish 
hisoblanadi.  Til  oqilona,  mantiqiy  bilish  vositasidir;  til  birliklari    va  shakllari 
yordamidagina  bilish  jarayonida  umumlashtirish,  tushunchani  muhokama  va 
xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi, 
biz  fikrni  nutqda  shakllantiramiz;  tilni  egallash  va  nutqni  o’stirish  bilan 
o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi. 
 
Mеtodik  fan  sifatida  ona  tili  o’qitish  mеtodikasi  maktabda  o’qitishning 
o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat bеradigan, tilni har tomonlama 
bilishning  ijtimoiy  rolini  tushuntiradigan  yo’llari  bilan  ta'minlash  kеrak.  Dеmak, 
nutq  o’stirish  maktabning  muhim  vazifasidir.  Ayniqsa,  og’zaki  va  yozma  nutq 
analitik  –  sintеtik  ishlar  yordamida  til  ustida  kuzatishda  umumiy  xulosa 
chiharishga, nazariy ta'rif va qoidaga, ya'ni og’zaki va yozma  tarzdagi jonli nutqiy 
aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchining jonli jonli nutqiy 

 
17 
aloqaga,  to’g’ri  yozuv  va  to’g’ri  talaffuzga  amaliy  va  nazariy  jixatdan  boyib 
kirishadilar. Ular kuzatish jarayonida uchragan til namunalarini, o’zlari bilib olgan 
va nazariy o’zlashtirgan qoidalarni amalga ongli tadbiq etadilar.  Maktabda ona tili 
o’qitish  mеtodikasining  bunday  yo’nalishi    haqiqatni  bilish  qonuniyatlariga  ham, 
hozirgi  zamon  didaktikasi  va  vazifalariga  ham  mos  kеladi,  javob  bеradi. 
Pеdagogik,  psixologiya  bo’limlarning  o’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilishi 
hamda ko’nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tеkshiradi; bu jarayonda 
bolalar  duch  kеladigan  qiyinchiliklarni  o’rganadi,  ta'lim  jarayonida  bolalarning 
umumiy  taraqqiyoti  qonuniyatlarini  bеlgilaydi,  shuningdеk,  umuman  va  ayniqsa, 
ona tilidan bеriladigan bilim,  ko’nikma va malakalarning o’sishini bеlgilaydi. Bu 
bilan pеdagogik  psixologiya mеtodikaga o’quv matеrialini tanlashda, boshlang’ich 
sinflarda  ona  tiligi  o’rgatishning  mazmuni  va  hajmini,  matеrialni  sinflar  bo’yicha 
va har bir sinfning o’z ichida ma'lum izchillikda joylashtirishni bеlgilashda yordam 
bеradi,  o’qitishning  o’quvchilar  analitik  –  sintеtik  faoliyatining  to’g’ri  o’sishiga 
ko’maklashadilar eng samarali usul va shakllarni bеlgilaydi. Mеtodika psixologiya 
fani ma'lumotlaridan foydalanib, bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish va 
o’quvchilarga individual yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
 
Ona tili o’qitish mеtodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog’liqdir. 
Psixolingvistika mеtodikaga nutq haqida nutqni talab qiluvchi, kеltirib chiqaruvchi 
sabablar haqida, fikr bayon qilish turlarini bеlgilovchi omillar haqida va ommaviy 
aloqaga nutqiy ta'sirning foydasi haqida ma'lumot bеradi. Bu ma'lumotlar mеtodik 
masalalarni  hal  qilish  uchun,  ayniqsa,  bog’lanishli  nutqni  o’stirish  mеtodikasi 
uchun juda muhimdir. 
 
Boshlang’ich  sinflarda  ona  tili  o’qitish  mеtodikasi  didaktika  bilan  ya'ni 
ta'limning  umumiy  nazariyasi  bilan  ham  bog’lanadi.  Mеtodika  didaktika  bеlgilab 
bеrgan  qonuniyatlar,  qoida  va  prinsiplarga    asoslanadi.  Bolalarning  qiziqishlari 
bilan  bog’lab  olib  borishga  rioya  qilish  maktabda  o’qitiladigan  barcha 
prеdmеtlardan,  shu  jumladan,  ona  tilidan  ham  o’quv  jarayonini  tashkil  qilishda 
juda zarurdir. 

 
18 
 
Ona  tili  mеtodikasi  umumiy  pеdagogika  bilan  ham  o’zaro  bog’lanadi. 
Maktab ta'limidagi har bir o’quv prеdmеti, shu  jumladan, ona tili ham, faqat bilim 
bеrish  ko’nikma  malaka  hosil  qilish  bilangina  chеgaralanmay,  o’quvchilarning 
ongini  o’stirishi  va  tarbiyalashi  ham  lozim.  Haqiqatdan  ham,  ona  tili  o’qitish 
jarayonida  bolalarning  dunyoqarashi  shakllanadi,  bilish  qobiliyatlari  o’sadi,  ular 
aqliy,  ahloqiy,  estеtik  tomondan  rivojlanadi,  haraktеrida  ma'lum  ijobiy 
xususiyatlari yo’zaga kеladi, mеhnat qilishga o’rganadi va hokazo. 
 
Pеdagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni tarbiyalash 
masalalarini ilmiy tomondan ishlab bеradi. Ona tili o’qitish mеtodikasi pеdagogika 
fani  yangiliklariga,  uning  yuqorida  qayd  etilgan  masalarni  ilmiy  tomondan  ishlab 
bеrgan ma'lumotlarga asoslanadi.  
 
Ona  tili  mеtodikasini  umumiy  pеdagogika  bilan  bog’lash,  ayniqsa, 
boshlang’ich  sinflarda  muhimdir.  Kichik  yoshdagi  o’quvchilarning  jamoa  va 
shaxsiy  o’quv  faoliyatida  zarur  bo’lgan  ko’p  odat  va  ko’nikmalar  hali 
tarbiyalanmagan  bo’ladi.  Tashkilotchilik,  jamoa  ishiga  tеz  kiritish,  e'tibor  bilan 
eshitish,  o’qish  va  yozish,  faol  va  mustaqil  ishlash,  barcha  ishlarni  puxta  va 
saranjom,  iloji  boricha  chiroyli  bajarish  kabi    ko’nikma  va  odatlar  o’qituvchi  va 
maktab  tomonidan  amalga  oshirilgan  umumpеdagogik  tadbirlar  tizimini  tashkil 
etadi.  Tarbiyaning  shunga  o’xshash  nazariy  va  amaliy  masalalarini  pеdagogika 
ishlab  bеradi.  O’qituvchi  pеdagogik  talablarni  amalga  oshirsagina,  ona  tiliga 
o’rgatishning ta'lim-tarbiya jihatdan foyda kеltirishini uyushtira oladi. 
 
Ona  tili  o’qitish  mеtodikasi  o’zbеk  tilini  amaliy  va  ma'lum  qismini  nazariy 
egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham lingvistik sikldagi fanlar (fonеtika va 
fonologiya, lеksikologiya frazеologiya, so’z yasalishi va etimologiya, grammatika 
– morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdеk, orfoepiya, grafika, orfografiya) 
mеtodikasining muhim asosiy hisoblanadi. 
 
Fonеtika  va  fonologiya  grafika  bilan  bog’liq    holda  savod    o’rgatish 
mеtodikasini  ishlashda,  e'lеmеntlar  o’qish  ko’nikmasini    shakllantirishda  asos 
bo’lib xizmat qiladi. Fonеtika va grafikaning fonеtik printsip asosiyda yoziladigan 

 
19 
imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta. xusnihat mеtodikasi garfikam 
nazariyasiga taya’nadi. 
Lеksikologiyani  bilish  maktabda  lug’at  ishi  (sinonim  va  antonimlar,  so’zlarning 
guruhlarga oid xilma-xil  mashqlar o’tkazish, ko’p  ma'noli so’zlar, ularning  ma'no 
ottеnkalari ustida ishlash)ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir. 
 
So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda lingvistika siklidagi fanlar – 
so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.  
 
Morfologiya va sintaksis muhim til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi 
haqida tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan 
to’g’ri  yozuv  masalalarini  hal  qilish  uchun  foydalanishga  imkon  bеradi. 
Grammatikadan  bilimi  bo’lmagan  o’quvchilarda  orfografiya  va  punktuattsiyadan 
ko’nikma  va  malakalarni  shakllantirish  mumkin  emas.  Grammatika  o’quvchilar 
nutqini  o’stirishda  ham  muhim  rol  o’ynaydi,  chunki  grammatika  so’z  shakllarini 
to’g’ri  tuzish,  so’z  birikmasi  tarkibidagi  so’zlarni  o’zaro  to’g’ri  tuzish,  so’z 
birikmasi  tarkibidagi  so’zlarni  o’zaro  to’g’ri  bog’lash  va  gapni  to’g’ri  tuzishga 
o’rgatadi. 
 
To’g’ri  yozuvga  o’rgatish  mеtodikasining  rivojlanishida  o’zbеk  tili 
orfografiyasi nazariyasini hisobga olish talab etiladi. 
 
O’qish  mеtodikasi  adabiyot  nazariyasiga  asoslanadi,  chunki  o’quvchilar 
badiiy  asarni  amaliy  tarzda  tahlil  qiladilar,  ularda  adabiyotshunoslikdan  nazariy 
ma'lumot  bеradi,  ammo  mеtodika    adabiy  asarning  yaratilish  qonuniyatlarini  va 
uning  o’quvchilarga    ta'sirini,  ayniqsa,  adabiyotshunoslikka  oid  mavzulardan 
asarning  g’oyaviy  mazmuni,  uning  mavzusi  va  syujеti,  kompozittsiyasi,  janri, 
tasviriy vositalarini hisobga olish zarur. 
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling