luf qilmay deysan, u jihattin mutloq bo'ladur. Bundin nari betakalluf
va ravshan va pok alfoz bila biti: ham senga tashvish ozroq bo'lur va
ham o'qig'uvchiga” (‘'Bobumoma’’ Toshkent: ‘"Fan”, I960, 4 21-bet).
64
Bobur hayoti va sulolasini chuqur bilgan, romanlar yozgan
taniqli yozuvchi Primqul Qodirovning (“Til va el” T:, G'.G 'ulom
nashriyoti, 2005 y.) yozishicha: “Bobur Mirzo so'z bilan jonli tasvir
yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o'zi ham
sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o'g 'li Humoyunga “Bobur-
noma”ni tugallab taqdim etganda unga bir ruboiy ilova qiladi:
Bu olam aro ajib alamlar ko'rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko'rdim.
Har kim bu vaqoyi'ni o'qir, hilgaykim,
Ne ranju, ne mashaqqatu, ne g'am lar ko'rdim ”
(Bobur Tanlangan asarlar. Toshkent, 1958, 153-bet.
“V oq e'” - “Bobum om a”ning dastlabki nomi edi. Bobur o'z
zamonida boshdan kechirgan barcha ko'rguliklarni haqqoniy tasvir-
lashga intilganining sababi bu ruboyida aniq ko'rsatilgan. U ning eng
zo'r istagi “V oq e'”ni o'qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolar-
ni takrorlamasinlar.
“Boburnoma” ham “Temur tuzuklari” kabi avlodlarga ulkan
hayotiy tajriba, sabog' va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi.
Adibning Hindistonda tartib bergan so'nggi devonida uning
dastxati saqlanib qolgan. Bu dastxat bilan ikki satr she'r yozilgan:
Har vaqtki ко'rgaysen mening so'zimni,
So'zumni o'qib sog'ingaysan o'zumni.
Ushbu satrlar bitilgan sahifa chetiga Bobur Mirzoning chevarasi
Shohjahon tomonidan quyidagi sharh bitilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |