O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston
Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti
Download 44.62 Kb. Pdf ko'rish
|
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati
Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti
Moqir notiqgina qiziharli ma'ruza o ’qiydi. Bunda bilim, mahorat, qiziqish va muayyan tinglovchilarga bevosita murojaat zarur. Lekin notiqning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan alohida shartlar ham bor. Bunday shartlar oltita: 1. M inbarga chiqquncha ham, minbarda to’rganda ham ma'niza bilan yashash kerak. Notiqlar har xil bo’lishadi. Ba'zilari ma’ruza o’qishadi, ba'zilari esa minbarda ma'ruza matni bilan yashab, ting- lovchilar bilan faol aloqa boqlaydilar, o ’zlarini yo’qotmagan holda auditoriya bilan qo’shilib ketadilar. Bular o ’qib beruvchilar emas balki ijodkorlardir. Qiziharli ma'ruza notiq shaxsiyatidan ruhlangan ilmiy mavzudagi mazmunli, zavqli suxbatdir. Bunday ma’ruza odatda uchta bosqichda o ’tadi. Birinchidan, material to’planadi va singdiriladi, u bir shaklga solinadi va his etiladi. Bckinchidan, ma'ruza ichki shaklda va ichki monolog tarzida o ’zi uchun o’qiladi, bunda notiq o ’zi bilan o’zi munozara yuritadi, o’ziga savol berib o ’zi javob qaytaradi. Uchinchi bosqich - boshqalar uchun ma'ruza bo’lib - notiq auditoriyaga kirganida o ’zini auditoriyada va auditoriyani o’zida ko’radi va his qiladi. Bunda u oddiy narsada qiziqarli narsani, ma'lum narsada noma’lum narsani, hamma masala- larda hayotiy muhim narsani topa biladi. 2. Materialni bilishgina emas, balki egallab olingan bo’lishi kerak. Egallash - ma'ruzani qat’iyat va mahorat bilan boshlash, asosiy qismni bayon qilish uchun eng yaxshi shaklni topish va ma’ruzani mohirona tugallash demakdir. I l l Qiziharli ma'ruza ko’p jihatdan uni qanday boshlashiga bog -liq. Muqaddima - notiqning auditoriyadagi dastlabki qadamlaridir. Ular qiziqarli bo’lishi kerak. Notiqni muqaddimaga harab kutib olishadi, mazmun va shaklga qarab kuzatishadi. Muqaddima jangdagi dastlab ki atakaning o ’zginasidir. Birinchi ataka juda katta ahamiyatga ega, albattda lekin birinchi ataka jangning taqdirini belgilab bermagani- dek, yaxshi boshlangan muqaddimaning o ’zi ham butun ma'ruzaning muvaffaqiyatini taminlay olmaydi. Kechirim so’rab boshlanadigan muqaddima muvaffaqiyatsiz chiqadi. Muqaddimada m a’ruzaning asosiy fikri bayon qilinsa, va u ta'riflab berilsa shu rux butun ma’ruza jarayonida bo’rtib tursa auditoriya mamnun bo ’ladi. Ba'zan ma'ruzani hatto ko’chirma keltirishdan boshlash mumkin. Ammo ko’chirma o ’tkir qurol bo’lsada. hadeb ishlataverilsa. o ’tmas- lashib qoladi. Ba'zan muqaddimani biror harakterli faktdan boshlab shundan kelib chiqib mavzuni bayon qilish mumkin. Kichkina tanaga kattakon bosh qanchalik yarashmasa, katta muqaddima ham shun- chalik kelishmaydi. 3.Nutqni egallash - notiqning nutqi, so’zni tanlay bilishi, jum la tuzishda so’zlardan to’g'ri foydalanishi, obraz yarata olishi, istiora- dan foydalana olishi, esda qoladigan o ’xshatishlar topa bilishi g'oyatda muhim. Mopassan so’zlaming jonini qidirish kerak degan edi. U so’zlaming joni bo’lishiga astoydil ishonardi, yozuvchining vazifasi esa shu jonni topib, uni kitobxonga ko’rsatishdan iborat deb hisoblardi. So’zlarning jonini topa olsangiz, so’zlar orqali o ’z qalbingizni ham ifodalay olasiz. Emosionallik - nutqning haroratidir. U yuqori yoki past bo’lishi mumkin, lekin isitma chiqib ketishiga yo’l q o ’yib bo’lmaydi. qanday gapirish qanday qilib aytish ham muqim. Yomon talaffuz ma'ruza materialini idrok etish imkoniyatini barbod qiladi. Notiq yomon talaffuz bilan o’qiyotgan ma'ruzani tinglaganda varaqlari yirtiq kitobni o ’qiyoganday bo’lasiz. Nutqini oqilona yumor bilan bezay 112 oladigan kishi nutqni yaxshi egallagan bo’ladi. Yumor - nutqning atridir, gulni hidiga qarab ajratish mumkin bo’lganidek yumoriga qarab odamning aqlini belgilash mumkin. 4.Notiqning o ’zini tuta bilishi. O ’zini yo’qotib qo’ygan notiq auditoriyadan ham mahrum bo’ladi. A w alo , ma'ruza boshlarida vujudga keladigan hayajonni bosib olishi shart. So’zga chiqish notiq- ning o ’ziga qiziqarli bo’lishi uchun ma'ruza materialini sistematik tarzda yangilab turish, yangi fikrlar, misollar, obrazlar, aforizmlami kiritib turish zarur. Hech narsa qotib qohnasligi, bir gap hadeb takror-lanavermasligi kerak, aks holda o’zing ham qiziqmay qolasan, tinglovchilar qiziqishi ham so’nib boradi. 5. Auditoriyani boshqarishni o ’z qo ’liga ola bilish. Notiq ham muallif, ham ijroehi, ham dirijyordir. U m uallif sifatida yaxshi, ijrochi sifatida yomon bo’lishi yoki ijroehi sifatida yaxshi. dirijyor sifatida yomon b o’lishi mumkin. U auditoriyani boshhara olmasligi, auditoriyani his qilmasligi mumkin. Auditoriyani boshharish - aloqa uzilib qolishning oldini olish demakdir. Bu narsa e'tiboming chalg'ishida, norozilikda va notiqqa ishonmaslikda namoyon bo’ladi. Qiziqarli ma'ruza yaxshi tuganlan- sa, u tinglovchilar ongida yaxshi saqlanib qoladi. Ma'ruzani nima bilan tugallash kerak? Ko’pincha yig'ilishlarda notiq o ’z nutqni sira tugallay olmaydi, tugallamoqchi bo’ladi-yu, ilojini qilolmavdi. Shu sababli nutqning oxirini oldindan tayyorlab qo’yish kerak. 6. Vaqtni suiistemol qilmaslik. Vaqt - hamma masalalarda, shu jumladan notiqlik maqorati masalalarda ham jiddiy, ammo adolatli hakamdir. Qisqarli ma'ruza notiq muvaffaqivatning qisqa yo’lidir. A.P.Chexov qisqacha bayon - iste'dod belgisidir, degan edi. Ma'ru zani cho’zgan sari notiq tinglovchilar g'ashiga tegaveradi. Shu sabab li har bir ma'ruzada belgilangan vaqtga rioya qilish muhimdir. Belgi- langan vaqt esa ikki xil bo’ladi: tashqi belgilangan vaqt - notiqqa oldindan aytilgan vaqt chegarasi, ichki belgilangan vaqt esa notiq- ning vijdoni va tinglovchilar sabr-toqatidir. Download 44.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling