O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qurilish” fakulteti “bino va inshootlar kurilishi” kafedrasi


TEXNOLOGIK LINIYALARNING JIHOZLARI VA UNUMDORLIGINI HISOBLASH


Download 87.39 Kb.
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi87.39 Kb.
#1414710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qu

TEXNOLOGIK LINIYALARNING JIHOZLARI VA UNUMDORLIGINI HISOBLASH
Tog‘ jinslaridan zich va g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish
Tog‘ jinslardan zich va g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda sifat va son ko‘rsatgichi bo‘yicha hisoblash qabul qilinadi. U asosan tanlangan texnologik sxema bo‘yicha bajariladi va bunda quyidagi ko‘rsatgichlar aniqlanadi:
-alohida jarayonlar asosida chiqadigan mahsulotlarning tarkibini son va sifat ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlash;
-tayyor mahsulotlarning tanlangan sxema bo‘yicha chiqarilishi (%, yoki birlik mahsulot miqdorida );
-boshlang‘ich tog‘ jinslari massasasining unumdorligi (t\s, m3).
Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
-tayyor mahsulot asosida berilgan unumdorlik;
-tog‘ jinslarining berilgan (boshlang‘ich ) granulometrik tarkibi;
-maydalash jarayonning chegaraviy yirikligi va sinflanishi;
-maydalash jarayonning umumiy effektivligi, yuvish va navlash.
Sifat va son ko‘rsatkichli sxema bo‘yicha hisoblash xom ashyo balansiga asosan bajariladi, ya’ni texnologik jarayonga kirayotgan va undan chiqariladigan mahsulotlar miqdori teng nisbatan bo‘lishi kerak.
Maydalovchi jihozlar shunday tanlanishi kerakki, ketma-ket maydalovchi uskunalar mahsulotni kerakli fraksiyalarga maydalashi va ularning unumdorliklari o‘zaro mos bo‘lishi kerak. Ya’ni oldingi maydalagichdan chiqqan eng katta bo‘lak keyingi maydalagich uchun ruxsat etiladigan teshiklar enining 0,8...0,85 miqdoridan oshmasligi kerak.
Jag‘li maydalagichlar uchun mahsulotning eng katta o‘lchami SHDP markali maydalagich uchun 1,7ye va SHDS uchun 1,5ye dan oshmasligi kerak (bu yerda ye-maydalagichning yuklanadigan tirqishi eni).
O‘rta va mayda maydalovchi konussimon maydalagichlar uchun esa 2,8ye va 3,8ye (mos holda KDS va KMD maydalagichlar uchun).


Ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibini sifat va son ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlash
Ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibini sifat va son ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlash sxemadagi ketma-ketlik bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 87.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling