O’zbekiston respubli kasi ta’lim ti zimi reja


Download 347.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi347.61 Kb.
#1015304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining



O’ZBEKISTON RESPUBLI KASI TA’LIM TI ZIMI
Reja: 
1. O’zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning
mohiyati. 
2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. 
3. Pedagoglik kasbi, uning paydo bo’lishi va ravnaq topishi. 
4. SHarq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining 
tutgan o’rni haqida. 
5. O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar. 
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning 
mohiyati. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni 
takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda keng 
ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. 
Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual 
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual 
salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi 
uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi
jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar 
mohiyati, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va 
hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qanday hujjat? Uning mazmunida qanday 
g’oyalar ifoda etilgan? 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to’g’risida”gi Qonuni g’oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim 
tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy 
va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda 
mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol 
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishga yo’naltirilgandir. 

Download 347.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling