Mazkur bobda Kaykovus farzandiga murojaat qilar ekan quyi-
dagilarni yozadi: “Kishi suxandon, suxango'y (notiq) bo'lishi kerak.
Amm o, ey farzand, sen suxango'y bo'lg'il va lekin durug'go'y
(yolg'onchi) bo'lm ag'il. Rostgo'ylikda o'zing shuhrat qozong'il,
tokim biror vaqt zarurat yuzidin yolg'on so'z desang qabul qil-
53
g'aylar. Har so'z desang ham rost degil va lekin yolg'onga o'xsh-
ag'on rostni demag'ilkim, rostga o'xshagan durug' durug'ga o'xsha-
gan rostdin yaxshidur, nedinkim ul durug' maqbul bo'lur, ammo ul
rost maqbul bo'lm as. Demak, nomaqbul rostni aytishdan parhez qil,
toki mening bila Abu Suvor Shopur binni Abu al-Fazlning orasidag'i
voqea sening boshingda sodir bo'lm asin.
Ey farzand bilg'ilki, so'z to'rt nav bo'lur, undoqkim xaloyiq ham
to'rt nav bo'lg'ondek. Biri ulkim, bilur va bilg'onin ham bilur. U l
olimdur, unga tobe bo'lm oq kerakdur. Biri uldurkim, bilmas va
bilm ag'onin bilur, ul qobildur, unga o'rgatmoq kerak. Biri uldurkim,
bilur va bilg'onin bilmas, ul uyqudadur, uni bedor qilmoq kerakdur.
Biri uldirkim, bilmas va bilm ag'onin ham bilmas, u johildur, undan
qochmoq kerakdur. Ammo deb erdimki, so'z ham to'rt navdur: biri
bilinmayturg'on va aytilmayturg'on; ikkinchisi, aytilaturg'on va
bilinaturg'on: uchinchisi, ham bilanturg'on va ham bilishga zarurat-
siz, ammo aytsa bo'laturg'on, to'rtinchisi bilaturg'on va aytilmay
turg'on. Ammo aytilmayturg'on va bilinmay turg'on undoq so'zdur-
ki.... dunyoning salohi unga bog'liqdir. U l so'zdin aytuvchiga ham,
eshituvchiga ham ko'p naf etar. Amm o bilinaturg'on, biroq aytil
mayturg'on undoq so'zdirkim, bir muhtasham odamning aybi senga
Do'stlaringiz bilan baham: |