63
Notiqlik san'atiga qaratilgan fikrlarini yortishga harakat qildik. Bu
hali hammasi emas. Mazkur mavzu katta ilmiy ishlarga manba,
material berishiga aminmiz. Navoiydek ulug' alloma so'z qudratiga
shunchalik e'tiborlarini qaratgan ekan, bizning burchimiz uning fikr
larini o'qim oq va uqmoqdan iborat bo'Jib qolmasdan, qo'limizdan
kelgancha unga amal qilish insoniy burchimiz ekanligini esdan
chiqarmaylik.
Zahiriddin Muhammad Boburaing badiiy nutq mahorati
Zahiriddin Muhammad Bobum ing '‘Bobumoma” asari badiiy
nutqning go'zal namunasidir. Bobur o'zi hammabop yozishi bilan
birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumla-
dan, o'z o'g 'li Xumoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan
maktubni muallifning o'zi bir necha bor o'qib ko'rishi lozim ligi,
uning ravonligiga, so'zlam ing ko'zda tutilgan ma'noni to'g'ri aks
ettirayotganligiga ishonch hosil qilishi shundan so'nggina uni jo '-
natish mumkinligini ta'kidlaydi. So'zlam ing xato yozilishi aytilmoq-
chi bo'lgan fikrni xiralashtiradi, o'quvchini qiynaydi:
yana men
degandek, bu xatlaringni bitibsen va o'qim aysen, ne uchunkim, agar
o'qur xayol qilsang edi, o'qiyolm as eding. O'qiyolmagandan so'ng,
albatta tag'yir bo'lur eding. Xatingni xud tashvish bila o 'g 'isa
bo'ladur, vale asru mug'laqdur. Nasri muammoni hech kishi ko'rgan
emas. Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas, iltifotni to bila
bitibsen. Qulunjni yo bilan bitibsen. Xatoingni xud har tavr qilib
o'qisa bo'ladur, vale bu mutloq alfozingdin maqsud tamon mafhum
bo'lmaydur. G 'olibo xat biturda kohilliging ushbu jihattindur. Takal-
Do'stlaringiz bilan baham: |