Ey farzand, toki qila olsang, so'z eshitmakdin qochmag'ilkim,
kishi so 'z eshitmak bila suxango'y hosil qilur. Avvalo buni shundoq
dalillash mumkin, agar o'g'Ion onadan tug'ilsa, unga erning ostidan
bir jo y qilib sut berib, ul joyda parvarish qilsalar, onasi va doyasi
unga gapirmasalar, u o'g'Ion hech kishining so'zin eshitmasa, ulug'
bo lg'onda lol (sog'ov) bo'lur. Ko'rmasmusankim, barcha lollar kar
bo'lurlar.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari hayotimizda yashashimiz
uchun qaerda, qachon, qanday holatda muomala-munosabatga un-
daydi. Xatto bugunning odamlar o'rtasidagi muomala sabog'Iariga
o'rgatadigan kitobi, deb ko'pchilik Amerikalik sotsiolog Deyl Karn-
cygining kitobini misol keltiradilar. To'g'ri, unda g'arbcha muomala
keng o' rin olgan, Kaykovusning “Qobusnoma”si esa sharq axloqi
yo'nalishida bo'lib ham foniy dunyo, ham b og'iy dunyo sabog'-
laridan ta'lim berishi bilan qimmatlidir. Shu ma'noda “Qobusnoma”
bebaho kitob bo'lib qolaveradi. Ayniqsa Notiqlik bobida undan ko'p
foydalanish mumkin. Mavzuni *‘Qobusnoma”dagi ibratli fikr bilan
yakunlamoqchimiz ...Nutqni juda yaxshi va san'atkorona o'rganib
ol, doimo gapga chechan bo'lishga harakat qil... Nutqi shirin kishi
ning mehribon kishilari ham ko'p bo'ladi ("Qobusnoma”dan).
Alisher Navoiy notiqlik haqida
O'zbek xaiqining buyuk mutafakkiri, insonparvar shoiri Alisher
N avoiy o 'z ijodini hamisha ijtimoiy faoliyat bilan birga qo'shib olib
bordi. Alisher N avoiy o'zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining
asoschisi bo'lishi bilan birga barcha turkiy xalqlar adabiyoti va
adabiy tili rivojiga ulkan hissa qo'shganligi shubhasizdir. Navoiy
turkiy tilda go'zal nutq tuzish va bu tilda ajoyib o'lm as asarlar yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |