tarixini yaxshi bilishi zarur. Dunyoqarashi, fe'l-atvori keng bo'lib,
o 'z ona tilida ravon va aniq nutq so'zlashi, katta so 'z boyligiga ega
bo'lishi kerak. O'zi ta'lim va tarbiya berayotgan o'quvchilarni,
talabalami har taraflama yaxshi bilishi muhim. Ular bilan muomala-
munosabatda chegara oraliq saqlay olishi zarur. Muallim nutqiy
kamchiliklardan mutloqo holi bo'lishi, bosiq, og'ir, ayniqsa salobatli
86
bo'lishi kerak. Agar muailimda haybat va salobat bo'lm asa Sayfi
Saroiy aytganidek:
Hay bat li bo'lmasa, ey muallim у or,
Saqolindin tortqilab o'g'lonlar o'ynar -
holati sodir bo'lishi
mumkin.
Qadimgi ota bobolarimiz ustoz-muallimga katta ishonch va umid
bilan qarashib, izzat va hurmatlarini joyiga qo'yishgan. Ular qo'liga
farzandlarini olib borib topshirganlarida “Eti sizniki, suyagi bizniki”
deyishlari bejiz emas. Ana shunday ulug' ehtirom va hurmatni joyiga
qo'yolmagan muallim bu nomga loyiq emas.
Muqaddas kitob sanalgan “A vesto”da yomon muallim haqida
shunday deyilgan: “Rostini aytsam, yomon ustoz hayotni g'amgin
qiladi, johillarni ulug' sanab, buyuk ayolu erkaklarni Yazdon ne'-
niatlariga etishishdan mahrum etadi. Bunday ustoz I ar o'z nodurist
ta'limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlardan bezdiradilar, noto'g'ri
pandlar bilan xalqni tirikchilik yo'lidan urib, yomon yo'lga bosh-
laydilar... Hayot chirog'ini so'ndiradilar. Johillarni buyuk bilib, eng
mo"tabar ayolu erkaklarni Tangri yo'lidan qaytaradilar. O 'z nodon-
liklari bilan xalqni eng yaxshi xislatlardan yuz o'girtiradilar. jahon
xalqlari hayotini yolg' on gaplar bilan parishon qiladilar”. Kitobning
Do'stlaringiz bilan baham: |