O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qurilish” fakulteti “bino va inshootlar kurilishi” kafedrasi
Download 87.39 Kb.
|
O‘zbekiston respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “qu
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI: _________________________ TEKSHIRDI: _________________________ Nukus-2020 KIRISH
- UMUMIY TUSHUNChALAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “QURILISH” FAKULTETI “BINO VA INSHOOTLAR KURILISHI” KAFEDRASI “BETON TO'LDIRUVChILAR TEXNOLOGIYASI” FANIDAN KURS LOYIHASI MAVZU: “CHAQIQ TOSH ISHLAB CHIQARISHNI LOYIHALASH VA HISOBLASH” BAJARDI: _________________________ TEKSHIRDI: _________________________ Nukus-2020 KIRISH Beton tarkibining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib to‘ldiruvchilar hisoblanadi. Beton hajmining qariyib 80% ni mayda va yirik to‘ldiruvchilar tashkil etib, ular betonning xossalariga, uzoq muddat chidovchanligiga va beton buyum va qurilmalarning tannarxiga katta ta’sir etadi. Industrial qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan buyum va qurilmalar asosan turli xil betonlardan tayyorlanadi. Betonlar qaysi joylarda va sharoitlarda ishlatilishiga qarab, ularga mos ravishda to‘ldiruvchilar ishlatiladi. “Qurilish materiallari va buyumlar texnologiyasi” mutaxassisligi talabalari uchun asosiy bo‘lib hisoblangan “Beton va temirbeton texnologiyasi” fanining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan bu kurs beton uchun ishlatilayotgan to‘ldiruvchilar haqida to‘la bilim berib, to‘ldiruvchilarni olinish manbai, ishlab chiqarish texnologiyasi, betonlarda ishlatilish xususiyatlari, ularga bo‘lgan texnik talablar va ularni tekshirish (sinash) haqida tushunchalar beradi. Chaqiq tosh olishda asosiy xomashyo sifatida otqindi tog‘ jinslari-granit, gabro, diabaz, bazalt va karbonat cho‘kindi jinslari ohaktosh va dolomitlar ishlatiladi. Sanoatda qumtosh va metamorfik tog‘ jinslari kam ishlatiladi. Keltirilgan talablar zichligi-1800 kg/m3 dan katta tog‘ jinslarini maydalashda olingan shag‘alga mos keladi. UMUMIY TUSHUNChALAR Chaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalash asosida olinadi. Chaqiq tosh yuqori mustahkamlikdagi betonlar uchun sifatli yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. U shag‘aldan qimmat, biroq O‘zbekistonda chaqiq tosh ishlab chiqarish hajmi shag‘aldan bir necha bor ortadi. Bu shu bilan tushuntiriladi: shag‘al Respublikamizning barcha tumanlarida ham uchramaydi va yuqori mustahkamlikdagi beton olish uchun ishlatib bo‘lmaydi. Chaqiq tosh olishda asosiy xomashyo sifatida otqindi tog‘ jinslari-granit, gabro, diabaz, bazalt va karbonat cho‘kindi jinslari ohaktosh va dolomitlar ishlatiladi. Sanoatda qumtosh va metamorfik tog‘ jinslari kam ishlatiladi. Keltirilgan talablar zichligi-1800 kg/m3 dan katta tog‘ jinslarini maydalashda olingan shag‘alga mos keladi. Chaqiq tosh donalari shakliga ko‘ra uchta guruhga bo‘linadi: oddiy, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 35% gacha (massa bo‘yicha); yaxshilangan, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 25% dan ko‘p emas; kubsimon, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 15% dan ko‘p emas. Ba’zi bir maxsus betonlar uchun O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” bo‘yicha, masalan bosimli quvurlar uchun ishlatiladigan betonlarda faqat kubsimon chaqiq tosh qo‘llaniladi. Chaqiq toshning mustahkamligi uning markasini ifodalaydi, bunda suvga solingan holda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi chegarasidan kelib chiqgan holda, silindrda ezilishdagi maydalanish ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Ba’zi bir maxsus betonlar uchun O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” bo‘yicha, masalan bosimli quvurlar uchun ishlatiladigan betonlarda faqat kubsimon chaqiq tosh qo‘llanilishi kerak. Chaqiq toshning mustahkamligi uning markasini ifodalaydi, bunda suvga solingan holda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi chegarasidan kelib chiqgan holda, silindrda ezilishdagi maydalanish ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Tog‘ jinslarining mustahkamlik ko‘rsatkichi va chaqiq toshni maydalanish orasidagi bog‘liqlik standartda keltirilgan. O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” ga ko‘ra chaqiq tosh ishlab chiqarishda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi olinadigan betonning mustahkamligidan yuqori bo‘lishi kerak: 30 MPa dan kam mustahkamligidagi beton 1,5 dan kam bo‘lmasligi kerak; 30 MPa va undan yuqori betonlar uchun ikki martadan kam bo‘lmasligi kerak. Otqindi tog‘ jinslari asosidagi og‘ir beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladigan chaqiq toshning markasi, tog‘ jinsi mustahkamligiga mos keluvchi 80 MPa dan kam bo‘lmasligi, metamorfik tog‘ jinsi asosida chaqiqtosh 60 MPa dan kam bo‘lmasligi, cho‘kindi tog‘ jinsi asosida chaqiq tosh 30 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Gidrotexnik betonlarda suvning o‘zgaruvchan belgisiga to‘g‘ri keluvchi zonasida qo‘llanuvchi jinslar asosidagi chaqiq toshlarning mustahkamlik chegarasi beton mustahkamligidan eng kamida uch marta katta bo‘lishi (otqindi va metamorfik tog‘ jinslari uchun) yoki 2,5 marta (cho‘kindi tog‘ jinslari uchun) katta bo‘lishi kerak. Chaqiq tosh tarkibida nisbatan bo‘sh donalar miqdori 10% dan oshmasligi kerak (massa bo‘yicha), muhim konstruksiyalar uchun ishlatiladigan betonlarda esa 5% dan oshmasligi kerak. Chaqiq toshda yuvilgan qo‘shimchalarning massa ulushi otqindi va metamorfik tog‘ jinslari uchun 1% dan oshmasligi kerak, cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi chaqiq toshda esa 2(3)% dan oshmasligi kerak. Download 87.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling