ega. Shu mehnat jarayonida notiq muayyan mavzu materiallarini o'z
ongiga singdirib oladi.
Notiq uchun adabiy til normalarini egallash hamda o'zining
notiqlik mahoratini oshirishda badiiy adabiyot namunalarini o'qish,
o'rganish, taniqli notiqlarning nutqlarini kuzatish va o'rganish, tele
radio nutqiga e'tibor berish, gazeta va juranallar tiliga amal qilish
ham notiq nutqining go'zallashuviga, tinglovchilar e'tiboriga tushi-
shiga sabab bo'ladi. Notiq o'z mahoratini shu kabi yo'llar bilan
oshirib boradi.
M u allim nin g inson iylik t'azilati va notiqlik m ahorati
Avvalo, muallim tarbiyachi va ta'lim beruvchi inson. Shu
ma'noda muallim m a'naviy-axloqiy jihatdan qalbi pok, ilmi etuk
inson bo'lishi kerak. Muallimning tili va dili bir-biriga mutanosib
bo'lm og'i, so'zi va amaliy faoliyatida muntazzam muvofiqlik bo'l-
mogi juda muhim. Tashqi ko'rinishi yoqim li, istarasi issiq, yuzida
nim tabassum sezilib turishi lozim. Har bir so'zida mayinlik, gapir-
gan gaplarida muloyimlik va shirinlik sezilib turmog'i darkor. U
doim o ozoda va shinam kiyinishi muhimki, pala-partish kiyinish,
soch-sog'ollarini o'stirib yurishi muallimga yarashmaydi. Chunki
undan ta'lim va tarbiya olayotgan shogirdlari unga katta ishonch
bilan qarab, uning ko'p jihatlarga havas bilan qaraydi va unga taqlid
qila boshlaydi. O 'z navbatida muallim ham o'zi ta'lim-tarbiya
berayotgan shogirdlariga mehribon va talabchan bo'lishi kerak.
Agar
muallimning shogirdlari qizlar bo'lsa, o'zining qiziday ko'rishi,
shogirdlari o'g'il bolalar bo'lsa, o'zining o'g'illariday ко'rib
muomala qilishi, shogirdlariga hech qachon ta'magirllk ko'zi
85
Do'stlaringiz bilan baham: |