O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti


Download 44.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/112
Sana10.11.2023
Hajmi44.62 Kb.
#1762903
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti
Moqir notiqgina qiziharli ma'ruza o ’qiydi. Bunda bilim, mahorat, 
qiziqish va muayyan tinglovchilarga bevosita murojaat zarur. Lekin 
notiqning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan alohida shartlar ham bor.
Bunday shartlar oltita:
1. M inbarga chiqquncha ham, minbarda to’rganda ham ma'niza 
bilan yashash kerak. Notiqlar har xil bo’lishadi. Ba'zilari ma’ruza 
o’qishadi, ba'zilari esa minbarda ma'ruza matni bilan yashab, ting- 
lovchilar bilan faol aloqa boqlaydilar, o ’zlarini yo’qotmagan holda 
auditoriya bilan qo’shilib ketadilar. Bular o ’qib beruvchilar emas 
balki ijodkorlardir. Qiziharli ma'ruza notiq shaxsiyatidan ruhlangan 
ilmiy mavzudagi mazmunli, zavqli suxbatdir. Bunday ma’ruza 
odatda uchta bosqichda o ’tadi. Birinchidan, material to’planadi va 
singdiriladi, u bir shaklga solinadi va his etiladi.
Bckinchidan, ma'ruza ichki shaklda va ichki monolog tarzida o ’zi 
uchun o’qiladi, bunda notiq o ’zi bilan o’zi munozara yuritadi, o’ziga 
savol berib o ’zi javob qaytaradi. Uchinchi bosqich - boshqalar uchun 
ma'ruza bo’lib - notiq auditoriyaga kirganida o ’zini auditoriyada va 
auditoriyani o’zida ko’radi va his qiladi. Bunda u oddiy narsada 
qiziqarli narsani, ma'lum narsada noma’lum narsani, hamma masala- 
larda hayotiy muhim narsani topa biladi.
2. Materialni bilishgina emas, balki egallab olingan bo’lishi 
kerak. Egallash - ma'ruzani qat’iyat va mahorat bilan boshlash, asosiy 
qismni bayon qilish uchun eng yaxshi shaklni topish va ma’ruzani 
mohirona tugallash demakdir.
I l l


Qiziharli ma'ruza ko’p jihatdan uni qanday boshlashiga bog -liq. 
Muqaddima - notiqning auditoriyadagi dastlabki qadamlaridir. Ular 
qiziqarli bo’lishi kerak. Notiqni muqaddimaga harab kutib olishadi, 
mazmun va shaklga qarab kuzatishadi. Muqaddima jangdagi dastlab­
ki atakaning o ’zginasidir. Birinchi ataka juda katta ahamiyatga ega, 
albattda lekin birinchi ataka jangning taqdirini belgilab bermagani- 
dek, yaxshi boshlangan muqaddimaning o ’zi ham butun ma'ruzaning 
muvaffaqiyatini taminlay olmaydi. Kechirim so’rab boshlanadigan 
muqaddima muvaffaqiyatsiz chiqadi. Muqaddimada m a’ruzaning 
asosiy fikri bayon qilinsa, va u ta'riflab berilsa shu rux butun ma’ruza 
jarayonida bo’rtib tursa auditoriya mamnun bo ’ladi.
Ba'zan ma'ruzani hatto ko’chirma keltirishdan boshlash mumkin. 
Ammo ko’chirma o ’tkir qurol bo’lsada. hadeb ishlataverilsa. o ’tmas- 
lashib qoladi. Ba'zan muqaddimani biror harakterli faktdan boshlab 
shundan kelib chiqib mavzuni bayon qilish mumkin. Kichkina tanaga 
kattakon bosh qanchalik yarashmasa, katta muqaddima ham shun- 
chalik kelishmaydi.
3.Nutqni egallash - notiqning nutqi, so’zni tanlay bilishi, jum la 
tuzishda so’zlardan to’g'ri foydalanishi, obraz yarata olishi, istiora- 
dan foydalana olishi, esda qoladigan o ’xshatishlar topa bilishi 
g'oyatda muhim. Mopassan so’zlaming jonini qidirish kerak degan 
edi. U so’zlaming joni bo’lishiga astoydil ishonardi, yozuvchining 
vazifasi esa shu jonni topib, uni kitobxonga ko’rsatishdan iborat deb 
hisoblardi. So’zlarning jonini topa olsangiz, so’zlar orqali o ’z 
qalbingizni ham ifodalay olasiz.
Emosionallik - nutqning haroratidir. U yuqori yoki past bo’lishi 
mumkin, lekin isitma chiqib ketishiga yo’l q o ’yib bo’lmaydi. qanday 
gapirish qanday qilib aytish ham muqim. Yomon talaffuz ma'ruza 
materialini idrok etish imkoniyatini barbod qiladi. Notiq yomon 
talaffuz bilan o’qiyotgan ma'ruzani tinglaganda varaqlari yirtiq 
kitobni o ’qiyoganday bo’lasiz. Nutqini oqilona yumor bilan bezay
112


oladigan kishi nutqni yaxshi egallagan bo’ladi. Yumor - nutqning 
atridir, gulni hidiga qarab ajratish mumkin bo’lganidek yumoriga 
qarab odamning aqlini belgilash mumkin.
4.Notiqning o ’zini tuta bilishi. O ’zini yo’qotib qo’ygan notiq 
auditoriyadan ham mahrum bo’ladi. A w alo , ma'ruza boshlarida 
vujudga keladigan hayajonni bosib olishi shart. So’zga chiqish notiq- 
ning o ’ziga qiziqarli bo’lishi uchun ma'ruza materialini sistematik 
tarzda yangilab turish, yangi fikrlar, misollar, obrazlar, aforizmlami 
kiritib turish zarur. Hech narsa qotib qohnasligi, bir gap hadeb 
takror-lanavermasligi kerak, aks holda o’zing ham qiziqmay qolasan, 
tinglovchilar qiziqishi ham so’nib boradi.
5. Auditoriyani boshqarishni o ’z qo ’liga ola bilish. Notiq ham 
muallif, ham ijroehi, ham dirijyordir. U m uallif sifatida yaxshi, 
ijrochi sifatida yomon bo’lishi yoki ijroehi sifatida yaxshi. dirijyor 
sifatida yomon b o’lishi mumkin. U auditoriyani boshhara olmasligi, 
auditoriyani his qilmasligi mumkin.
Auditoriyani boshharish - aloqa uzilib qolishning oldini olish 
demakdir. Bu narsa e'tiboming chalg'ishida, norozilikda va notiqqa 
ishonmaslikda namoyon bo’ladi. Qiziqarli ma'ruza yaxshi tuganlan- 
sa, u tinglovchilar ongida yaxshi saqlanib qoladi. Ma'ruzani nima 
bilan tugallash kerak? Ko’pincha yig'ilishlarda notiq o ’z nutqni sira 
tugallay olmaydi, tugallamoqchi bo’ladi-yu, ilojini qilolmavdi. Shu 
sababli nutqning oxirini oldindan tayyorlab qo’yish kerak.
6. Vaqtni suiistemol qilmaslik. Vaqt - hamma masalalarda, shu 
jumladan notiqlik maqorati masalalarda ham jiddiy, ammo adolatli 
hakamdir. Qisqarli ma'ruza notiq muvaffaqivatning qisqa yo’lidir. 
A.P.Chexov qisqacha bayon - iste'dod belgisidir, degan edi. Ma'ru­
zani cho’zgan sari notiq tinglovchilar g'ashiga tegaveradi. Shu sabab­
li har bir ma'ruzada belgilangan vaqtga rioya qilish muhimdir. Belgi- 
langan vaqt esa ikki xil bo’ladi: tashqi belgilangan vaqt - notiqqa 
oldindan aytilgan vaqt chegarasi, ichki belgilangan vaqt esa notiq- 
ning vijdoni va tinglovchilar sabr-toqatidir.

Download 44.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling