“Ushbu turkiy bayt jannatmakon Hazrat Bobur podshohning o'z
qo'llari bilan bitilgan dastxatdir. Shohjahon binni Jahongir, binni
Akbar, binni Humoyun, binni Bobur podshoh (S.Azimjonova.
Boburning hind devoni, 1966, 38-bet.)
Bu noyob sahifada biz ham Bobur Mirzoning ham Shohjahon-
ning dastxatlarini ko'ramiz. Eng muhimi va bizning mavzuimizga
bevosita aloqador tomoni shundaki, Bobur Mirzo so'z orqali odam-
65
ning o'zin i ko'rish mumkin, deb hisoblagan “Har .vaqtki ko'rgaysen
mening so'zim ni” degan satrida so'z ko'rinadigan bir mavjudot
sifatida baholanadi.
Albatta, so'zning shakli faqat qog'ozda ko'rinadi, ammo so'z-
ning ichki mazmunida surati chizilgan tasvir ham bor. Bu tasvirda
Boburning hayoti, boshidan kechirganlari, uning tilida aks etgan didi,
fe'l-atvori, ichki kechinmalari hammasi mavjud. Bobur shuni hisob-
ga olib, “So'zim ni o'qiganda o'zim ni ko'rganday bo'lasen” (“S og‘-
ingaysen o' zimni”) deydi.
Badiiy tilga bunday tirik jon ato qilishga faqat daho darajasidagi
realist adiblargina muyassar bo'ladilar. Ajoyibi shundaki, “Bobur-
noma” memuar asar sifatida Bobur she'riyatning hayotiy asoslarini
ochib beradi va shu bilan ularning ta'sir kuchini oshiradi. Boburning
she'riy asarlari esa uning nasriy asarida aytilmagan ichki kechinma
lari va qalb tug'yonlarini she'riy at vositalari bilan yanada ta'sirliroq
qilib ifoda etadi. “Bobum om a”da 1506-1507 yil voqealari orasida
qish kunida Hirotdan Qobulga qorli dovondan oshib o'tib borish
mashaqqati tasvirlanadi. Bir hafta davomida qor tepib y o'l ochib
boradilar. Qor ko'krakka uradi. Otlar yurolmaydi. Devon tepasida
Do'stlaringiz bilan baham: |