O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Agar har qancha dono bo'lsang ham o'zingni nodon tutg'il, toki


Download 44.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/112
Sana10.11.2023
Hajmi44.62 Kb.
#1762903
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Agar har qancha dono bo'lsang ham o'zingni nodon tutg'il, toki 
senga hunar o'rgatish eshigi hamisha ochiq bo'lg'ay. Gar so'zni va 
hunarni yaxshi bilsang ham hech bir so'zni sindirmag'il, to'g'ri ta'rif 
qilg'il va uni bir rangda aytg'il: xosga xos so'z, om iyga om iy so'z 
deg'il, toki u hikmatga muvofiq bo'lsun va eshitg'on kishiga oqikel- 
masin, yo'qsa so'zingni dalil va hujjat birla ham eshitmag' aylar. 
Undin so'ng ulam ing rizosiga qarab so'zlag'il, to salomat b o'lg'- 
aysan. Ey farzand, agar har nechakim suxondin bo'lsang, o'zingni 
bilg'ondin kamroq tutg'il, to so'zlash vaqtida nodon va beburd bo'lib 
qolmag'aysan. K o'p bilib, oz so'zlag'il va kam bilib ko'p so'z 
demag'il. Nim a uchunki aqlsiz shundoq kishi bo'ladur - u ko'p 
so'zlar. Debdurlarki, xomushliq salomatlik sababidur, chunki ko'p 
so'zlaguchi oqil kishi b o'lsa ham, avom uni aqlsiz derlar. Aqlsiz 
kishi xomush bo'lsa, uni oqil hisoblaydilar. Har necha pok, porso 
(xudojo'y), ravish (yo'l, yo'sin, qoida) bo'lsang ham o'zingni ta'rif 
qilm ag'ilki, har kishi sening guvohlig'ingni eshitmas. Qo'shish 
qilkim, xaloyiq seni ta'rif qilsunlar va shundoq so 'z degilkim, u 
ishga yarasun, bekor va zoe ketmasun.
Ey farzand, demak, yolg'on va bexudo so'z aytmoq devonalik- 
ning bir qismidir. Gar kishiga so'z aytur bo'lsang qarag'il, ul sening 
so'zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni so'zingga 
xaridor topsang, unga so'zingni sotgil. Yo'q ersa, ul so'zni qo'yib,
56


shundoq so 'z degilkim, unga xush lcelsin va sening so'zin gga xaridor 
bo lsin. Lekin inson bila inson bo'lg'il, odamiy bila odam bo' lg' il. 
nedikim inson boshqa, odamiy boshqadur.

Download 44.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling