qaratilgan. Endi buyog'i notiqning o'ziga bog'liq. Agar gapirayot-
ganida tinglovchilar uchun ular eshitmagan yangi fikrlami aniq va
lo'nda, qisqa va tushunarli etib etkazib bersa tinglovchilar miq etmay
eshitishadi. Bordiyu, shu qoidalami buzib qo'ysa yana auditoriyani
tartibga chaqirishga to'g'ri keladi. Gapirganda bosiqlik bilan, xovli-
qib qolmasdan vazminlik orqali shirali ovoz va shirin muomala bilan,
ortiqeha hatti harakatlar qilmasdan o 'z fikrlarini ritorik savol va unga
aniq javoblar asosida nutqini davom ettira olsa, o'zi bilan tinglovchi
lar o'rtasidagi muloqotning shartlariga amal qilgan bo'ladi. Y o'l-
78
yo' lakay (nutqi davomida) auditortiyaga savollar berib va tinglovchi-
larning o'tirgan joyida bergan qisqa savoliariga aniq va qisqa javob-
lami berib borsa, muloqot yanada jonli va muvaffaqqiyatli chiqadi.
Bu o'rinda notiqning xalq orasidagi obro'-e'tibori ham muhim rol
o'ynaydi eng muhimi, notiqdagi aql-zakovat va so'zamollik mulo-
qotning asosiy shartlaridan sanaladi. Nutq davomidagi kerakli pand-
nasihat ham bugungi kunlardagi yoki shu holatdagi vaziyat bilan
bog'lab olib borilsa, juda o'rinli hisoblanadi.
Endi notiq bilan auditoriya ortasidagi muloqotga ta'sir ko'rsa-
tadigan salbiy holatlarga kelsak, ular yuqoridagi ijobiy holatlaming
teskarisi. Auditoriya pala-partish, tinglovchilar o'mashish holatida
tartibsizliklar bo'lsa, notiq nutqida ehaynalishlar sodir bo'lsa, ortiq-
cha kirish (anaqa, xo'sh-xo'sh, aytaylik kabi) so'zlar ko'p ishlatilsa,
berilgan savollarga aniq va qisqa javob berilmasa. notiq va tinglovchi
o rtasidagi muloqotga zil ketadi. Ko'ryapsizmi hamma narsa kelib
Do'stlaringiz bilan baham: |