O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qurilish” fakulteti “bino va inshootlar kurilishi” kafedrasi
LOYIHALASH UChUN BOSHLANGʻICh MA’LUMOTLARNI ANIQLASH
Download 87.39 Kb.
|
O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash
LOYIHALASH UChUN BOSHLANGʻICh MA’LUMOTLARNI ANIQLASH
Xom ashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot tavsifi Tog‘ jinslaridan yirik va mayda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish syexining texnologik tizimlarini loyihalash. Syexning yillik unumdorligi 620 ming m3. Dastlabki xom ashyoning uyma zichligi ρm=1,55 t\m3,mustahkamligi R=120 MPa, namligi W=6% Boshlang‘ich jinslarning donadorlik tarkibi quyidagicha. Jadval 1.
Tog‘ jinslarini dastlabki bo‘laklash, so‘ngra maydalash uchun jag‘li maydalagich (markasi SHDP-15x21), keyingi bosqich maydalashda markasi KSD-2200T bo‘lgan konussimon maydalagich ishlatiladi. Ishlab chiqarishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va usullari asosan sun’iy va tabiiy to‘ldiruvchilar syexlari asosida loyihalanadi. Boshqa qurilish ashyolari uchun kerakli korxonalar ishlab chiqariladigan xom ashyoning xillari, qayta ishlash usullari, maydalash texnologiyasiga qarab tanlanadi. Qabul qilinadigan texnologik tizimda ishlab chiqarish jarayoni to‘liq mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Qaralayotgan misolda tog‘ jinslarining granulometrik tarkibiga ko‘ra yirik jinslar (o‘lchamlari 200÷700mm) 60%dan(aniqrog‘i 30+32=64%)ortiqroqdir. Demak ularni maydalash jarayoni bir necha etaplardan tashkil topadi. Chunki bir marta maydalash orqali beton uchun kerakli fraksiyalar (0,16÷40mm)ni olib bo‘lmaydi. Oldin yirik jinslarni dastlabki maydalash uchun jag‘li maydalagich ishlatiladi. So‘ngra o‘rtacha va mayda maydalovchi konussimon maydalagich uskuna ishlatiladi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki 5÷10, 10÷20mm li fraksiyalar miqdori 50% kam bo‘lmasligi kerak. Dastlabki tog‘ jinslari tarkibida 3% gacha keraksiz chiqindilar va birikmalar mavjud bo‘ladi va ular to‘ldiruvchini yuvish paytida chiqib ketadi. Kar’yerdan keltirilgan dastlabki xom ashyoni maydalash, yuvish va kerakli fraksiyalar bo‘yicha saralash texnologik jarayoni konveyerlar shaklida ketma-ket bajariladi. Ishlarning bajarilish sxemasi quyidagicha bo‘ladi (1-rasm). Xom ashyolarni dastlabki maydalash yirik maydalash deyiladi. Bunda asosan jag‘li maydalagichlar ishlatiladi. Maydalagichning xom ashyoni chiqaruvchi pastki tirqishi eni 100÷130mm olinadi. Natijada dastlabki xom ashyoning o‘lchamlari 100÷130mm dan katta bo‘lgan qismi maydalanadi. Keyingi etapda (2-maydalash)- o‘rtacha maydalash bajariladi. Bunda asosan konusli va rotorli maydalagichlar ishlatiladi. Maydalagichning pastki tirqishi 30÷40mm olinadi. Natijada dastlabki xom ashyoning o‘lchamlari 30÷40mm dan katta bo‘lgan qismi maydalanadi. Ikkinchi maydalash tugagandan keyin xom ashyo o‘lchamlari 0÷40mm bo‘lgan dastlabki tarkibga keladi. Navbatdagi etapda xom ashyoni elash jarayoni amalga oshiriladi.(III-bosqich). Elash uchun titratib silkituvchi uskunalar ishlatiladi. Birinchi elash natijasida xom ashyo 0÷20 va 20÷40mm fraksiyalarga ajratiladi. O‘lchamlari +40mm dan katta bo‘lgan jinslar esa mayda qilib maydalanadi (IV-bosqich) va chiqqan mahsulot elashga qaytariladi. Xom ashyoning 0÷20 o‘lchami fraksiyasi elanib (V-bosqich) so‘ngra yuviladi. Yuvish uchun maxsus „klassifikator” yuvuvchi va boyituvchi uskunalar ishlatiladi. Ikkinchi elash va yuvishdan keyin fraksiyalari 5÷10, 10÷20, 20÷40mm bo‘lgan yirik to‘ldiruvchilar (shag‘al) navlarga ajratiladi. Oxirgi etapda fraksiyasi 0÷5mm bo‘lgan mayda jinslar yana elanib yuviladi va o‘lchamlari 0,16÷5mm dan mayda bo‘lgan to‘ldiruvchilar (qum) ajratib olinadi. O‘lchamlari 0,16mm dan mayda bo‘lgan zarralar esa chiqindi sifatida chiqarib tashlanadi. Ularning miqdori dastlabki xom ashyo miqdoriga nisbatan 3÷5% dan oshmasligi kerak (VI-bosqich). Download 87.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling