Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq,
Bir tanda odam goh semiz, goh oriq.
Bir yuzi qoradir, bir yuzi yorug',
Qora deb qattiq so'z aytuvchi bo'lma...
Maxtumquli.
So'z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g'isht bo'lsin.
A. Qodiriy.
102
Notiq uchun 41 qoida
Yuqorida ko'rganimizdek, har qanday shaxs shoir yoki yozuvchi,
aktyor yohud rassom bo'lolmaganidek, mohir notiq ham bo'lolmas-
ligi mumkin. Lekin «izlanganga tole yor», deganlaridek, sidqidildan
intilgan shaxs bunday mavqeni egallashi mumkin.
Quyidagi qoidalarga amal qilinsa, notiq zarar ko'rmaydi:
1. Nutqingiz rejasi varaqning birinchi betiga yozilsin. Rejani bir
necha varaqqa yozmang, adashib ketasiz.
2. Ommabop yo'sinda so'zlanayotgan muayyan nutqingiz taxmi-
nan o'ylangan va tayyorlangan bo'lishiga erishing.
3. Tajribali notiqgina o'zining ommabop nutqini o'z tajribasiga
tayangan holda ko'pchilik oldida dadil namoyon etishi mumkinligi
yodingizda bo'lsin.
4. Ommabop nutq oldidan albatga chuqur o'ylab. anglah. uni
tingiaydigan auditoriya va gapiradigan gap o'zingizga bog'liq
ekanini his etib olm og'ingiz shart.
5. Agar reglament belgilangan bo'Isa, nutq mazmunini qisqar-
tiring: ko'p yomon gapirgandan ko'ra, oz va soz so'zlang.
6. Har bir nutqning boshlanishi, o'rtasi va oxiri bo'ladi. Eng
muhimi, nutqingiz oxirini qanday tugatishni esda saqlang.
7. Nutqingizda faktlar ko'p bo'Isa, yaxshisi nutq rejasini tuzing.
Rejada asosiy punktlar saqlansin. Aniqlik talab qiluvchi xabarhir
vaqti, statistik ma'lumotlar va iqtibosiar (tsitata), murakkab yoki kam
Do'stlaringiz bilan baham: |