nutqda
m illiylik va
mahalliy
xususiyat saqlanishi
muhimdir.
Notiqlik san'ati turlari va shakllari
Jamiyatda turli kasb egalari hamkorlikda ish olib borayotgani va
ularning o'zaro bir-birlari bilan chambarchas bog'liq ekanligi taraq-
qiyotimizni ta'minlaydigan omillaidan sanaladi. Shunga ko'ra turli
soha va kasb egalari va guruhlariga qarab ularga mo'ljallah tuzilishi
lozim bo'lgan nutq ham turlicha ko'rinishga ega bo'ladi. Shu bois
notiqlik san'atida notiqlikning bir necha turlari mavjud. Jumladan:
ijtimoiy-siyosiy
notiqlik bunga davlat va jamiyat aha-miyatiga ega
bo'lgan yig'inlarda, majlislarda o'qiladigan ma'ruzalar kiradi.
Akademik notiqlik
bu barcha turdagi ilm iy konferen-tsiyalardagi,
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi himoyalaridagi ma'ruzalar,
bakalavr talabalari uchun bitiruv malakaviy ish hamda magistr
talabalari uchun magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan qilinadigan
ma'ruza (axborot)larni qamrab oladi.
Auditoriya notiqligiga
esa -
universitet, institut, kollej talabalari, hamda litsey va maktab
o'quvchilari uchun dars-ma'ruzalarni o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy-maishiy notiqlik
- bunga turli tadbir va yig'inlarda,
yubiley tantanalarida so'zlanadigan qisqa va lo'nda nutq yoki suxan
so'zlar kiradi.
Sahna notiqligi
(kino, teatr aktyorlari, kontsert
boshlovchilari yoki kontsertni olib boruvchi aktyorlar nutqi) - bu
og'zaki Notiqlikning alohida turi hisoblanib, tinglovchi tomosha-
binlar uchun umumtushunarli bo'lgan adabiy tilda, chiroyli talaffuz
81
Do'stlaringiz bilan baham: |