bo'lgan.
“Alisher N avoiy “Majolis ul-nafoyis” asarida bu ulug' voiz haqi
da shunday ma'lumot beradi: “M avlono Husayn V oiz - “K oshifiy”
taxallus qilur, sabzavorliqdur. Yigirraa yilg'a yaqin borkim, shahrda-
dur va M avlono zufunun rangin va purkor voqe bo'lubtur. Oz fan
bo'lg'aykim , dahli bo' lmag'ay. Hususan, va'z, insho va nujumki,
aning haqqidur va har qaysida mutaayyin va mashhur ishlari bor va
musannafotidin biri “Javohir ut-tafsir” durkim, “Al-bog'ara” surasin
bir mujallad bitibdurkim, munsifi qat' bila yuz juz bo'lg'ay. Bovuju-
di barcha xiroliq va donoliq shahr sho'xlaridin bir Xoja, Hofizning
bu matla'in bitib, minbarining usti- g'a qo'yg'ondur, budurkim:
Voizon к-in jilva bar mehrobu minbar mukunad,
Chun ba xilvat meravandu kori digar mekunad.
Olib o'qig'och, ko'p mutag'ayyir va muztarib bo'lib, xili xoriji
mabhas so'zlar aytib, necha vaqt va'z aytmadi. Xasmi noma'lum xud
o 'z maqsudin hosil qildi. Ammo Mavlono qilg'onining xato erkaniga
voq if bo'lg'ach, yana o'z ishi boshida bordi. Bormasa ikki xato
bo'lur erdi. В ok yo'qdur, aybsiz tangridur”
Yuqoridagi fikrdan Koshifiy xarakteriga xos xislatlar juda
ixcham va lo'nda aniq berilyaptiki, unda Koshifiyning notiqligi ham,
bilimining yuksakligi ham, arazchiligi ham va kechirimliligi ham
qamrab olingan. Voizlikning qanchalik qiyin kasb ekanligi ko'rsatil-
gan. Har qanday vaziyatda ham V oiz kechirimli bo'lishi, ko'pchilik-
ka qarshi bormasligi uqtirilmoqda. Koshifiyning notiqlik san'ati
haqidagi nazariy va amaliy fikrlari “Futuvvatnomayi sultoniy” asari-
dan o'rin olgan. Koshifiy mazkur asarida notiqlik san'atida odob
masalasiga alohida urg'u beradi, notiqning o'zini tutishi, nutq
Do'stlaringiz bilan baham: |