bilan Afinaga kelib shu erda yashab qoladi. Uning oilasi o'ziga to'q
xonadonlardan bo'lishiga qaramay, kelgindi bo'lgani sababli Afina
fuqaroligini ololmaydi. Peloponnes urushida Afina engiladi. Natijada
demokratiyaning tarafdorlaridan sanalgan Lisiyuing akasi qatl etila-
20
di, o'zi esa zo'rqa qochib qoladi. 403 yilda demokratiya qayta tiklan-
gach, Lisiy yana Afinaga kelib, logoraflik bilan mashg'ul bo'ladi.
Qadimgi yunonlarning fikriga ko'ra, Lisiy butun ijodi davomida
uch yuzga yaqin nutq yozgan. Shundan bizgacha sud nutqlaridan
iborat o'ttiz to'rttasi saqlanib qolgan.
Lisiy logograflik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan kishi-
laming hojatini bitirishdan oldin, ulaming dunyoqarashini, psixo-
logiyasi va tabiatini chuqur o'rganib, keyin ularga o'z qo'llaridan va
tillaridan yozganday qilib nutq yozib beradi. O'sha paytda Afina
sudida ishtirok etuvchi kishilaming ko'p qismi davlat qonunlaridagi
murakkabliklami chuqur tushunmaganlar. Juda ko'pchiligi tahsil
ko'rmagan kishilar bo'lgan. Shu sababli ular so'zga chechan, so'za-
mo! odamlaming sud hay'atini aldab ketishlaridan cho'chishib,
ilmoqdor va balandparvoz so'zlarga gumonsirab qarashgan.
Bularga kimdir bu so'zlami to'qishda yordam bergan bo'lishi
mumkin deb qarashgan. Ikkinchidan, logograflardan yordam istab
kelganlar orasida, turli tabaqa vakillari, turli kasb egalari bo'lishgan.
Shuning uchun ham Lisiy nutq yozib berishdan oldin undan yordam
so'rab kelgan buyurtmachini o'rganadi. Shundan keyingina u odam-
ga ijtimoiy kelib chiqishiga, jamiyatda tutgan o'miga, shaxsiy xarak-
teri va tabiatiga moslab nutq yozib bergan. Lisiyga murojaat etayot-
Do'stlaringiz bilan baham: |