Yo barcha murodlami tark etsa kishi.
Gar bu ikkisi muyassar o'lmasa olamda.
Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi (Bobur Tanlangan asarlar.
1958, 138-bet). Qatrada quyosh aks etganidek, bu to'rt satrda “Hind
sorig'a bosh olib ketgan” Boburning o 'z taqdiri aks etib turadi.
To'rttagina satrda ulug' bir shaxs taqdirini bo'rttirib ko'rsata olish,
yana bu tasvimi mardona ruh va teran bir falsafiy fikrga yo'g'irib,
uning ta'sir kuchini oshirish daho darajasidagi shoirgagina nasib
etadigan ijodiy kashfiyotdir.
Bu ruboiyda birorta ortiqcha so'z ham, harf ham yo'q. Nafaqat
so'zlar va iboralar, balki alohida harflar va tovushlar she'riy vazn,
turoq va qofiyalarga shunday mahorat bilan joylashtirilganki, birorta-
sining o'm ini almashtirib bo'lmaydi. Masalan, “Bobum om a”ning
ko'p joylarida “bo'ldi” yoki “bo'lm adi” so'zlari uchraydi. Ammo
yuqoridagi to'rtlikda “muyassar o'lm asa” iborasidagi so 'z “bo'lma-
sa” shaklida emas “b” tushirib qoldirilib, “o'lm asa” shaklida ishlati-
ladi. Chunki “b” qo'shilsa aruzning nozik ohangi xiyol buzilishi
mumkin edi. Yoki harakat yo'nalishini bildiradigan “borgan sari”
degan adabiy tilimizda qabul qilingan iborani oling. Agar ruboiydagi
68
“so n g 'a ” so'zi o 'm ig a .“san g'a” so'zi ishlatilsa edi, aruz vazning
qoidasi buzilgan bo'lardi. Chunki “sarT’da “a” qisqa talaffuz etiladi.
“Sorig'a” degandagi “o” esa uzun talaffuz etishga imkon beradi, shu
tufayli aruz vazniga yaxshi tushadi. “G” o'm iga andijoncha sheva
bilan “G '” deb aytish ham she'm ing mardona ohang bilan jarang-
lashiga xizmat qiladi.
Bobum ing kuyga solib aytiladigan g'azallari orasida eng mash-
Do'stlaringiz bilan baham: |