lari mumkin. Umrining oxirida Bobumi ko'p qiynagan uyqusizlik-
larga shu quloq og'riqini davolash uchun iste'm ol qilingan simob
sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Devon ustida topilgan she'riy baytga qaytaylik. Bu bayt Bobur
qalbining tug'yoni. “Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldi
mu?” degan nido yaratganga rahm-shafqat so'rab qilingan munojot-
dek tuyuladi. Bu bayt o'lim bilan yuzma-yuz turgan odam tomonidan
aytilayotgan nasr bilan yozilgan tasvirda yaqqol ko'rsatilganligi
uchun Bobur qalbining o'sha paytdagi nidosi bizni larzaga soladi.
G'azalning oxirgi bayti - maqtasi yanada kuchli taassurotlar
uyg'otadi:
Ey, ko'ngil, gar Bobur ul olamni istar qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?
“Bobumoma”da tasvirlangan o'ta dramatik voqealar, ulug' bir
iste'dod o 'z vatanidan judo bo'lib, o'zga yurtlarga ketishi, atrofidagi
odamlarning xoinliklari va boshqa ming xil salbiy hodisalar bu mard
67
siymoni ham jonidan to'ydirgan paytlar bo'lganligi, so'nggi baytda
yaqqol sezilib turadi.
Ayni paytda, Boburning azob-uqubatiga to'la foniy olamidan
ko'ra “ul olamni”, ya'ni bog'iy dunyoni afzal ko'rishi tasavvuf
ta'limotiga ham mos keladi.
Ko'pgina adabiyotshunoslar Bobur she'riyatida ruboiy janrini
ustun qo'yadilar. Oybek domla Bobumi turkiy ruboiyning Umar
Xayyomi deb atagani ko'pchilikka ma'lum.
Chindan ham, Bobur ruboiylaridagi mazmun va shakl mukam-
malligi: falsafiy fikr teranligi va badiiy til go'zalligi Umar Xayyom -
ning ruboiy lari bilan bemalol musobaqa qila oladi.
Ko ngli tilagan murodiga etsa kishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |