san'atni mukammal egallab olganligidan, bu sohada u erishgan
mahoratdan darak beradi.
Nutqqa tayyorlanish va nutq ustida ishlash
Notiqlik san'ati, avvalo, og'zaki nutq orqali amalga oshadigan
jarayon hisoblanadi. Og'zaki nutq esa avvalo ikki ko'rinishda sodir
bo'ladi. Birinchi ko'rinishi oddiy so'zlashuv orqali, ikkinchisi esa
adabiy til normalariga qat'iy amal qilish borasidagi adabiy so'zla
shuv nutqi ko'rinishida bo'ladi.
Oddiy so'zlashuv
- sheva ta'sirida bo'lgan kundalik so'zlashuv-
ning o'zi. Bu so'zlashuvda nutq bazasini adabiy til tashkil etmaydi.
Adabiy so'zlashuv nutqi
- adabiy til madaniyatiga adabiy til
normalariga asoslanib nutq so'zlashdir. Adabiy tilda so'zlash adabiy
tilda yozishga nisbatan ancha murakkab kechadi. Bunga sabablar
quyidagicha: og'zaki nutqda albatta shevaning ta'siri bo'ladi, juda
83
bo'lmaganda notiqning talaffuzida seziladi; og'zaki nutqda yozma
nutqdagi kabi o 'у lab fikr yuritish imkoniyat vaqti kam bo'ladi.
Chunki og'zaki nutq tezkor jarayon, boshni qashlab o'tirishga vaqt
yo'q; og'zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalaridan foy-
dalansa bo'ladi; og'zaki nutqning muvaffaqiyatli chiqishi notiqning
kayfiyatiga, sog'ligiga, auditoriyadagi vaziyatga juda bog'liq; notiq
so'zlayotganda yozma nutqidagidek etarli e'tibor berolmaydi. Ko'r-
yapsizmi notiqning nutqi mukammal bo'lishi uchun u ishni nutqining
yozm a ko'rinishi ustida ko'proq mehnat qilishi va uni o'zlashtirib
olishi hamda notiqlik mahoratini ishga solib ijroga kirishishi lozim.
Notiq
muayan mavzu
asosida
nutqi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |