lovchilarda kulgi emas, balki hamdardlik kayfiyatini uyg'ota olish
uchun katta san'atkorlik mahorati kerak. M avlono R iyoziy nutq
paytida ko'z yoshi darajasiga etib borar ekan, qalbidagini yig'ib
bayon etar va kishilarni shunga ishontira olar ekan, demak, shubha-
siz, u juda ite'dodli notiq, chinakam so'z san'atkori bo'lgan.
Mavlono R iyoziy ajoyib so'z san'atkori bo'lishi bilan bir qator-
da, o'z davrining ko'zga ko'ringan pedagoglaridan ham biri bo'lgan.
U dunyoviy fanlar: tabiatshunoslik, geografiya, tarix, adabiyot
nazariyasi va boshqa fanlami ehuqur o'rganib, uni yoshlar o'rtasida
targ'ib qilgan. M avlono R iyoziy o'z nutqlarida boshqa notiqlar qatori
xalq og'zaki ijodidan va ayniqsa, badiiy adabiyotdan juda ustalik
bilan foydalangan. U o 'z zamonasining zabardast notig'i, olimi,
pedagog va shoirlaridan bo'lgan.
Husayn Voiz Koshifiy
Kamoliddin Husayn V oiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda
Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhak kentida tug'ilgan.
Boshlang'ich ma'lumotni Sabzavorda olib, yoshligidanoq notiqlikka
qiziqadi. Shuningdek, adabiyot, matematika, falokiyot, kimyo
74
fanlaridan ham to'liq bilimga ega bo'lgan. Buni uning o'sha soha
bilan bog'liq ijodidan kuzatish mumkin. Undagi notiqlik san'atiga
bo'lgan qiziqish tezda el orasida notiq sifatida tanilishiga sabab
bo'ladi. 1455-1468 yillarda Mashhadda Notiqlik san'ati bilan mash-
qul bo'ladi. 1468 yil oxirlarida Xirot shahriga kelib yashay bosh-
laydi. Tarixchi olim Said N a tisiy l2 ning ma'lumotiga ko'ra, Koshi-
fiy Hindistonga boradi. Bu safar haqida aniq ma lumotga ega emas-
miz. Koshifiyning ikki qiz va bir o'g 'il farzandi bo'lgan. O 'g'li
Do'stlaringiz bilan baham: |