52
biladi. Kaykovus musiqa ilmini, adabiyot va san'atni, tabiyot fanlari-
ni yaxshi egallagan olim kishi bo'lgan.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Subutoy Dolim ov
hamda adabiyotshunos olim U lug'bek Dolimovlarning yozishicha:
“Qobusnoma” asrlar mobaynida G'arb va Sharq mutafakkirlarining
e'tiborlarini o 'zig a jalb etib kelgan: 1702-1705 yillarda turk tiliga,
1786-1787 yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg'ur
tiliga, 1881 yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga hamda XIX
asrdayoq ingliz, farang, olmon, rus tillariga tarjima qilindi. 1935
yilda Tehron dorulfununining professori, atoqi adib Said Nasifiy
“Qobusnoma”ni Tehronda bosmadan chiqardi.
1860 yilda “Qobusnoma” o'zbek tiliga birinchi marta Muham
mad Rizo Ogahiy tomonidan (forschadan o'zbek tiliga-ta'kid bizniki
N .B.) tarjima qilindi. Ogahiy tarjimasining qo'lyozm a nusxasi
O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo'l-
yozmalar fondida va Sankt -Petrburgdagi Saltikov-Shchedrin nomli
kutubxonada saqlanmoqda.9
“Qomusnoma”ning Ogahiy tomonidan qilingan tarjimasini ada
biyotshunos olim Subutoy D olim ov qayta ishlab nashrga tayyorla-
gan. Bu nodir asar Subutoy D olim ov tomonidan 1965, 1973 va 1986
yillarda uch marta nashr qilingan edi. 1992, 2006 yillarda esa adabi
yotshunos olim U lug'bek D olim ov (Subutoy Dolim ovning o'g'illari-
ta'kid bizniki N .B .) tomonidan qayta to'ldirilgan holda nashrdan
chiqarildi. Mana shu so'nggi nashrdan chiqqan *‘Qomusnoma”ning
ettinchi bobi
“Suxandonlik bila baland martabali bo'lmoq zikri-
da”
deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |