bilmaslikdan kelib chiqadi. O'zbek xalqining qadimiy udumlariga
ko'ra, chaqaloq tug'ilgandan bir hafta o'tar o'tmas uning qulog'iga
azon aytiladi. Chaqaloq vujudiga ilk bor yaratganning nomi, musul-
mon ohanglari kirib borarkan, bola tarbiyasi xuddi shu damlardan
boshlanadi.
Ohang - so'z va gapning libosi. V.G.Belinskiy: "Gap so'zda
emas, ohangda qaysi so'zning qanday talaffuz etilishida’ - deydi.
*)8
Ohang gapning mazmunini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin.
Afandining “Siz ahmoq, odam em assiz” deya uzr so'ragani kabi.
Bolangizga ertalab “Turaqoling, o'g'lim !” degan jumlangizga,
o'g'lin giz (buyruq, taklif, iltimos, yolvorish yoki yalinish) ohangiga
qarab munosabat bildiradi. Agar buyruq ohangida aytadigan bo'lsan-
giz, bolangiz sizni “nimaga baqirasiz?” - deb jerkib soladi. Demak,
bu muomala madaniyatini o'm iga qo'ya olmaslik oqibati. Ham
sizning, ham bolangizning kayfiyati buziladi.
Bir rivoyat o'qigan edim, Tohir Malikning kitobida bo'lsa kerak.
Tabib bemorni davolash uchun ilon izlab topadi. Yo'lda kelayotib
ilon tilga kiradi: - Sen meni o'ldirib, zahrim bilan bir odamning
hayotini saqlab qolmoqchi bo'lyapsan, to'g'rimi?
Tabib: - To'g'ri, - debdi.
-
Endi quloq sol, - debdi ilon. - Bekor qilasan, bemor mening
zahrim bilan tuzalmaydi. Agar biz chaqqanimizda tuzalar edi. Uni
do'sti chaqqan. Odamning zahrini ilonning zahri yo'q qila olmaydi, -
debdi va so'zida davom etibdi: - Bilasanmi, Alloh bizni shunday
sovuq va badbashara qilib yaratdi, qo'l-oyoq ham, aql ham bermadi.
Ammo biz ilonlar bir-birimizni chaqmaymiz. Siz insonlarga esa aql-
Do'stlaringiz bilan baham: |