notiqning aq] farosatiga, bilim i va ziyrakligiga vaqtdan unumii
foydalanishiga va auditoriyani nutqidagi aqlli so'zlari va yangi fikr-
lari bilan ushlab turishiga bog'liq.
Ommabop nutq mas'uliyati
Notiqlik san'ati-ijtimoiy hodisa. Ayniqsa ommabop nutqda
notiqning nutqi va uslubi muhim ahamiyatga ega. Ommabop nutq
hamma uchun uning tinglovchilari oddiy dehqondan tortib, injener-
gacha, pedagogdan tortib tibbiyot xodimigacha. boringki jamiya-
timizda taraqqiyot uchun xizmat qilayotgan ommaga, mo'ljallanadi.
Y a'ni, badiiy asar o'z bahosini faqat adabiy tanqidchidangina emas,
ommadan kutgani kabi ommabop nutqning tinglovchilari turli toifa-
dagi omma bo'lishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo'lsak, teleko'rsa-
tuvlardagi nutqday, ko'pchilik e'tiborini tortadigan (televideniyadagi
hamma ko'rsatuvlarni ommabop deyish qiyin) sodda uslubdagi
79
yoshu-qari tushunadigan va uni eshitib fikrlaydigan aniq, ravon va
xalq tilidagi va dilidagi nutq bo'Lishi kerak.
Onunabop nutqda haqqoniylik, mantiqiy mutanosiblik, uslubiy
sayqaldorlik, badiiy jozibadorlik, ma'nan etuklik, aniqlik va lo'nda-
lik kabi sifatlar o'z aksini topmog'i lozim . Buning ustiga talaffuzning
tiniqligi ifodali so 'z tanlash, har bir so'zga ohangdan libos kiydiri-
lishi muhim.
Gapning grammatik qurilishi til-qonun qoidasiga asoslanm og'i
sharL Nutq davomida keltirilishi lozim bo'lgan she'riy parchalar
nutqdagi fikrlami qo'llab-quw atlashga va mustahkamlashga xizmat
qildirilishi tinglovchilar diqqatini oshiradi.
Ommabop nutq og'zaki (matn bo'lsada) matnga qaralmasdan
o'qilishi, iloji bo'lsa mikrofonsiz so'zlanishi tinglovchi omma
Do'stlaringiz bilan baham: |