xalq notiqni yanada e'zozlaydi.
Notiq bu xalqning xasis emas, aksincha, olijanob ekanligini,
xalqning mehr xazinasini ochish uchun munosib kalit topa olish
kerakligini isbot etadi.
Mutaxassis notiqlarni voizlar deb ataganlar.
Ularning va'z matnlari, odatda, chiroyli va badiiy yuksak saviyada
bo'lgan. Nutq matnlarining aksariyati nasriy she'r va hatto, she'riy
shakllarda yozilgan.
O'tmish Sharq notiqlari orasida o 'z zamonasining Dem osfen va
Sitseronlari juda ko'p bo'lgan. O'zbek va yunon san'atkor-mutafak-
kirlarining nutq talqinlari ta'sirchanligi va Notiqlik san'ati asoslari
bo'yicha olg'a surgan fikrlari jahon taraqqiyparvar notiqligining shu
masalalaridagi talqinlari bilan hamohangdir
72
Hazrat N avoiy ham “Majoiis un-nafois” asarida.qator voizlar
haqida ma'lumot bergan. Bas, shunday ekan, o'zbek voizlarining
salm og'i boshqa xalqlarnikidan ko'p bo'lsa ko'pki, kam emas.
Xoja Muayyad Mahnagiy
U o 'z zamonasining etuk notiqlaridan bo'lishi bilan birga, oddiy
mozor shayxlaridan bo'lgan. Alisher Navoiyning yozishicha, u
“zohir ulumin takxnil qilib erdi”, ya'ni yuzadagi ilmlar, o'ziga ayon
bo'lgan fanlaming hammasini o'zlashtirgangina emas, balki uni
to'ldirgan va rivojlantirgan ham edi. Uning va'zlari jo'shqin o'tgan,
o 'z tinglovchilarida nutqiga nisbatan xayrixohlik qo'zg'ata olgan.
Shuning bilan birga u o'z tinglovchilari qalbiga qo'l sola olgan,
ularni faqatgina tinglovchilikdan, har birini faol fikr yurituvchi, va'z
mazmuniga nisbatan faol niunosabatda bo'luvchi ijodkor tinglovchi-
lar darajasiga ko'tara olgan. O 'z majlislarining qizg'in o'tishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |