garlardan notiq tayyorlamoqchimi, deb o'ylagan va uning ma'niza-
lariga 2 dollarni ham ko'p ko'rgan biznesmenlar keyinchalik Kame-
97
gining har bir kuni uchun 30 dollardan haq to'lab sabog' olganlar”.
(S.M o'min. So'zlagish san'ati, Farg'ona 1997 y. 46 bet.)
“To'g'ri so'z tuqqaningga yoqmas” deganlaridek, ba'zi haqiqat-
go'y odamlar hamisha rost va haq gapni aytishdan tortinmaganlar.
Faqat ular bir xil mazmundagi gapni turli ko'rinish va har xil ohang-
da aytganliklari uchun ba'zilari jazo olib, ba'zilari mukofotlanganlar.
Bir rivoyatda keltirilishicha: “Xorun ar-Rashid tush ko'rsa, o'ttiz ikki
tishi tushib ketganmish. Shunda u munajjim va ta'birchilarni cha-
qarib, tush ta'birini so'rabdi. Shunda muabbir (ta'birchi)lardan biri:
- Ey, amir al-mo'minin, butun qavm-qarindoshing va urug'
aym og'ing o'lib, o'zing yakka-yu yolg'iz qolar ekansan, - debdi.
Horun ar-Rashid yurak- bag'ri ezilib, sovuqnafas muabbirni yuz
darra uringlar, deb buyuribdi. Ertasiga boshqa ta'birchini chaqirib,
tushining ma'nosini so'rabdi:
- Ey, amir - al-mo'minin, Alloh sizga uzoq-umr, katta davlat
bergan, siz qarindosh avlodlaringizdan ko'ra uzoq umr ko'rar ekan-
siz, - debdi. Bu gapdan Horun sevinib:
- Ikkalasi ham bir gapni aytdi, ammo bunisi fikrini odob bilan,
chiroyli iboralar topib aytgani uchun yuz dinor mukofotga sazovor
bo'ldi, birinchisi qo'pol so'zlar aytib yuz darra edi” - degan ekan.
Demak, har qanday yomon xabarni ham aql farosat bilan yum-
shoq qilib etkazishga hamisha ajdodlarimiz amal qilishgan. Ba'zan
oddiy gapni ham “tomdan tarasha tushganday” qilib etkazish orqali
har qanday odamni dovdiratib qo'yish hollari muomala madaniyatini
Do'stlaringiz bilan baham: |