O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
degan edi: “O’ylaymanki, ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarni yanada
rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf-xatarlardan muhofaza etish, qisqa qilib aytganda, odamlarimizning sotsial soha bo’yicha talab va e’tirozlarini qondirish masalalarini har tomonlama kuchaytirish lozimligini isbotlab o’tirishga hojat bo’lmasa kerak”. 21 Ijtimoiy soha taraqqiyotning qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini beligilaydi. Ijtimoiy sohalarning o’sishi hududlarning umumiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasini ko’rsatuvchi belgi bo’lib xizmat qiladi. Milliy iqtisodiyoting asosiy muammolariga faqat iqtisodiy jihatdangina emas, balki ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan qaralishi lozim. SHundan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy sohalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasi bozor munosabatlariga o’tishning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi. Ijtimoiy sohalar faoliyatining samaradorligi uning barcha asosiy tarkibiy qismlarining kompleks rivojlanishiga bog’liq. Mustaqillik yillarida ijtimoiy sohaning barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish borasida muhim, diqqatga sazovar ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish, ularga tibbiy yordam ko’rsatish, ta’lim-tarbiya, madaniyat, dam olish, uy-joylar sharoitini yaxshilash, maishiy xizmat ko’rsatish kabi qator sohalarni yaxshilash borasida ulkan ishlar 21 И.Каримов Биз танлаган йўл демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т. Ўзбекистон. 2003. 32- бет. 103 amalga oshirildi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvtlashga oid 30 dan ortiq qonunlar yaratilda va ular amaliyotda keng qo’llanilmoqda. 2007 yil “Ijtimoiy himoya yili” deb nomlandi va juda katta davlat dasturi qabul qilindi. Unda ijtimoiy himoyani yanada mustahkamlashga qaratilgan yettita yo’nalish bo’yicha katta vazifalar amalga oshirildi. Prezidentimiz I. Karimov O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga bag’ishlangan tantanli marosimdagi tabrik so’zida shunday degan edi: “istiqlol yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti qariyb 3,7 barobar, aholimizning real daromadlari jon boshiga 7 barobar, o’rtacha pensiya mikdori qariyb 9 barobar, oylik ish haqi esa 18 barobar oshgani, odamlarimizning umr ko’rish darajasi o’rtacha 7 yilga uzaygani, yoqilg’i va g’alla mutaqilligiga, o’zimizni o’zimiz go’sht, sut va boshqa iste’mol mollari bilan to’liq ta’minlashga erishganimiz bularning yaqqol tasdig’idir. Bularning barchasi avvalo mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan printsipni hayotga tatbiq etganimizning amaliy samarasi, desak, hech kanday xato bulmaydi. O’tgan yillar mobaynida yurtimizda uy-joy xajmining ko’rsatkichi qariyb 2 barobar oshdi, oilalarning 98,5 foizi o’zining shaxsiy uy-joyi yoki kvartirasiga, qishloqlarda yashayotgan oilalarning 97,5 foizi shaxsiy tomorqasiga ega bo’ldi. Bundan yigirma bir yil oldin har o’nta oiladan bor-yo’g’i bittasi shaxsiy mashinaga ega bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda har uchta oilaning bittasida avtomobil mavjud ekani, har uch nafar yurtdoshimizdan biri internet tarmog’idan foydalanib kelayotgani xalqimiznig farovonligi tobora ortib borayotgani, uning emin-erkin yashayotganini namoyon etadi.” Ijtimoiy rivojlanish masalalarini xal etishda ijtimoiy sohani moliyalashtirish ko’lami va ushbu maqsadlarga ajratilgan mablaglardan samarali foydalanish masalalari muhim hisoblanadi. Mustaqillik yillarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy muhofazasi uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlari 2 barobardan ziyod oshdi. Buni dalili sifatida, ijtimoiy soha va aholini qo’llab quvvatlashga davlat byudjeti xarajatlaridan 1990 yil 31,5% ajratilgan bo’lsa, 2000 yilda 42,5% ni, 2012 yil 59,2% ni tashkil kildi. Uning 34% dan ortig’i ta’lim, 14,5%dan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Ijtimoiy sohaning mamlakatimiz YaIMdagi ulushi bugungi kunda 52% dan ziyodni tashkil etmoqda. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling