qor bo'roni kuchayib ketadi. Sovuq behad qattiq. B a'zi bek va nav-
karlaming qo'l-oyog'ini sovuq uradi. Bobumi tor bir tog' kamarida
panalashga undaydilar. ’’Ko'ngulga kechdikim, barcha el qorda va
chopqunda, men issiq uyda istirohat bila... Muruvattin yiroq va ham-
jihatlikdin qiroq ishdur. Men ham har tashvish va mashaqqat bo'Isa
ko'rayin, har nechuk el toqat qilib tursa turayin... Xuftongacha qor
oncha chopqilab yog'diki, boshimga va quloqlarimning ustiga to'rt
ellik qor bor edi... O'sha] kecha qulog'im ga sovuq ta'sir qildi”
(O 'sha kitob, 256-258-betlar)
“Andoqekim, borchaga o'lim xavfi bo'ldi”, deydi Bobur devon
ustidagi xatarli ahvolni yakunlab, yana shu oqivaziyatda u she'riyat-
dan madad oladi. Eng etuk g'azailaridan birining matla'i o'sha
66
mashaqqatli damlarda topiladi. Bu haqda muallif o'zi shunday
guvohlik beradi.
“Muddatul umr (butun umr davomida) muncha mashaqqat
kamroq tortilib edi. Bu matla'i o'sha fursatda aytildi:
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu
Xasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu"
Devonga ко'tarilishda eng pahlavon yigitlar qatori bir hafta qor
tepib mashaqqat chekkani - bir mardlik. Eldan ajragisi kelmay
xatarli joy da qolgani yana bir mardlik. O' shanda Boburning qulog' i-
ga sovuq yomon ta'sir qiladi. Buning asorati Hindistonga borganda
ham bilinadi. Issiq mamlakatda ham quloq og'rig'idan qiynalganlari-
ni, simob qo'shilgan dorilardan iste'm ol qilganini oradan yigirma yil
o'tgach, 1628 yil voqealarida yozadi. Simob esa quloq orqali asab
tizimiga salbiy ta'sir qilishini u davrdagi tabiblar bilmagan bo'lish-
Do'stlaringiz bilan baham: |