O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qurilish” fakulteti “bino va inshootlar kurilishi” kafedrasi


Ish rejimi va yillik ish fondi vaqtini aniqlash


Download 87.39 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi87.39 Kb.
#1414710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qu

Ish rejimi va yillik ish fondi vaqtini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi qabul qilingan qomusiga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Shuningdek ishchi va xizmatchilarning kechasi ishlash vaqti qisqartirilgan.
Korxonadagi texnologik jarayonlarni, xom ashyo potoklari va ishchilar sonini to‘g‘ri hisoblash uchun syexlarning ish rejimini tanlash kerak. Syexlarning ish rejimi yillik ish sutkalari soni va sutkalik smena soni bilan tavsiflanadi.
Shag‘al va qum-shag‘al korxonalarining ish rejimi ikki va uch smenalik bo‘lib, birinchi va ikkinchi smena 8 soat va uchinchi smena 7 soat qabul qilinadi. Yillik hisobiy ish sutkasi 260 kun.
Uch smenalik ish rejimi uchun yillik ish fondi vaqti me’yoriy hujjat asosida T=6075 s qabul qilinadi (bunga ta’mirlash ishlari uchun ketgan vaqt kirmaydi). Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun zarur bo‘ladigan jihozlarning yillik hisobiy ish fondi vaqti quyidagicha aniqlanadi:
Tf=T•kf (1)
Bu yerda kf-texnologik uskunalardan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffisiyenti. Ikki smenalik ish rejimi uchun kf=0,85 va uch smenalik ish rejimi uchun kf=0,90 qabul qilinadi.
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi ishlab chiqarish syexlarining ish rejimi uch smenadan (8+8+7) va 365 kun qabul qilinadi. Yillik ish fondi vaqti esa T=(8+8+7)•365=8395 s teng bo‘ladi. Asosiy pishiruvchi pechlardan vaqt bo‘yicha foydalanish koefisiyenti kf quyidagicha qabul qilinadi:
kf=0,95-aylanuvchi pechlar uchun ;
kf=0,86-ikki barabanli pechlar uchun ;
kf=0,80-ko‘pchitilgan perlitli shag‘al va qum pechlari uchun ;
kf=0,85...0,90 - aglomerasiyalash mashinalari uchun.
Tayyor mahsulotlarni qabul qiluvchi va jo‘natuvchi omborlar uchun uch smenali, dam olish kunisiz yillik tinimsiz ish kunlari qabul qilinadi.
Qabul qilingan ish rejimlari bo‘yicha ma’lumotlar jadval 2 shaklida bajariladi.
Korxonaning ish rejimi
Jadval 2

Syex va bo‘limlar

Yillik ish kunlar

Sutka-dagi sme-nalar soni

Smenada-gi vaqt, soat

Yillik fond ish vaqti T,s

Jihoz-dan foyda-lanish koeff. kf

Jihozlar-ning hisobiy yillik ish vaqti Tf,s

Kar’yer

260

2

16

260·16=4160

0,85

3536

Maydalash va elash syexi

260

2

16

4160

0,85

3536

Pishirish syexi

365

3

23

8395

0,95

7975

Ombor

260

3

20

8395

0,85

7975




Download 87.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling