esa har birimi^ning qo'limizda, chidam va iroda bilan harakat qilsak,
albatta, erishish mumkin. Alisher N avoiy hazratlari “Mahbubul-
qulub” asarining birinchi qism 21-bandida “Nasihatgo'y va va'z-
xonlar to'g'risida” shunday yozadilar:
“V oiz haq so'zini targ'ib qilishi, payg'ambar so'zidan chetga
chiqmasligi kerak, eng avval uning o'zi haq va payg'ambar yo'liga
kirishi, so'ngra esa nasihat bilan elni ham shu yo'lga solishi lozim.
O 'zi yurmagan yo'lga elni boshlamoq - musofim i yo'ldan adash-
tirib, biyobonga tashlamoq va sahroda uni yo'qotmoqdir. O'zi mast-
ning elni xushyorlikka chaqirishi - uyquchi kishining odamlami
bedorlikka da'vat etganiga o'xshash bir narsadir.
Uyqusida so 'zlagan kasal odamdir,
Unga quloq osgcm esa tentakdir.
V a'z - murshidlar, pirlar, hushyor kishilaming ishidir va ulaming
nasihatini qabul etgan maqbul kishidir. Avvalo, uning o 'zi bir yo'lga
tushib olgan bo'lishi, keyin esa boshqa odamlarni o'sha tomon bosh-
lab borishi kerak. Y o'lga bilmay kirgan yo'qoladi va maqsadidan
boshqa erga etadi.
Va'zxon shunday bo'lishi kerakki, uning majlisiga bo'sh kirgan
odam to'lib chiqsin; to'la kirgan odam esa engil tortib chiqsin, xoli
qaytsin. V oiz olim va halol ish ko'ruvchi bo'lsa, uning nasihatidan
chetga chiqqanlar gunohkor bo'ladi.
Agar u boshqalarga buyursa-yu, o 'zi qilmasa, uning so'zlari hech
kimga ta'sir etmaydi va foyda keltirmaydi. O 'z yordamchilari orqali
nasihat qiluvchi voiz - o 'zi qolib, shogirdini kuylatuvchi qo'shiqchi-
dir (Mahub ul-qulub. 31-32-betlar).
Alisher N avoiy ijodini dengizga qiyos qilish mumkin. Unda duru
gavharlar behisob, biz ulug' mutafakkirlaming so'zga, nutqqa va
Do'stlaringiz bilan baham: |