e'tiborini yanada o'ziga jalb etadi. Bunday nutqda ilm iy jumlalar
(agar ishlatilsa, iloji boricha ishlatilmagani ma'qul) chet tillaridan
olingan (oke, koroche, shes sekund, stavka, shapka, sh ef kabi) so'zlar
m e'yorini saqlash ham notiqqa mas'uliyat yuklaydi. Demak, notiq
har bir so'zning sodda shaklini tanlamog'i, sheva va jargon so'zlar-
dan foydalanishning afzal tomonlari va me'yorlarini bilishi kerak.
Notiq o 'z ma'ruzasida tinglovchilar xushyorligini oshiruvchi
turli savollar qo'yishi va unga javobni lo'nda qilib, esda qoladigan
sodda usul bilan tushuntirmog'i muhim ahamiyat kasb etadi.
Notiq ommabop nutqda til imkoniyalaridan samarali foydalani-
shni bilishi uning o'ziga xos uslubidagi mahoratdan darak beradi.
Ko'p ma'noli va ma'nodosh so'zlardan foydalanganda shu so'zlam i
shevadagi variantlariga qiyoslash ham samarali foyda beradi. Ayniq-
sa, notiq mavzuni o 'z so'zlari bilan (kitobiy emas) so'zlash mahorati-
ni, egallagan bo'Hshi kerak. Ommabop nutqqa xos yana bir muhim
jihat nutq jarayonida hayotiy misollardan foydalanish, ma'ruza
o'qilayotgan joyning, hududning o'zidan kelib chiqadigan hayotiy
misollardan foydalansa ayni muddao bo'ladi. Demak. notiq uchun
80
m as'uliyat og'ir. U Andijonda ma'ruza o'qiy-dim i qarshi yoki Buxo-
ro. Xorazmda o'qiydimi o'sha hududning tashqi va ichki faktik mate
rial lari ni aniq bilm og'i, agar bilmasa, o'sha “material lami” o'qib,
eshitib o'rganm og'i darkor. Shuningdek, shu hudud bilan bog'liq
rivoyat va afsonalardan o'rni bilan foydalanish nutqning yanada
jozibali bo'lishini ta'minlab, tinglovchilarning e'tiborini oshiradi.
Ayniqsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |